Nurillaeva Zarina Xasanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tojik-fors izohli lug‘atlarida so‘zlarni izohlashning o‘ziga xos xususiyatlari (“Burhoni qote’” materiallari asosida), 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (tojik tili va tojik adabiyoti) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Fil1661.
Ilmiy rahbar: Shokirov Tug‘ral Sirojovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023.Fil.02.11.
Rasmiy opponentlar: Alimova Xolida, filologiya fanlari doktori, professor; Jo‘raeva Musharrafa, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi fors-tojik leksikografiyasi tarixi va uning vujudga kelish tamoyillari, XVIII-XIX asr Hindiston lug‘atnavislik maktabi, “Burhoni qote’” lug‘ati muallifining lug‘at moddalari va so‘zlarni tasrif qilish usullarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Hindistonda lug‘atlar yaratish maktabining XVIII-XIX asrlarda takomillashuvi, mazkur lug‘atda so‘zlarning fonologik, leksikologik, morfologik xususiyatlari hamda frazeologik birliklarni qiyoslash, sharhlash asosida old va orqa qo‘shimchalarning bo, be, no, dar, fur kabi faol, gun, vash, oso, sor singari nofaolligi aniqlangan;
lug‘atda arab, turk, hind, yunon, rum, avesto va sug‘d, pahlaviy, hind tillariga xos bo‘lgan so‘zlarning leksik-semantik, ramziy-majoziy va tarixiy-etimologik hamda kompozisiyasi, ma’no turlari, juft va takroriyligi kabi konstruktiv xususiyatlari ochib berilgan;
“Burhoni qote’”da “muxaffaf (qisqartma), “muraxxam” (yakunlanmagan), “muarrab” (arablashgan), “tavobe’, itbu” (tobe so‘zlar), “murodifot” (bir ma’noli)”, “azdod” (zid ma’noli), “noqiz” (nuqsonli, qusrli) kabi istilohlarning lug‘aviy asoslari dalillangan;
so‘z moddalarini sharhlashda havolalar, havolalar ichra havola uslubining imloviy, uslubiy, sintagmatik ahamiyatga egaligi hamda arabcha infinitiv yoki mushtaq (maxsus qolipli) so‘zlarning qo‘shimcha badiiy, publisistik, jonli so‘zlashuv kabi lingvostilistik usullari mavjudligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tojik-fors izohli lug‘atlarida so‘z ma’nolarini ifodalashning o‘ziga xos xususiyatlari muammosini tadqiq etishda olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘rta Osiyo va Sharq xalqlari tarixida yaratilgan leksikografiya tarixini davrlashtirish tendensiyalari, Hindistonda lug‘atlar yaratish maktabining takomllashuvi, mazkur lug‘atda so‘zlarning fonologik, leksikologik, morfologik xususiyatlari hamda frazeologik birikmalarni qiyoslash, sharhlash, old va orqa qo‘shimchalarning bo, be, no, dar, fur kabi faol, gun, go, oso, sor singari nofaolligi borasidagi prinsiplaridan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 14-oktyabrdagi 17-01/176-son dalolatnomasi) Ilmiy natijalarning qo‘llanishi orqali “Burhoni qote’” muallifining xalq og‘zaki ijod namunalariga xos bo‘lgan omiyona til xususiyatlariga daxldor elementlarga munosabati va ularning semantik-struktur hamda real tilshunoslik nuqtai nazaridan talqin qilish usuli haqidagi qarashlarini o‘rganishga zamin bo‘lgan;
Lug‘atda arab, turk, hind, yunon, rum, avesto va sug‘d, pahlaviy, hind tillariga xos bo‘lgan so‘zlarning leksik-semantik, ramziy-majoziy va tarixiy-etimologik hamda kompozisiyasi, ma’no turlari, juft va takroriyligi kabi konstruktiv xususiyatlariga bag‘ishlangan ilmiy-nazariy qarashlardan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-GOO3 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 19-oktyabrdagi 17-01/177-son dalolatnomasi) Ilmiy natijalarining qo‘llanishi orqali Muhammadhusayn Burhonning til sathining fonetik, leksik va morfologik xususiyatlariga oid qarashlari, lug‘at so‘zlarning semantik va strukturaviy tafsilotlarni tahlil qilish, milliy tilshinoslikda lug‘aviy birikmalarning tarixiy etimologik, qiyosiy-tavsifiy tahlil qilinishi, lug‘atlarda tilga bog‘liq aspektlarni talqin etish prinsiplari, lug‘at manbalarni tavsiflash va ularni tadqiq etish metodlarini tasniflashga asoslangan;
So‘z moddalarini sharhlashda havolalar, havolalar ichra havola uslubining imloviy, uslubiy, sintagmatik ahamiyati hamda arabcha infinitiv yoki mushtaq (maxsus qolipli) so‘zlarning qo‘shimcha badiiy, publisistik, jonli so‘zlashuv kabi lingvostilistik usullariga oid ilmiy-nazariy qarashlardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018 yillarda amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining erazmus +dasturining 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va halqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 27-iyundagi 1900/30-son ma’lumotnomasi) Ilmiy natijalarining qo‘llanishi orqali tojik-fors tilshunosligida “Burhoni qote’”-ning lug‘aviy birikmalari tarixiy etimologik, qiyosiy-tavsifiy jihatdan tahlil qilinganligi, muallif tomonidan tilning fonetik, leksik va morfologik xususiyatlariga oid qarashlari, lug‘at so‘zlarning semantik va strukturaviy tafsilotlarni tahlil qilish borasidagi ilmiy va nazariy qarashlarni yoritish prinsiplari aniqlangan;
“Burhoni qote’”da “muxaffaf (qisqartma), “muraxxam” (yakunlanmagan), “muarrab” (arablashgan), “tavobe’, itbu” (tobe so‘zlar), “murodifot” (bir ma’noli)”, “azdod” (zid ma’noli), “noqiz” (nuqsonli, qusrli) kabi istilohlarning lug‘aviy asoslaridan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturi 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161- TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of european LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 11 iyuldagi 1985/30-son ma’lumotnomasi). Jumladan, Muhammadhusayn Burhonning “Burhoni qote’” lug‘at asarida hind-evropa tillariga xos bo‘lgan so‘zlarning etimologiyasini aniqlash usullari, so‘zlarning tarixiy va genetik strukturasiga oid nazariy qarashlar, taqqoslanuvchi tilarning fonetik, leksik va morfologik xususiyatlariga oid ilmiy qarashlar, milliy tilshinoslikda lug‘aviy birikmalarning tarixiy etimologik, lug‘at manbalarni tasnivlash va ularni tadqiq etish metodlarini o‘rganish yuzasidan chiqarilgan xulosa va ishlab chiqilgan tavsiyalaridan foydalanilgan;
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali “Bedorlik”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Ranginkamon” eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanildi. Jumladan, ushbu eshittirishlar tadqiqotchi Z.Nurillaeva tadqiq etgan Muhammadhusayn ibn Xalafi Tabreziyning “Burhoni qote’” asarining Sharq xalqlari tamaddunida tutgan o‘rni uning zamonaviy tilshunoslik va lekskografiya tarixidagi o‘rni, bu lug‘atning ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati haqidagi xulosalari va ilmiy natijalaridan ayrim ko‘rsatuvlarning ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 13-sentyabrdagi 07-37/1499-son ma’lumotnomasi). Radiodasturlarda berilgan ilmiy xulosalar tinglovchilarda milliy qadriyat, milliy boylik, milliy tafakkur tushunchalarini shakllantirishda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan.