Raxmatullaeva Shaxnoza Xamidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Korxonalarda mehnat samaradorligining muhim ko‘rsatkichlarini baholash tizimini takomillashtirish», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2620.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Abduraxmanova Gulnora Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01
Rasmiy opponentlar: Umurzakov Baxodir Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Maxmudov Odiljon Xolmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: korxonalarda mehnat samaradorligini muhim ko‘rsatkichlarini baholash tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muhim mehnat samaradorligini baholash tizimi va unga ta’sir etuvchi mehnat sharoitlari va adolatli boshqaruv, xodimlarni moddiy va nomoddiy rag‘batlantirish, ularni o‘qitish va malakasini oshirish kabi omillar (SEM-modeli)ni baholashga ko‘ra xodimlar qo‘nimsizligi samaradorlikni baholash shaffofligi va adolatligiga bog‘liq ekanligi asoslangan;
korxonaning muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) standarti korxona strategiyasi va tashkiliy konsepsiyasi kabilar bilan bir qatorda inson resurslari, boshqaruv tizimi va jarayonlarni tizimli tartibga solib turishni ta’minlashning uzviyligiga ko‘ra takomillashtirilgan;
samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari (KPI) korxona strategiyasidan kelib chiqqan holda muvaffaqiyatning muhim omillari (Key resuls indicators, KRI) va samaradorlik ko‘rsatkichlari (Performance indicators) bilan o‘zaro bir-birini ta’sirchan tamoyillar asosida to‘ldirilishi asoslangan;
mehnat samaradorligini baholash talabini o‘rnatishda asosiy uslubiy (tavsiyaviy mezonlar) taklif qilinib, malakali kadrlarni jalb etish, xodimlarni adolatli rag‘batlashtirish, korxonani strategik rivojlantirish kabilarda KPI tizimining muhim omil ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korxonalarda mehnat samaradorligining muhim ko‘rsatkichlarini baholash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
muhim mehnat samaradorligini baholash tizimi va unga ta’sir etuvchi mehnat sharoitlari va adolatli boshqaruv, xodimlarni moddiy va nomoddiy rag‘batlantirish, ularni o‘qitish va malakasini oshirish kabi omillar (SEM-modeli) asosida baholanib, xodimlar qo‘nimsizligi samaradorlikni baholash shaffofligi va adolatligiga bog‘liq ekanligi bo‘yicha takliflar «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalar amaliyotiga joriy qilingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024 yil 30 yanvardagi №045/25-221-son ma’lumotnomasi»). Ushbu takliflarni amaliyotga joriy etish natijasida uyushma tarkibidagi korxonalar, jumladan “Kitob Ip Yigiruv” AJ xodimlari mehnat samaradorligini baholash tizimini tizimli joriy etish va umumiy hisobda xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha asossiz xarajatlarni o‘rtacha 9,6% qisqarishga va xodimlar daromadlarini ortishiga yangi imkoniyatlarni taqdim etishga muayyan darajada xizmat qilgan;
korxonaning muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) standarti korxona strategiyasi va tashkiliy konsepsiyasi kabilar bilan bir qatorda inson resurslari, boshqaruv tizimi va jarayonlarni tizimli tartibga solib turishni ta’minlashning uzviyligiga ko‘ra takomillshatirish taklifi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalar amaliyotiga joriy qilingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024 yil 30 yanvardagi №045/25-221-son ma’lumotnomasi»). Ushbu takliflar korxona va tashkilot-lar muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI)ni asosli ishlab chiqishga, jumladan “Sado” MChJ, “Kitob Ip Yigiruv” AJ va “Sanam” MChJ samaradorlik ko‘rsatkichlarining ortishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari (KPI) korxona strategiyasidan kelib chiqqan holda, muvaffaqiyatning muhim omillari (Key resuls indicators, KRI) va samaradorlik ko‘rsatkichlari (Performance indicators) bilan o‘zaro bir-birini ta’sirchan tamoyillar asosida to‘ldirilishi bshhyicha taklif «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasiga a’zo korxona va tashkilotlar amaliyotiga joriy qilingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024 yil 30 yanvardagi 045/25-221-son ma’lumotnomasi»). Ushbu takliflar asosida korxonalar va tashkilotlarda trening va o‘quv kurslari, seminar-treninglar tashkil etilib, samaradorlik muhim ko‘rsatkichlarini baholash tizimidagi namunaviy shartlar va mezonlar faoliyat natijadorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
malakali kadrlarni jalb etish, xodimlarni adolatli rag‘batlashtirish, korxonani strategik rivojlantirish kabilarda KPI tizimining muhim omil ekanligi asoslanib, mehnat samaradorligini baholash talablarini o‘rna-tish bo‘yicha uslubiy tavsiya (tavsiyaviy mezonlar)dan «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasiga a’zo korxona va tashkilotlar amaliyotiga joriy qilingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024 yil 30 yanvardagi №045/25-221-son ma’lumotnomasi»). Ushbu tavsiyalar “Sado” MChJda xodimlar mehnat samaradorligini oshirish va faoliyatini takomillashtirgan holda xodimlar mehnatini baholashdagi ortiqcha moddiy xarajatlarni o‘rtacha 0,7 % qisqartirishga muayyan darajada xizmat qilgan.