Mirsaidova Komilaxon Dilshod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Suv resurslaridan samarali foydalanish bilan past navli lintlardan paxta sellyulozasini olish», 11.00.05 – Atrof muhit muxofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/K712.
Ilmiy rahbar: Sayfutdinov Ramizitdin Sayfutdinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Akbarov Hamdam Ikromovich, kimyo fanlari doktori, professor; Kucharov Baxrom Xayrievich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi II nav, B tip, 2-sinfdagi (o‘rtacha tozalik darajasidagi) paxta lintidan paxta sellyulozasini olishda toza suv sarfini, shuningdek ishlatilgan ishqoriy eritmadan takroran foydalanish orqali oqova suvlar va kimyoviy moddalar hajmini kamaytiruvchi texnologiyalarni yaratish va ularni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qayta ishlangan ishqor va oqava suvidan foydalangan holda paxta sellyulazisini ishlab chiqarish uchun ekologik toza, suvni tejaydigan texnologiya ishlab chiqilgan;
tarkibida 95-97% gacha toza sellyuloza bo‘lgan II nav, B tip, 2-sinf (o‘rtacha tozalik darajasidagi) paxta lintlarini molekulyar kislorod ishtirokida ishqoriy pishirishning optimal parametrlari aniqlangan;
qayta ishlatilgan ishqor va oqava suvlar tarkibidagi organik birikmalar - lignin, yog‘ mumi va boshqa moddalardan tozalash uchun yangi, samarali, arzon CaCl2 cho‘ktirgichidan foydalanish mexanizmlari ishlab chiqilgan;
molekulyar kislorod ishtirokida ishqoriy pishirish jarayonida qayta ishlangan ishqor va oqava suvlardan foydalanish bilan paxta sellyulozasini olish usullari aniqlangan;
II nav, B tip, 2-sinf (o‘rtacha tozalik darajasidagi) paxta lintidan sellyuloza olishning iqtisodiy samarador texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Minimal suv resurslari va kimyoviy reagentlar sarflab, paxta sellyulozasi olish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
suv va kimyoviy moddalarni minimal sarflagan holda paxta sellyulozasini olish texnologiyasi “Techno Print” MChJ korxonasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 4 noyabrdagi 03-02/7-2846-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarishda hosil bo‘lgan oqava suvlarni tozalash samaradorligini oshirish imkonini bergan.
paxta lintidan sellyuloza olish uchun ishlab chiqilgan kislorod-ishqorli pishirish usuli “Techno Print” MChJning “2024-2025 yillarda korxonada olib boriladigan modernizatsiya qilish rejasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2022 yil 4 noyabrdagi 03-02/7-2846-son ma’lumotnomasi). Natijada, ajralib chiqqan oqava suvning optik zichligi kamayib, ishqoriy eritmani texnik jarayonga qayta qo‘llash imkonini bergan.