Samieva Shaxnoz Xikmatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarda kreativ yondashuv asosida loyihalash ko‘nikmalarini rivojlantirishning innovatsion texnologiyalari (falsafa fani misolida)”, 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (falsafa) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Ped401.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Ulfat Ilhamovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Kiyamov Nishon Sadikovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Qodirov Quvondiq Aytbaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarda kreativ yondashuv asosida loyihalash ko‘nikmalarini innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish hamda ularni oliy ta’lim tizimiga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning loyihalash ko‘niklarini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlari loyihalash texnologiyasining didaktik imkoniyatlarini pedagogikaning zamonaviy paradigmalariga konseptual asosda metodologik jihatdan muvofiqlashtirish orqali mazmun va shak birligiga ko‘ra modernizatsiyalashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarining loyihalash ko‘nikmalarini rivojlanishining pedagogik omillari (individuallashtirish va differensatsiyalashtirish, o‘z-o‘zini faollashtirish hamda shaxsiy portfoliosini boyitish) aniqlashtirilib, barkamol shaxsni tarbiyalashga oid pedagogik qarashlar uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasining strategik maqsadlariga muvofiq takomillashtirilgan;
talabalarda loyihalash ko‘nikmalarini kreativ yondashuv asosida rivojlantirishning metodik tizim komponentlari muammoli (problematic), modulli (module) va loyiha (project) ta’lim texnologiyalarini maqsadli loyihalashtirishning metodik imkoniyatlarini ta’lim oluvchilarning individual ta’lim traektoriyasiga ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan protsessual-texnologik omillar vositasida integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda loyihalash ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik shakllari hamda ularning ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishning didaktik usullari ta’lim oluvchilarda kreativ yondashuv asosida loyihalash ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi texnologiyalarni ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlariga tashkiliy-metodik jihatdan empirik qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarining loyihalash ko‘nikmalarini aniqlash mezon va ko‘rsatkichlari loyihalsh texnologoyasining motivatsion, kognitiv, faoliyatli, kreativ komponentlarini differensiallashgan darajalarda obyektiv baholovchi diagnostik, prognostik parametr va indikatorlarini miqdor va sifat aspektlariga ko‘ra ishlab chiqish asosida mazmunan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda kreativ yondashuv asosida loyihalash ko‘nikmalarini rivojlantirishning innovatsion texnologiyalarini takomillashtirish jarayonini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar hamda tadqiqot natijalari asosida:
loyihalash texnologiyasining didaktik imkoniyatlarini pedagogikaning zamonaviy paradigmalariga konseptual asosda metodologik jihatdan muvofiqlashtirish orqali mazmun va shak birligiga ko‘ra modernizatsiyalashtirilganbo‘lajak o‘qituvchilarning loyihalash ko‘niklarini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlariga oid taklif va tavsiyalar “Innovatsion pedagogik faoliyatni tashkil etish texnologiyalari” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 233-0331-son guvohnomasi). Natijada mazkur mexanizm kreativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning loyihalash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarining loyihalash ko‘nikmalarini rivojlanishining pedagogik omillari (individuallashtirish va differensatsiyalashtirish, o‘z-o‘zini faollashtirish hamda shaxsiy portfoliosini boyitish) hamda uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasining strategik maqsadlariga muvofiq takomillashtirilgan barkamol shaxsni tarbiyalashga oid pedagogic qarashlarga oid taklif va tavsiyalar “Innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlari” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 166/2-001-son guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda kreativ yondashuv asosida loyihalash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatini oshirishga xizmat qilgan;
muammoli (problematic), modulli (module) va loyiha (project) ta’lim texnologiyalarini maqsadli loyihalashtirishning metodik imkoniyatlarini ta’lim oluvchilarning individual ta’lim traektoriyasiga ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan protsessual-texnologik omillar vositasida integratsiyalsh asosida takomillashtirilgan talabalarda loyihalash ko‘nikmalarini kreativ yondashuv asosida rivojlantirishning metodik tizim komponentlariga oid taklif va tavsiyalar “Kreativ fikrlash” nomli darslik mazmuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023- yil 27-martdagi 68-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 68-48-son guvohnomasi). Natijada, talabalarda loyihalash ko‘nikmalarini rivojlantirishning tashkiliy metodik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ta’lim oluvchilarda kreativ yondashuv asosida loyihalash ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi texnologiyalarni ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlariga tashkiliy-metodik jihatdan empiric qo‘llash asosida takomillashtirilgan talabalarda loyihalash ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik shakllari hamda ularning ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishning didaktik usullariga hamda loyihalsh texnologoyasining motivatsion, kognitiv, faoliyatli, kreativ komponentlarini differensiallashgan darajalarda obyektiv baholovchi diagnostik, prognostik parametr va indikatorlarini miqdor va sifat aspektlariga ko‘ra ishlab chiqish asosida mazmunan takomillashtirilgan bo‘lajak o‘qituvchilarining loyihalash ko‘nikmalarini aniqlash mezon va ko‘rsatkichlariga oid xulosa va takliflardan 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan “AIF 2/20 – Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifati” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro muhandislik-texnologiya institutining 2023 yil 4 maydagi 04/01-87/812-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda kreativ yondashuv asosida loyihalash ko‘nikmalarini rivojlantirish talabalarning yashirin qobiliyatlarini yuzaga chiqarish jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.