Bekmurodova Feruza Azamat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “The role of tourism export in the economic growth of Uzbekistan and is development trends (on the example of foreign countries)”, 08.00.09 – Jahon iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3561
Ilmiy rahbar: Sharifxo‘jaev Shavkat Oqilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSc.11/25.08.2022.I.24.03
Rasmiy opponentlar: Islamov Baxtiyor Anvarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Sayfutdinov Shuxrat Sultonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda turizm eksportining asosiy muammolari va jihatlarini o‘rganish hamda uni iqtisodiy o‘sish va farovonlikni oshirish uchun mahalliy va xalqaro miqyosda yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zamonaviy xorijiy adabiyotlarni har tomonlama o‘rganish asosida iqtisodiy o‘sish va turizm sohasining rivojlanish dinamikasi o‘zaro ta’sirini aniqlovchi asosiy omillarni aniqlash bo‘yicha ilmiy, nazariy, uslubiy, empirik tadqiqotlar natijalari yagona matrisaga tasniflandi va tizimlashtirildi.
Iqtisodiy o‘sish sur’atlari va turizm sektori eksporti dinamikasi o‘rtasidagi bog‘liqlik va qonuniyatlarni aniqlash maqsadida ARDL modeli asosida ekonometrik tahlil o‘tkazildi;
 Turizm sohasidagi muammolarni batafsil baholash orqali Turizm iqtisodiy zonalarini rivojlantirishning afzalliklari va ularning O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishiga ta’sirini oshirish uchun innovatsion boshqaruv tuzilmasi ishlab chiqildi;
Sohaning asosiy vazifalarini samarali hal etish uchun “To‘rt tomonlama matrisa” deb nomlangan to‘rt bosqichli yondashuvga asoslangan O‘zbekistonda turizm eksportini kengaytirish bo‘yicha tizimli, kompleks strategiya taklif qilindi va turizm sohasida eksport salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan sayyohlik platformasi loyihasi ishlab chiqildi;
Xorij tajribasidan kelib chiqqan holda turizm eksportini kengaytirish maqsadida “Moviy okean” biznes strategiyasi ishlab chiqilgan va turizm eksportida yangi rivojlanish jihatlari batafsil grafik tarzda tahlil orqali tushuntirib berildi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijalari va muallif tomonidan taqdim etilgan tavsiyalardan turizm eksportini kengaytirishga qaratilgan islohotlarni ishlab chiqishda quyidagi iqtisodiy subektlar tomonidan foydalanilgan:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining “O‘zbekistonda tashqi va ichki turizmni rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratish hisobiga sayyohlar sonini ko‘paytirish” 58-maqsadini amalga oshirish bo‘yicha o‘rganishda qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 27 noyabrdagi 05/29-1101 - sonli ma’lumotnomasi);
 O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi tomonidan PQ-135, PF-52 , PF-6199, PQ-5054, VMQ-543 qarorlari ijrosini ta’minlashda, “Yo‘l xaritasi” loyihasini amalga oshirishda, O‘zbekistonda turizm sohalarini yanada kengaytirish, ularga xorijiy brendlarni jalb qilish va moliyalashtirishni rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm Qo‘mitasining 2023 yil 29 noyabrdagi 02-12-17-1803 - sonli ma’lumotnomasi);
Buxoro shahar hokimligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentyabrdagi 543-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ilmiy ishdagi amaliy natija va yangiliklar qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi Buxoro viloyati Buxoro shahar hokimligi apparatining 2023 yil 31 oktyabrdagi 04/1540 – sonli ma’lumotnomasi);
 Buxoro viloyati Turizm qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi 135-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentyabrdagi 543-sonli qarori ijrosini ta’minlash va Buxoro viloyatida turizmni rivojlantirishga doir masalalarni hal etishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm Qo‘mitasining Buxoro viloyati Turizm boshqarmasining  2023 yil 31 oktyabrdagi 02-02/82– sonli ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish