Yakubjanova Zuxra Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Gliej miqdori yuqori gibrid qo‘shimchalar tarkibini optimallashtirish va ularni qo‘llab kompozision portlandsementlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4078.
Ilmiy rahbar: Begjanova Gulrux Baxtiyarovna, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Talipov Nig‘matilla Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor; Yunusova Farida Raxmonberdievna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gliej miqdori yuqori gibrid qo‘shimchalar tarkibini optimallashtirish va ularni qo‘llab kompozision portlandsementlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori to‘ldirilgan kompozision portlandsement(KPS)larni olish uchun gliej miqdori yuqori «Gliej+Fosfozol” i “Gliej+andezibazal`t” tarkibli Gq shakllantirishda ingredientlarni tanlanash ilmiy asoslangan;
gliej miqdori yuqori Gqlarni portlandsementni fizik-mexanik xossalariga ta’siri, ularni olishni energiya- va resurstejamkor texnologiyasining ishlab chiqilishi natijasida 30 % klinkerni   gliej miqdori  yuqori Gq lar bilan almashtirish orqali KPSlarni gidratlanishi, kristall mahsulotlarni  sintezlanishi, zichlangan kam g‘ovakli kompozitni shakllanish jarayonlarini tezlashishi isbotlangan;
gliej miqdori yuqori Gq larning turiga ko‘ra, yuqori to‘ldirilgan KPSlarning gidratlanish tezligi hamda komponentlarning fizik-kimyoviy o‘zgarilishlarini o‘ziga xos jihatlari aniqlangan;
yangi turdagi gibrid qo‘shimchali KPSlar qotganda, yangi hosilalarni genetik shakllanish xisobiga, kam govakli sement kompoziti tezkor vujudga kelishi va ularning mustahkamligi PS400-D0 darajasiga etishligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Gliej miqdori yuqori gibrid qo‘shimchalar tarkibini optimallashtirish va ularni qo‘llab kompozision portlandsementlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
O‘zbekiston milliy standarti O'zDSt2830:2014 «Kompozision qo‘shimchali portlandsementlar» texnik shartlarga tegishli 4-sonli o‘zgartirishlar kiritilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2023 yil 26 oktyabrdagi 05/15-2175-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Gq tarkibidagi gliejni miqdorini 20% gacha ko‘paytirish imkonini bergan;
«Fosfozol»+Gliej» va «Andezibazal`t+Gliej» chikindilari yordamida miqdori yuqori gibrid qo‘shimchali yangi turdagi kompozision portlandsementlarni olish texnologiyasi “Oxangaron” AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2023 yil 26 oktyabrdagi 05/15-2175-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mahsulot turini ko‘paytirish, 30%gacha klinkerni tejash, ishlab chiqarish hajmini oshirish, tannarxini arzonlashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish