Nurmanova Barno Axmadjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy o‘zbek teatrida sahnaviy obraz yaratish masalalari (2000-2020 yillar poytaxt teatrlari repertuari misolida)”, 17.00.01 – Teatr san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/San122.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Ilmiy rahbar: Umarov Ma’mur Botashikovich, falsafa fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.08/28.08.2020.San.121.01.
Rasmiy opponentlar: Shodiev Boltaboy Avazovich, san’atshunoslik fanlari doktori; Qoraboev Usmon Hosilovich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi zamonaviy o‘zbek teatrida sahnaviy obraz yaratishning ilmiy-nazariy mezonlarini aniqlash, poytaxtdagi o‘zbek teatrlarida 2000-2020 yillarda sahnalashtirilgan spektakllar misolida mavzuning dolzarb jihatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
obraz yaratish evolyusiyasi o‘zbek teatri taraqqiyot bosqichlarining har birida turlicha bo‘lgani, bu har bir davrning badiiy-estetik hamda ijtimoiy-ma’naviy talablari bilan bog‘liq ekani tarixiy-nazariy jihatdan asoslangan;
o‘zbek teatridagi zamonaviy spektakllarda obraz yaratish milliylik xususiyatiga asoslangani qahramonlar xarakteridagi tipik jihatlarda, dekoratsiyaning o‘ziga xos ifoda shakllarida va kompozisiyaning badiiy-uslubiy qurilishida aks etishi ochib berilgan;
jahon mumtoz dramaturgiyasi asosida sahnalashtirilgan spektakllarda sahna ijodkorlarining imkoniyatlarini ochuvchi, ijodiy diapazonini kengaytiruvchi omillar ustuvorlik qilishi sababli sahnaviy obraz hodisasi rejissuradagi shartlilik, aktyor ijrosidagi pafos, temperament, ssenografiyadagi simvolik tasvirlarda namoyon bo‘lishi isbotlangan;
teatrda sahnaviy obrazga erishishda dramaturg maqsadi, aktyor xatti-harakatlari, rejissor talqini hamda grim, musiqa, qo’shiq, raqs, dekoratsiya, chiroq nurlari hamohanglikda qahramon xarakteri, spektaklning badiiy qiymati, ijtimoiy yuki, estetik-falsafiy mazmunini ta’minlashga xizmat qilganligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy o‘zbek teatrida sahnaviy obraz yaratish masalalarini o‘rganish jarayonida olingan tadqiqot natijalariga ko‘ra quyidagilar amalga oshirildi:
obraz yaratish evolyusiyasi o‘zbek teatri taraqqiyot bosqichlarining har birida turlicha bo‘lgani, bu har bir davrning badiiy-estetik hamda ijtimoiy-ma’naviy talablari bilan bog‘liq ekani tarixiy-nazariy jihatdan ilk bor asoslanganligi hamda o‘zbek teatridagi zamonaviy spektakllarda obraz yaratish milliylik xususiyatiga oid qahramonlar xarakteridagi tipik jihatlarda, dekoratsiyaning o‘ziga xos ifoda shakllarida va kompozisiyaning badiiy-uslubiy qurilishida aks etishi ochib berilganligiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni va “Besh tashabbus”ning birinchi bandida belgilangan teatr san’atini rivojlantirish bilan bog‘liq vazifalarning amaliy ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va Turizm Vazirligining 2023-yil 10-iyuldagi 05-11-15-1822-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot ishi natijalari o‘zbek teatrida sahnaviy obraz yaratish jarayonlarini takomillashtirishga, shuningdek, o‘quv yurtlaridagi teatr san’ati sohasiga oid mutaxassislik yo‘nalishlari ta’limida – aktyorlik mahorati, rejissura, sahna nutqi, sahna madaniyati, dramaturgiya, teatrshunoslik fanlarini o‘qitishda, mavzuga oid masalalarga aniqlik kiritishda amaliy va nazariy manba bo‘lib xizmat qilgan, shuningdek, natijalar O‘zbekiston davlat drama teatrining “Xazina”, O‘zbekiston davlat Satira teatrining “Revizor”, “Shum bola”, “Padarkush” singari spektakllarini badiiy-g‘oyaviy jihatdan takomillashtirishda foydalanilgan;
jahon mumtoz dramaturgiyasi asosida sahnalashtirilgan spektakllarda sahna ijodkorlarining imkoniyatlarini ochuvchi, ijodiy diapazonini kengaytiruvchi omillar ustuvorlik qilishi sababli sahnaviy obraz hodisasi rejissuradagi shartlilik, aktyor ijrosidagi pafos, temperament, ssenografiyadagi simvolik tasvirlarda namoyon bo‘lishi isbotlanganligi hamda teatrda sahnaviy obrazga erishish spektaklning badiiy qiymatini, ijtimoiy yukini, estetik-falsafiy mazmunini tashkil etishi konkret spektakllar tahlili asosida o‘rganilib, ushbu jarayonning o‘zbek teatri va ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarda tutgan o‘rni dalillanganligiga oid takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Ochiq namoyish” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirshda foydalanilgan (“Madaniyat va ma’rifat” telekanalining 2023-yil 24-fevraldagi 01-02-01/37-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot mavzusiga doir spektakllarning badiiy-estetik, ijtimoiy-g‘oyaviy xususiyatlari xalqimiz orasida keng targ‘ib qilingan.