Nosirov Xabibullo Xikmatullo o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Theoretical foundations for the development of algorithms for detecting object boundaries in video sequences and image compression in artificial intelligence tasks” (“Sun’iy intellekt masalalarida video ketma-ketliklarda ob’ektlar chegaralarini aniqlash va tasvirni siqish algoritmlarini ishlab chiqishning nazariy asoslari”), 05.01.11 – “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/T713.
Ilmiy maslahatchi: Kamilov Mirzayan Mirzaaxmedovich texnika fanlari doktori, professor, O‘zR FA akademigi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Ilmiy kengash (IK) faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/05.05.2023.T.07.03.
Rasmiy opponentlar: Igamberdiev Xusan Zakirovich, texnika fanlari doktori, professor, O‘zR FA akademigi; Zhong Li, texnika fanlari doktori, professor; Muxamedieva Dildora Kabulovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sun’iy neyron tarmoq modellari asosida video ketma-ketliklarni siqish va ob’ektlarning chegaralarini aniqlashning gibrid usuli va algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
har bir qatlamni Sobel filtrlari bilan qayta ishlashga asoslangan, mavjud usullarga nisbatan tasvir ob’ektlari chegaralarini aniqlash algoritmining xatosini kamaytirish imkonini beruvchi tasvirlardagi ob’ektlar chegaralarini aniqlashning uch kanalli usuli ishlab chiqilgan;
tasvirlardagi ob’ektlarning chegaralarini aniqlash va ularning chuqurligini baholashning uch kanalli usuliga asoslangan tasvirlardagi ob’ektlarning uch o‘lchovli xususiyatlarini aniqlashning gibrid usuli ishlab chiqilgan;
qoldiq bloklardan foydalangan chuqur neyron tarmog‘iga asoslangan tasvir o‘lchamlarini oshirish uchun siqilgan tasvirlarni sifatini yaxshilovchi super rezolyusiya yordamida qayta tiklash usuli takomillashtirilgan;
ob’ekt chegaralarini uch o‘lchovli aniqlash usuli va ularning chuqurligini aniqlashga asoslangan to‘rt tomonlama deformatsiya usulidan foydalangan holda video ketma-ketlik tasvirlarini barqarorlashtirish algoritmi ishlab chiqilgan;
sun’iy neyron tarmoqlarga asoslangan video ketma-ketlikni siqish va super rezolyusiya algoritmlari asosida sifatni saqlab qolgan holda tasvirni tiklash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sun’iy intellekt masalalarida video ketma-ketliklar ob’ektlari chegaralarini aniqlash va tasvirni siqish usullari, algoritmlari va dasturiy ta’minot yordamida olingan natijalar asosida:
Ishlab chiqilgan usul va algoritmlar “O‘zbekiston MTRK mediamarkazi” DM teleserial va ko‘rsatuvlarni studiyada tayyorlash bo‘limi faoliyatiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 4-yanvardagi 33-8/39-son ma’lumotnomasi). Bo‘limning studiya xonalarida tasvir ma’lumotlarini saqlash, uzatish, ishlov berish jarayonlarida joriy etilishi tavsiya berilgan. Tasvirga tushirilgan ma’lumotlarni qayta ishlashda taqdim etilgan tasvir ob’ektlarini qirralarini aniqlash va bu bilan tasvir ketma-ketligini stabilligini oshirish va bunda ishlov berish jarayonini 12%ga tezlashtirishga erishiladi. Sifati past bo‘lgan kadrlarni super-ravshanlik usuli asosida yaxshilash ularni so‘nggi faylni shakllantirishda qo‘llash imkonini bergan.
Ishlab chiqilgan usul va algoritmlar “UNICON.UZ” MChJ ilmiy-tadqiqot va normativ hujjatlarni ishlab chiqish jarayonlariga amaliy tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 4-yanvardagi 33-8/39-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan usul va algorimlarni tasvir ma’lumotlarini saqlash, uzatish, ishlov berish texnologiyalari standartlariga joriy etish uchun tavsiya berilgan. Raqamli teleradioeshittirish standartining yangi avlodiga joriy etilishi, kam polisa kengligida yuqori sifatli television dasturlarni uzatish hisobiga moliyaviy samara berishi ta’kidlangan. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Sun’iy intellekt va katta hajmdagi ma’lumotlar sohasidagi xalqaro standartlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlari sifatida qabul qilish bo‘yicha REJA-JADVALI” asosida normativ hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanishi belgilab o‘tilgan.
Ishlab chiqilgan tasvir ob’ektlarini aniqlashning uch kanalli usuli, tasvir sifatini super resolyusiya usuli va tasvirlarni barqarorlashtirish algoritmi “MD-SOFT” MChJ texnologik jarayonlarida tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 4-yanvardagi 33-8/39-son ma’lumotnomasi). Bunda tasvirlarning ob’ektlarini aniqlashni mavjud usullarga nisbatan yaxshiroq aniqlash, sonli belgilarni va insonlarni aniqlashda tasvirga tushirish aniqligi 2 marta kam bo‘lgan IP kameralardan foydalanish va tasvirlarni barqarorligini ta’minlash algoritmidan foydalanish nazorat qilish va tanib olishni mavjud usullarga nisbatan 15% aniqroq natijalar berish imkonini yaratdi.
Ishlab chiqilgan usul va algoritmlar “O‘zbektelekom” AK tomonidan tasvir ma’lumotlarini uzatish, qayta ishlash va saqlash jarayonlarida tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil4-yanvardagi 33-8/39-son ma’lumotnomasi). Tasvir ma’lumotlarini siqish, mavjud transport oqimlaridan uzatishda video oqimni 3%ga kamaytirish imkonini berdi.