Ismoilova Gulhayo Kamol qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarning shaxs ma’naviy qiyofasiga ta’siri”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fal362
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Choriev Sanjarbek Anvarovich falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Xajieva Maqsuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor, Tuxtarov Ismatulo Murodovich, falsafa fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning shaxs ma’naviy qiyofasiga ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxs ma’naviy qiyofasiga xos tuyg‘u va kechinma (hissiy), bilim va e’tiqod (aqliy), fazilat va xislat (sifatiy), qadriyat va ma’naviy ideal (aksiologik) hamda iroda va ma’naviy jur’at (irodaviy) xususiyatlarning o‘zaro dialektik aloqadorligi hamda inson amaliy faoliyatida namoyon bo‘lishi falsafiy asoslangan;
davr muhiti va ijtimoiy islohotlar shaxs ma’naviy qiyofasi paradigmasining shakllanishida jamiyatga optimistik yoki pessimistik munosabatini belgilashi, iqtisodiy islohotlar bilimga va qadriyatlarga munosabatni o‘zgarishiga olib kelishi, siyosiy islohotlar mas’uliyatlilik va daxldorlik tuyg‘ularini rivojlantirishi, madaniy islohotlar savodxonlikni oshirishi, ma’naviy-ma’rifiy saviyani yuksaltirishi isbotlangan;
“iqtisodiy jarayonlar – shaxs” prinsipi asosidagi iqtisodiy islohotlar inson ongida pozitiv o‘zgarishlar sodir qilib, turmush farovonligini oshiruvchi tizimga aylanish, iqtisodiy erkinliklar va manfaatlar uyg‘unligini ta’minlash, mamlakat iqtisodiy potensialini yuksaltirish orqali shaxs ma’naviy qiyofasining o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mantiqiy dalillangan;
transformatsion iqtisodiy shart-sharoitlarda namoyon bo‘layotgan xaridga moyillik, boqimandalik, shuhratparastlik, isrofgarchilik, ijtimoiy passivlik, xulq-atvor normalariga e’tiborsizlik kabi illatlarni ma’naviy salohiyatni oshirish va moliyaviy resurslarni boyitish orqali bartaraf etish zarurati falsafiy qonuniyat asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqtisodiy islohotlarning shaxs ma’naviy qiyofasiga ta’siri xarakterini tadqiq qilish borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
shaxs ma’naviy qiyofasiga xos tuyg‘u va kechinma (hissiy), bilim va e’tiqod (aqliy), fazilat va xislat (sifatiy), qadriyat va ma’naviy ideal (aksiologik) hamda iroda va ma’naviy jur’at (irodaviy) xususiyatlarning inson amaliy faoliyatida namoyon bo‘lishi va o‘zaro aloqadorligiga oid nazariy mulohazalardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirishga doir dastur va loyihalarning ijrosida, jumladan, 2023-yil davomida amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining ning 2023-yil 30-avgustdagi 04-13/763-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim-tarbiya jarayonlarida jamoaviy tarbiyaga, talaba-yoshlarda liderlik qobiliyatini rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimini yanada takomillashtirishga, ijtimoiy faollikni oshirish va dominantlik xususiyatlarini mustahkamlashga xizmat qilgan;
davr muhiti va ijtimoiy islohotlar shaxs ma’naviy qiyofasi paradigmasining shakllanishida jamiyatga optimistik yoki pessimistik munosabatini belgilashi, iqtisodiy islohotlar bilimga va qadriyatlarga munosabatni o‘zgarishiga olib kelishi, siyosiy islohotlar mas’uliyatlilik va daxldorlik tuyg‘ularini rivojlantirishi, madaniy islohotlar savodxonlikni oshirishi, ma’naviy-ma’rifiy saviyani yuksaltirishiga doir xulosa va takliflardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2023 yilda efirga uzatilgan “Oltin voha”, “Najot-bilmda”, “Tahlil va taqqos” teleradioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2023- yil 18-avgustdagi 17-05/159-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxs ma’naviy qiyofasini yuksaltirishning asosiy vazifalari, ma’naviy merosni asrash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy-ma’naviy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarning shaxs ma’naviy qiyofasiga ta’siri bo‘yicha teletomoshabinlarga kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyatini berib, ko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligini ta’minlashga xizmat qilgan;
“iqtisodiy jarayonlar – shaxs” prinsipi asosidagi iqtisodiy islohotlar inson ongida pozitiv o‘zgarishlar sodir qilib, turmush farovonligini oshiruvchi tizimga aylanish, iqtisodiy erkinliklar va manfaatlar uyg‘unligini ta’minlash, mamlakat iqtisodiy potensialini yuksaltirish orqali shaxs ma’naviy qiyofasining o‘zgarishiga sabab bo‘lishiga oid keltirilgan nazariy mulohazalar va amaliy taklif-tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishi 9-bandi “Yangi O‘zbekiston – xalqparvar davlat” tamoyilini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish borasidagi ustuvor vazifalar” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 30-avgustdagi 02-22/898-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar strategiyasi va uni hayotga tatbiq etish bo‘yicha o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy sohadagi tadbirlarni amalga oshirishda, targ‘ibotchilar uchun uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
transformatsion iqtisodiy shart-sharoitlarda namoyon bo‘layotgan xaridga moyillik, boqimandalik, shuhratparastlik, isrofgarchilik, ijtimoiy passivlik, xulq-atvor normalariga e’tiborsizlik kabi illatlarni ma’naviy salohiyatni oshirish va moliyaviy resurslarni boyitish orqali bartaraf etish zaruratiga oid nazariy mulohazalar va amaliy taklif-tavsiyalardan Qarshi davlat universitetida bajarilgan A-1-173 raqamli “Yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish” (2021-2022 yy) amaliy tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2023- yil 21- avgustdagi 04/2978-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxs ma’naviy qiyofasining tarkibiy tuzilishi va shakllanish xususiyatlarini aniqlashga, O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarning shaxs ma’naviy qiyofasiga ta’siri xarakterini ochib berishga, yangi iqtisodiy shart-sharoitlarda namoyon bo‘layotgan illatlarni bartaraf etish zaruratini asoslashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish