Botirov Lazizbek Botirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Vinochilik sanoati korxonalarida buxgalteriya hisobi va auditini takomillashtirish”,
08.00.08 - Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2244.
Ilmiy rahbar: Xajimuratov Nizomjon Shukurullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Xolbekov Rasul Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ostonokulov Azamat Abdikarimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi vinochilik sanoati korxonalarida buxgalteriya hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vinochilik korxonalarida 2011-“Uzumni qayta ishlash”, 2012-“Sharbatni saqlash va texnologik qayta ishlash” ishchi schyotlarini hisob siyosatiga kiritish asosida vinochilik faoliyati asosiy jarayonlari bo‘yicha buxgalteriya ma’lumotlarining moliyaviy hisobotlarda aks ettirishning to‘liqligi hamda qayta ishlangan mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisoblash aniqligini oshirish asoslangan;
vinochilik korxonalari hisob siyosatiga 2811-“Asosiy tayyor mahsulot” va 2812-“Saqlangan tayyor mahsulot” ishchi schyotlarini kiritish asosida xo‘jalik yurituvchi subektlarda analitik hisob ma’lumotlarini to‘g‘ri shakllantirish hamda mahsulot tannarxini to‘g‘ri aniqlash taklif etilgan;
vinochilik sanoati korxonalarining hisob siyosatida 2311-“Idish va idishbop materiallarni ishlab chiqarish” ishchi schyotidan foydalanish asosida vino mahsulotlari tannarxi shakllanishi jarayonidagi aniqlikni ta’minlash taklifi asoslangan;
vinochilik korxonalarida faoliyat uzlyuksizligini tahlil qilishda birlamchi va ikkilamchi vino tayyorlash jarayonlariga ajratilgan alohida guruhlar bo‘yicha to‘lovga layoqatlilik va moliyaviy mustaqillik ko‘rsatkichlarini baholash orqali auditorlik riskini minimallashtirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Vinochilik sanoati korxonalarida buxgalteriya hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
vinochilik korxonalarida 2011-“Uzumni qayta ishlash”, 2012-“Sharbatni saqlash va texnologik qayta ishlash” ishchi schyotlarini hisob siyosatiga kiritish asosida vinochilik faoliyati asosiy jarayonlari bo‘yicha buxgalteriya ma’lumotlarining moliyaviy hisobotlarda aks ettirishning to‘liqligi hamda qayta ishlangan mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisoblash aniqligini oshirish bo‘yicha taklifi Chet el investisiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilgan (Chet el investisiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyati ning 2023-yil 6-sentyabrdagi 01/496-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi vinochilik sanoati korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlari analitik hisobi takomillashtirilgan va mahsulot tannarxini to‘g‘ri aniqlash imkoniyati yaratilgan;
vinochilik korxonalari hisob siyosatiga 2811-“Asosiy tayyor mahsulot” va 2812-“Saqlangan tayyor mahsulot” ishchi schyotlarini kiritish asosida xo‘jalik yurituvchi subektlarda analitik hisob ma’lumotlarini to‘g‘ri shakllantirish hamda mahsulot tannarxini to‘g‘ri aniqlash bo‘yicha taklifi Chet el investisiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilgan (Chet el investisiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2023-yil 6-sentyabrdagi 01/496-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi vinochilik sanoati korxonalarida tayyor mahsulotlar analitik hisobi to‘g‘ri yuritilishiga, moliyaviy hisobotlar axborotlarining haqqoniyligi va shaffofligini oshirishga xizmat qilgan;
vinochilik sanoati korxonalarining hisob siyosatida 2311-“Idish va idishbop materiallarni ishlab chiqarish” ishchi schyotidan foydalanish asosida vino mahsulotlari tannarxini shakllanish jarayonidagi aniqlikni ta’minlash taklifi Chet el investisiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilgan (Chet el investisiyasi ishtirokidagi “Toshkentvino kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2023-yil 6-sentyabrdagi 01/496-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida vinochilik sanoati korxonalarida idish va idishbop materiallarni ishlab chiqarish xarajatlarini to‘g‘ri shakllantirish va tannarxini aniq hisoblash imkonini bergan;
vinochilik korxonalarida faoliyat uzlyuksizligini tahlil qilishda birlamchi va ikkilamchi vino tayyorlash jarayonlariga ajratilgan alohida guruhlar bo‘yicha to‘lovga layoqatlilik va moliyaviy mustaqillik ko‘rsatkichlarini baholash orqali auditorlik riskini minimallashtirish bo‘yicha taklifi “Odil audit” MChJ shaklidagi auditorlik tashkiloti tomonidan ichki standartlarni ishlab chiqishda qo‘llanilgan (“Odil audit” MChJ shaklidagi auditorlik tashkilotining 2023-yil 20-sentyabrdagi  25-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida vinochilik sanoati korxonalari faoliyat uzlyuksizligini tahlil qilishda, guruhlar bo‘yicha to‘lovga layoqatlilik va moliyaviy mustaqillik ko‘rsatkichlarini baholash asosida auditorlik riskini minimallashtirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish