Bahodirova Gulruh Bahodirovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilining kashtachilik leksikasi va uning leksikografik talqini (Yuqori Qashqadaryo shevalari misolida)”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1920.
Ilmiy rahbar: Bahriddinova Bashorat Madievna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
    Rasmiy opponentlar: Begimov Odil Tuxtamishevich, filologiya fanlari doktori, dotsent; G‘aybullaeva Nafisa Izzatullaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek kashtachilik leksikasining leksik-semantik, derivatsion-grammatik xususiyatlarini aniqlash va leksikografik talqin qilish tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kashtachilik terminlarini kompleks-genetik, tarixiy-etimologik, etnolingvistik, lingvomadaniy va derivatsion-grammatik jihatlari asosida o‘zbek terminosistemasida alohida tizim ekanligi ochib berilgan;
kashtachilik terminlarining leksik-semantik guruhlari aniqlanib, Yuqori Qashqadaryo kashtachilik leksikasida faol qo‘llanuvchi qalpoq, kalapo‘sh, shirozi, qur, jiyak, peshonavat, kulo‘ta, ro‘yparto, boshqars, kuyovqars, itqars, po‘ta,  qiyomat qiyiq, ro‘yjo, zardevor, g‘aribqalpoq, bika, to‘taki, shol, zaynovi, sovsan, pushtigul kabi terminlar misolida etnolingvistik, etnografik, lingvomadaniy  xususiyatlari yoritilgan;
kashtachilik terminlarining struktur-morfologik, sintaktik xususiyatlari, unumli va unumsiz derivatsion qoliplari, soha terminologiyasida terminologizatsiya va determinologizatsiya jarayonlari, predterminlar, kvaziterminlar, terminoidlar, prototerminlar aniqlangan;
kashtachilik terminlarinining nomlanish mezonlari, ularni zamonaviy sohaviy lug‘atlarda leksikografik talqin qilish tamoyillari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek kashtachilik leksikasini  kompleks lingvistik, etnomadaniy, areal va dialektal aspektlarda o‘rganish va soha terminlarini leksikografik talqin qilishning zamonaviy usullarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
kashtachilik terminlarini kompleks-genetik, tarixiy-etimologik, etnolingvistik, lingvomadaniy, kognitiv-semantik va derivatsion-grammatik o‘rganish orqali o‘zbek terminosistemasida alohida tizim ekanligini ochib berishga qaratilgan xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi PZ – 2020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasi”ni yaratish amaliy grant loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 3-iyundagi 01/10-1087-son ma’lumotnomasi). Natijada sohaviy leksikaga oid birliklarning lug‘aviy-mazmuniy xususiyatlarini tahlil qilishda ilmiy hamda amaliy manba bo‘lib xizmat qilgan;
kashtachilik terminlarinining nomlanish mezonlarini aniqlash, umumiy va maxsus izohli, turdosh lug‘atlardagi talqiniga doir muammolarni o‘rganish asosida zamonaviy sohaviy lug‘atlarda leksikografik talqin qilish tamoyillarini ishlab chiqishga doir ilmiy natijalardan “O‘zbek tili kashtachilik terminlarining izohli lug‘ati”ni tuzishda foydalanilgan (ISBN 978-9943-9510-9-9). Natijada kashtachilik terminlarini umumiy va maxsus izohli lug‘atlar, turdosh lug‘atlardagi talqiniga doir muammolarni bartaraf etishga erishilgan;
kashtachilik terminlarining leksik-semantik guruhlari, Yuqori Qashqadaryo shevalarida qo‘llanuvchi qalpoq, kalapo‘sh, shirozi, qur, jiyak, peshonavat, kulo‘ta, ro‘yparto, boshqars, kuyovqars, itqars, po‘ta, qiyomat qiyiq, ro‘yjo, zardevor, g‘aribqalpoq, bika, to‘taki, shol, zaynovi, sovsan, pushtigul kabi kashtachilik terminlari misolida etnolingvistik, etnografik, lingvomadaniy xususiyatlariga doir misollardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy dasturlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo teleradiokompaniyasining 2023-yil 29-maydagi 17-05/102-son ma’lumotnomasi) Tadqiqot natijalari asosida sohaviy terminlarning o‘zbek tilini rivojlantirish, til leksik qatlamlarini boyitish, ilm-fan tili sifatida nufuzini oshirish haqidagi targ‘ibot ishlari mazmuni mukammallashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish