Jumaev Ruzokul Xoliqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sadriddin Ayniyning tojik va o‘zbek tillaridagi asarlari toponimlari tadqiqi”, 10.00.05 - Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (tojik tili va tojik adabiyoti) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1126.
Ilmiy rahbar: Choriev Tavakkal Ravshanovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023.Fil.02.11.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Dilfuza Rafukjanovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Homidov Dilmurod Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sadriddin Ayniy asarlaridagi kontekstual toponimlarning topoleksik, topostilistik, topoformant jihatlarini, kontekstual toponimlarning leksik qatlamlari hamda lug‘aviy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sadriddin Ayniy ijodida kontekstual toponimlarning Guzari Hullabofon, Guzari Sorbonon, Kemuxtgaron kabi topoleksik, Mexchagaron, Kamongaron kabi topomorfologik xususiyatlari hamda badiiy-tasviriy ifodalarda makrotoponim va mikrotoponimlarning ijodkor xayoloti orqali tasvirlangan Ko‘li Nayzor, Dehai Sholipoya, Darai Gardani Javzo singari to‘qima va Shosh, Kesh, Asrushna kabi tarixiy nomlari mavjudligi aniqlangan;
kontekstual toponimlarning leksik qatlami – fors-tojik, turk-o‘zbek, arabcha qatlamlari, shuningdek, oykonim, komonim, astionim, urbanonim, godonim, agoronim, ekklezionim, oronim, gidronim, zootoponim, antropotonim, etnotoponimlar guruhlari mavjudligi aniqlanib, ularning badiiy asar matnida sintetik, dinamik, analitik vositalarda xarakter psixologiyasini yaratishda muhim ahamiyat kasb etishi asoslangan;
badiiy matn tarkibidagi toponimlarning topoleksik, topofonetik, topostilistik, topoformantlarda I izofasining faolligi, o‘zgaruvchanligi va kontekstual toponimlarning oykonim, urbanonim, gidronim, oronim, etnotoponim, antrotoponim, zootoponim kabi turlarga nisbatan bo‘linganligi “Odina”, “Doxunda”, “Qullar”, “Sudxo‘rning o‘limi” asarlari orqali isbotlangan;
Sadriddin Ayniy asarlarida joy nomlarining etnotoponim, antropotoponim, gidrotoponim, fitotoponim kabi kasb-kor atamalari asosida shakllangan semantik tiplari, o‘z va ko‘chma ma’noga ega oykonimlarning onomastik leksika sathi me’yorlariga mosligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sadriddin Ayniy asarlarida qo‘llangan toponimlarning xalq og‘zaki ijodi namunalarida aynan takrorlanishga oid qiyosiy adabiyotlardan olingan ilmiy-nazariy natijalar asosida:
Sadriddin Ayniy ijodida kontekstual toponimlarning Guzari Hullabofon, Guzari Sorbonon, Kemuxtgaron kabi topoleksik, Mexchagaron, Kamongaron kabi topomorfologik xususiyatlari hamda badiiy-tasviriy ifodalarda makrotoponim va mikrotoponimlarning ijodkor xayoloti orqali tasvirlangan Ko‘li Nayzor, Dehai Sholipoya, Darai Gardani Javzo singari to‘qima va Shosh, Kesh, Asrushna kabi tarixiy nomlari mavjudligiga oid xulosalardan FA-F-1-005-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017–2020 y.y.) nomli fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2023- yil 22- maydagi 219/1-son ma’lumotnomasi). Natijada Sadriddin Ayniy asarlaridagi folklor motivlari, qadimiy joy nomlari, ularning lingvistik tahlili, adabiy tur va janrlarning genezisi, adib ijodidagi epik janrlarning o‘ziga xosligi, xarakter yaratish mahorati, axloqiy-estetik, lirik qahramon psixologiyasi, dramatik asarlaridagi yumoristik talqinlar mohiyati ochib berilganligi asos boʻlgan;
kontekstual toponimlarning leksik qatlami – fors-tojik, turk-o‘zbek, arabcha qatlamlari, shuningdek, oykonim, komonim, astionim, urbanonim, godonim, agoronim, ekklezionim, oronim, gidronim, zootoponim, antropotonim, etnotoponimlar guruhlari mavjudligi aniqlanib, ularning badiiy asar matnida sintetik, dinamik, analitik vositalarda xarakter psixologiyasini yaratishda muhim ahamiyat kasb etishidan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza”, “Payomi ro‘z” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 31-maydagi 1/123-son ma’lumotnomasi). Natijada Sadriddin Ayniy asarlarining toponimlarning tadqiq qilish va ularning leksik qatlamlarini aniqlash ko‘p jihatdan Markaziy Osiyo mintaqasidagi xalqlarining yashash joylarini aniqlashtirshga tojik va o‘zbek tillarining o‘zaro bog‘liqligi hamda Buxoro shahridagi guzari Zargaron, guzari Sari puli oshiqon, Buxoro viloyatidagi Peshku, Zandane, Vardonze, Dehnavi Abdullojon, Soktare va boshqa shunga o‘xshash toponimlarning topoleksik, topostlistik, topoformant xususiyatlaridan xabardor bo‘lishda bevosita xizmat qilgan;
Sadriddin Ayniy asarlarida joy nomlarining etnotoponim, antropotoponim, gidrotoponim, fitotoponim kabi kasb-kor atamalari asosida shakllangan semantik tiplari, o‘z va ko‘chma ma’noga ega oykonimlarning onomastik leksika sathi me’yorlariga oid xulosalardan 2022–2023-yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi huzuridagi “Nilufar” adabiy to‘garagi mashg‘ulotlari materiallarini tayyorlashda foydalanildi. Natijada, yoshlarning umuminsoniy g‘oyalarning kamol topishiga, joy nomlari bilan bog‘liq xususiyatlari, so‘z boyligining oshishiga xizmat qilgan;
badiiy matn tarkibidagi toponimlarning topoleksik, topofonetik, topostilistik, topoformantlarda I izofasining faolligi, o‘zgaruvchanligi va kontekstual toponimlarning oykonim, urbanonim, gidronim, oronim, etnotoponim, antrotoponim, zootoponim kabi turlarga nisbatan bo‘linganligi “Odina”, “Doxunda”, “Qullar”, “Sudxo‘rning o‘limi” asarlari asosidagi tahlillaridan 5111700-Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar uchun yaratilgan “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 20-oktyabrdagi 441-son buyrug‘i, 441021 raqamli ruxsatnomasi). Natijada, voqealar ifodasining o‘ziga xos xususiyatlari, munosib echimga ega ekanligi va toponimlarning geografik xususiyatlarini sodda tushuntirishga erishilgan.