Xo‘jamurodova Oydin Xo‘jamurod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilining gulchilik leksikasi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil695.
Ilmiy rahbar: Pardaev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Begimov Odil, filologiya fanlari doktori, professor; Bakirov Poyon, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili gulchilik leksikasining lingvistik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilining qadimiy va zamonaviy yozma manbalar hamda lug‘atlarida saqlanib qolgan “gulchilik leksikasi”, “fitonim” va “fitonimik leksika” terminlarining tilimizdagi asl ma’nolariga tayangan holda o‘z ma’nosida to‘g‘ri qo‘llanish jihati ochib berilgan;
gulchilik sohasidagi gul, chechak, atirgul, chinnigul, lola, tog‘ lolasi, namozshomgul, boychechak, rayhon kabi ko‘plab terminlar va tushunchalarning lug‘aviy ma’nolari, etimologiyasi, bu sohaga oid terminlardan yasalgan kishi ismlari (Gulnoz, Oygul, Gulpari), toponimlarning (Guldara, Gulbuloq, Guldursun) qo‘llanish o‘rni va yasalish modeli, onomastik birliklar yasalishidagi ishtiroki, mavqeyi, leksik-semantik xususiyatlari asoslangan;
gulchilik leksikasining til tizimidagi struktur-grammatik xususiyatlari va tarixiy so‘z yasalish usullari asosida ularning so‘z turkumlariaro modellari, bu soha leksikasining turkiy, fors-tojik, arab, rus va boshqa tillaridan diaxron va sinxron o‘zlashish sabablari va omillari aniqlangan;
badiiy matnda gulchilik leksikasining qo‘llanishi bilan bog‘liq til va madanyat (lingvomadaniy), so‘z va sh’eriyatlar (lingvopoetik) aro xususiyatlari dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili gulchilik leksikasi lingvistik xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tilining qadimiy va zamonaviy yozma manbalar hamda lug‘atlarida saqlanib qolgan “gulchilik leksikasi”, “fitonim” va “fitonimik leksika” terminlarining tilimizdagi asl ma’nolari; o‘zbek tilining gulchilik leksikasiga oid so‘z va terminologik birliklar tizimining struktur-semantik xususiyatlari; izohli lug‘atlar uchun gul va gulchilikka oid terminlarini tanlab olish tamoyillari, terminlar uchun illyustrativ misollar berish kabi tadqiqot natijalari va materiallaridan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2020-2023-yillarda amalga oshirilgan AM-FZ-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti OO‘MTVning 2023-yil 14-aprel 31-son ma’lumotnomasi). Natijada terminlarning leksikografik tavsiflari mukammallashtirilgan va semantik xususiyatlarini izohlashda foydalanilgan;
gulchilik terminlarining lug‘aviy ma’nosi, sohaviy qo‘llanishi, ularning zamonaviy leksikografik tavsiflanishi, terminologik va umumiste’mol so‘zlarning yasamalashuvi natijasida ma’nolaridagi ixtisoslashish natijasida yangi, sohaviy ma’nolarning vujudga kelishi haqidagi xulosalaridan 5221000 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavr ta’lim yo‘nalishi uchun 2018-yilda “Tafakkur bo‘stoni” nashriyotida nashr qilingan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan “Hozirgi o‘zbek tili” darsligida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 14-apreldagi 02-743-son ma’lumotnomasi). Natijada darslikning “O‘zbek tili leksikasi tasnifi” deb nomlangan 18-paragrafida o‘zbek tili leksikasi tarkibidagi so‘z, termin, leksema, istiloh, leksik birlik, lug‘aviy birliklarning ma’nolari, o‘xshash va farqli jihatlari xususidagi izoh hamda tavsiflar bilan boyitilgan;
gulchilik sohasidagi gul, chechak, atirgul, chinnigul, lola, tog‘ lolasi, namozshomgul, boychechak, rayhon kabi ko‘plab terminlar va tushunchalarning lug‘aviy ma’nolari, etimologiyasi, bu sohaga oid terminlardan yasalgan kishi ismlari (Gulnoz, Oygul, Gulpari), toponimlarning (Guldara, Gulbuloq, Guldursun) qo‘llanish o‘rni, onomastik birliklar yasalishidagi mavqeyi va leksik-semantik, lingvopoetik xususiyatlari haqidagi tahliliy fikrlar va tavsiyalar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” radiokanalida 2022-yilning 14-aprelida efirga uzatilgan “Muhim mavzu”, “Gullarni asrang” eshittirishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” radiokanalining 2022-yil 8-iyuldagi 03-09-386-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu eshittirishning mazmuni boyitilgan va radio tinglovchilar o‘zbek tili gulchilik terminologiyasida qo‘llanuvchi terminlarning anglatgan ma’nolari, etimologiyasi, yasalishi va nomlanishi kabi xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishgan;
gulchilik terminlarining izohli lug‘atini tuzishga asos bo‘luvchi so‘z va terminlarni leksikografik tamoyillar asosida tanlash, soddalik, aniqlik, ixchamlik mezonlarini belgilash asosida “O‘zbek tili gulchilik terminlarining izohli lug‘ati” (ISBN 978-9943-9311-9-1) tuzilgan. Natijada o‘zbek tilidagi gulchilik terminlarining qo‘llanilishiga aniqlik kiritilgan va lug‘atning izohli variantini yaratish imkonini bergan.