Qambarov Orzubek Faxridinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning jismoniy tarbiyasini tabaqalashtirish asosida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish”, 13.00.04 - “Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped3243.
Ilmiy rahbar: Uraimov Sanjar Ro‘zmatovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Ishtaev Javlon Mavlonboevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Norkulov Doniyorbek Rahmiddinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning jismoniy tarbiyasini tabaqalashtirish asosida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik yoshdagi o‘quvchilarning jismoniy tarbiya fanida jismoniy tayyorgarligi har xil bo‘lgan o‘quvchilar uchun vazifalarni tabaqalashtirilgan yondashuv asosida ikki guruhga ajratish metodikasi(bitta mashqning o‘zini qismlarini birlashtirishning har xil usullari, texnika asoslarini qismlarga ajratmasdan, uning detallarini soddalashtirish yoki murakkablashtirish)ni qo‘llash orqali sog‘lomlashtiruvchi jarayonning samaradorligi asoslangan;  
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning jismoniy qobiliyatlarini yoshga oid rivojlanish asosida tezkorlik, tezkor-kuch, koordinatsion qobiliyatlarni, chidamlilik va egiluvchanlikni rivojlanishi sifatlarini takomillashtirishda rivojlanishining alohida davrlarida sensitiv bosqichlarning mavjudligi bilan tavsiflanishi hisobiga jismoniy qobiliyatlarni turli hil (aylanma, uch burchak, bosqichma bosqich, frontal, individual kabi) tabaqalashtirilgan metodologik yondashuv usulini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar bilan mashg‘ulotlarni tashkil qilish jarayonida jismoniy tayyorgarligi har xil bo‘lgan o‘quvchilar uchun ikki darajali (M+2) dastur asosida tashqi holatni murakkablashtirish va texnik harakatlarini bajarish shartlarini murakkablashtirish asosida shug‘ullanuvchilarning individual qobiliyatlarini va harakat imkoniyatlarini oshirishga ko‘ra mashq texnikasini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
kichik yoshdagi o‘quvchilar uchun mashqlarni o‘zlashtirish darajasini olti bosqichli metodik usullar kompleksi yordamida individual qobiliyatlari va  imkoniyatlariga qarab, kuchli va kuchsiz 8+2 bosqichidan tanlab tadbiq qilish hisobiga  harakat amallari bajarish texnikasini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish imkoni yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablarining kichik sinf o‘quvchilarining jismoniy tarbiya jarayonlarida tabaqalashtirilgan yondashuvni qo‘llash  (sog‘lomlashtiruvchi) samaradorligi asosida:
kichik yoshdagi o‘quvchilarning jismoniy tarbiyada tabaqalashtirilgan yondashuvni majmuaviy qo‘llashni jismoniy tayyorgarligi har xil bo‘lgan o‘quvchilari uchun vazifalarni tabaqalashtirilgan yondashuv asosida 2 ta guruhga ajratish   (bitta mashqning o‘zini qismlarini birlashtirishning har xil usullari, texnikani asoslarini qismlarga ajratmasdan, uning detallarini soddalashtirish yoki murakkablashtirish)ni qo‘llash orqali taklif va tavsiyalar Farg‘ona shahar 5-umumta’lim maktabida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023-yil 19-yanvardagi 01/11-01/1-27-son  ma’lumotnomasi). Natijada umumiy chidamlilikni rivojlanishi 1-sinfida– 6,9%ga, 2-sinfida – 22%ga, 3-sinfida – 30%ga, 4-sinfida – 33%ga o‘sgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning jismoniy qobiliyatlarini yoshga oid rivojlanishini tadqiq qilish, rivojlanishining alohida davrlarida sensitiv bosqichlarning mavjudligi bilan tavsiflanishini hisobga olgan taklif va tavsiyalar Farg‘ona shahar 5-umumta’lim maktabida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023-yil 19-yanvardagi 01/11-01/1-27-son  ma’lumotnomasi). Natijada ularda tezkorlik, tezkor-kuch, koordinatsion qobiliyat, chidamlilik va egiluvchanlik kabi sifatlarni rivojlanishi 1-sinfda– 7,9%ga, 2-sinfda– 20%ga, 3-sinfda – 21%ga, 4-sinfda – 27%ga oshgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar bilan mashg‘ulotlarni tashkil qilish jaryonida,  jismoniy tayyorgarligi har xil bo‘lgan o‘quvchilar uchun biz tomondan taklif qilingan ikki darajali (M+2) dasturi asosida tashqi holatni murakkablashtirish va texnika harakatlarini bajarish shartlarini murakkablashtirish  metodik usullarini Farg‘ona shahar 5-umumta’lim maktabida amaliyotga joriy qilish (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023-yil 19-yanvardagi 01/11-01/1-27-son  ma’lumotnomasi). Natijada, shug‘ullanuvchilarning individual qobiliyatlari va harakat imkoniyatlari hamda o‘rganilayotgan mashqning texnikasini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish imkonyati 1-sinfda o‘sish – 8,1%ni, 2-sinfda o‘sish – 24%ni, 3-sinfda – 22.8%ni, 4-sinfda – 26.1%ni o‘sish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan;
kichik yoshdagi o‘quvchilarning jismoniy tarbiyasida tabaqalashtirilgan yondashuvni qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Farg‘ona shahar 5-umumta’lim maktabida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023-yil 19-yanvardagi 01/11-01/1-27-son ma’lumotnomasi). tezkorlik qobiliyatlarini o‘sishi dianmikasi “Salomatlik” normativlariga nisbatan yuqori bo‘lgan; 2-sinfda nazorat guruhi bilan farq – 3,3%ni, 3-sinfda – 1,9%ni tashkil qilgan va Respublikada berilgan sport sinovlari bilan farqi 2-sinfda – 3,7% va 3-sinfda – 0,8%ga yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish