Tashxodjaeva Kamola Utkurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Elektr-yoy pechi yordamida 65G markali po‘latdan olinayotgan quyma mahsulotlarning tarkibidagi gaz g‘ovaklari va
nometall qo‘shimchalarni kamaytirish texnologiyasini ishlab chiqish”, 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi bo‘yicha)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T1591.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Turaxodjaev Nodir Djahongirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Fatxulla Sagdullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Xudoyarov Suleyman Rashidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
1. Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Elektr-yoy pechi yordamida 65G markali po‘latdan olinayotgan quyma mahsulotlarning tarkibidagi gaz g‘ovaklari va nometall qo‘shimchalarni kamaytirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektr-yoy pechida 65G markali po‘latdan skat quymasini olishda metallni pechga yuklanish rejimi qotishmadagi nometall qo‘shimchalar miqdorining o‘zgarishiga bog‘liqlik dinamikasi asosida ishlab chiqilgan;
elektr-yoy pechida 65G markali po‘latdan quymalarni olishda suyuq metall tarkibini alyuminiy bilan modifikatsiyalash texnologiyasi alyuminiy elementining vodorod va kislorodlarni qotishmadan shlakga chiqarish xossasining haroratga bog‘liqlik darajasi asosida ishlab chiqilgan;
elektr-yoy pechida 65G markali po‘latdan skat quymasini olishda quyish tizimining konstruksiyasi qotishmaning kristallanish davrida gaz bo‘shliqlarining hosil bo‘lish joylarini suyuq metall bilan ta’minlay olish xarakteri asosida ishlab chiqilgan;
65G markali po‘latni kovshdan qolipga sifonli quyish texnologiyasi qotishma harorati va quyma xajmiga kristallanish davrining bog‘liq darajasi asosida ishlab chiqilgan;
elektr-yoy pechida 65G markali po‘latdan quymalarni olishda metall tarkibidagi nometall qo‘shimchalarni kamaytirish texnologiyasi shixtani pechga yuklashdagi hosil bo‘ladigan dinamik kuchlar yo‘nalishi va miqdori asosida ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Elektr-yoy pechi yordamida 65G markali po‘latdan olinayotgan quyma mahsulotlarning tarkibidagi gaz g‘ovaklari va nometall qo‘shimchalarni kamaytirish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elektr-yoy pechida 65G markali po‘latdan skat quymasini olishda pechga suyuq metallning yuklanish rejimi “O‘zmetkombinat” AJ ning “Quyuv – mexanika” sexiga joriy qilingan. (“O‘zmetkombinat” AJ 2023 yil 01 iyuldagi 01/02-02/113-son ma’lumotnomasi). Natijada pech futerovkasidan suyuq metall tarkibiga qo‘shilib ketadigan nometall qo‘shimchalarning miqdori 18–20 % ga kamaytirish imkonini bergan;
elektr-yoy pechida 65G markali po‘latdan quymalarni olishda suyuq metall tarkibini alyuminiy bilan modifikatsiyalash texnologiyasi “O‘zmetkombinat” AJ ning “Quyuv – mexanika” sexiga joriy qilingan. (“O‘zmetkombinat” AJ 2023 yil 01 iyuldagi 01/02-02/113-son ma’lumotnomasi) Natijada quyma mahsulot tarkibidagi gaz g‘ovaklarining miqdori 12–14 % ga kamaytirish imkonini bergan;
elektr-yoy pechida 65G markali po‘latdan skat quymasirni olishda quyish tizimining konstruksiyasi “O‘zmetkombinat” AJ ning “Quyuv – mexanika” sexiga joriy qilingan. . (“O‘zmetkombinat” AJ 2023 yil 01 iyuldagi 01/02-02/113-son ma’lumotnomasi) Natijada skat quymasidagi gaz bo‘shliqlarining hosil bo‘lishi 20–25 % ga kamaytirish imkonini bergan.