Kurbanov Suxrob Abdulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy O‘zbekiston muzeylari faoliyatida ta’limga oid jihatlari“, 17.00.06 – Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy obektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/San212.
Ilmiy rahbar: Akilova Kamola Baltabaevna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat san’at muzeyi, PhD. 08/09.07.2020.San.118.01.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Dilafruz Muhsinovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor, Temirxodjaev Jahongir Po‘latovich, tarix fanlar nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida O‘zbekiston muzeylar faoliyatidagi ta’limga oid jihatlarni ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston muzeylarida ta’lim va tarbiyaviy faoliyat XX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘lganligi aniqlanib, muzey pedagogikasining ilk shakllanish davri (1970-1990-yillar); zamonaviy muzey pedagogikasining paydo bo‘lishi davri (1991-2016-yillar); madaniyat va san’at orqali muzey ta’limining rivojlanish davrlari (2017-2023-yillar) kabi bosqichlarda rivojlanganligi ochib berilgan;
muzey va ko‘rgazma zallarini kasbga yo‘naltirish markazlari rejaviy tipologiyasida ko‘ngil ochar hamda ta’lim va tarbiyaga yo‘naltirish bloklari muhim ahamiyat kasb etishi asoslangan;
O‘zbekiston muzeylarida tashrif buyuruvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish masalalari o‘quvchilar va talabalarning muzey pedagogikasidan unumli foydalanishiga ko‘ra badiiy profildagi muzeylarda samarador yo‘lga qo‘yilganligi dalillangan;
muzeyshunos kadrlarni tayyorlashda ijodiy salohiyatni rivojlantirishning ijtimoiy jarayonlariga ta’sir etuvchi ijod hududlarining mavjudligi, samarador nazariy ta’limning yo‘lga qo‘yilganligi kabi ijobiy va ta’lim jarayonining uzlyuksizligi ta’milanmaganligi, nogironlar uchun to‘laqonli sharoitlarning yaratilmaganligi kabi salbiy tomonlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy O‘zbekiston muzeylari faoliyatining ta’limga oid jihatlarini yoritish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston muzeylarida ta’lim va tarbiyaviy faoliyat XX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘lganligi, bo‘lganligi, muzey pedagogikasini ilk shakllanish davri (1970-1990-yillar); undan so‘ng Mustaqillik yillarida muzeylarda zamonaviy muzey pedagogikasi paydo bo‘lishi davri (1991-2016-yillar); hamda madaniyat va san’at orqali muzey ta’limining rivojlanish davrlari (2017-2023-yillar) kabi bosqichlarda rivojlanganligiga oid natijalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Mavzu” ko‘rsatuvi senariysini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 20-dekabrdagi 06-28/1931-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston muzeylari faoliyatida ta’limga oid o‘quv metodologik ishlar orqali yangi tashrif buyuruvchilarning ta’lim-tarbiyaviy jihatlarini shakllantirishga erishilgan.
muzeyshunos kadrlarni tayyorlashda ijodiy salohiyatni rivojlantirishning ijtimoiy jarayonlariga ta’sir etuvchi ijod hududlarining mavjudligi, samarador nazariy ta’limning yo‘lga qo‘yilganligi kabi ijobiy va ta’lim jarayonining uzlyuksizligi ta’milanmaganligi, nogironlar uchun to‘laqonli sharoitlarning yaratilmaganligi kabi salbiy tomonlariga oid natijalari O‘zbekiston Badiiy akademiyasining o‘quv jarayonini tashkil etish omili sifatida ularning zamonaviy-badiiy jarayonga integratsiyalashuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2022-yil 30-noyabrdagi 03-09/237-1131-son ma’lumotnomasi). Natijada, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bitiruvchilariga, taniqli rassomlarning ijodiy ishlari hamda muzey va undagi ko‘rgazmalardan o‘quv jarayonida to‘liq foydalanish imkoniyati yaratilgan.
O‘zbekiston muzeylarida tashrif buyuruvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish masalalari o‘quvchilar va talabalarning muzey pedagogikasidan unumli foydalanishiga ko‘ra badiiy profildagi muzeylarda samarador yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi xulosalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining davlat tadbirlari dasturida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 20-dekabrdagi 02-22/1446-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu dasturning “Ijod” turkumida targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishda aniq ilmiy dalillar bilan boyitishga xizmat qilgan.