Mahmudov Kamoliddin Ahmadjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Makkajo’xori donini qayta ishlashda fizik-mexanik jarayonlardan samarali foydalanish orqali patoka ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3609.
Ilmiy rahbar: Turabdjanov Sadritdin Mahamatdinovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Barakaev Nusratilla Rajabovich, texnika fanlari doktori, professor; Baltabaev Ulug‘bek Narbaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: makkajo‘xorining mahalliy navlariga fizik, mexanik, biologik ishlov berishning zamonaviy usullarini qo‘llab, oziqaviy qiymati, funksional xususiyatlari va xavfsizlik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan qandolatbop patoka ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekstruderlangan makkajo‘xori kraxmali asosida oziqabop shirin patoka olish qonuniyatlari asoslangan;
silliqlovchi qurilma yordamida kuldorligi 1,05 % gacha tushirilgan makkajo‘xori doni patoka ishlab chiqarishda qo‘llanilgan bilan yuqori bosimli filtrlash bosqichi samadorligini 92 % gacha oshirishi isbotlangan;
makkajo‘xori kraxmali o‘lchamini 0,5 mm ga tushirish orqali ekstruderlash samaradorligini 98 %ga oshirishi asoslangan;
ekstrudtrlangan makkajo‘xori kraxmalining gidrolizlash va biokatalizning yakuniy mahsulot dekstroza ekvivalentiga teng keladigan ferment preparatining me’yori aniqlangan;
ishlab chiqilgan texnologiya asosida olingan patoka, unli va qandli qandolatchilik mahsulotlari reseptiga qand o‘rnini bosuvchi xomashyo sifatida 70 %gacha kiritilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oziqaviy qiymati, funksional xususiyatlari va xavfsizlik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan qandolatbop patoka olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bug‘doy va makkajo‘xori donlarning qobig‘ini tozalash texnologiyasi O‘zdonmahsulot DAKning «2023-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zdonmahsulot» Aksionerlik Kompaniyasining 2023 yil 12 oktyabrdagi 6-1-2/612-1065-son ma’lumotnomasi). Natijada, patoka ishlab chiqarish uchun yorma xomashyosini olishda donning kul miqdorini 3,5 % dan 1,05 % ga tushirish imkonini bergan;
makkajo‘xori patokasidan foydalanib chorvachilik va parrandachilik uchun granullangan omuxta em ishlab chiqarish texnologiyasi O‘zdonmahsulot DAKning «2023-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zdonmahsulot» Aksionerlik Kompaniyasining 2023 yil 12 oktyabrdagi 6-1-2/612-1065-son ma’lumotnomasi). Natijada, sochiluvchan omuxta emga 1,0-1,5 % miqdorida qo‘shilganda  donador aralash ozuqaning changish ko‘rsatkichini 95 % ga kamaytirish, parranda, quyon va qoramollarning metabolik energiya manbaini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish