Azizova Dilzoda Maratovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aterosklerozda apoproteinlarning reseptorlar bilan ta’sirlanishining molekulyar-xujayraviy mexanizmlari», 03.00.01 – Biokimyo (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Tib551.
Ilmiy maslahatchi: Sabirova Rixsi Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Nasirdjan Muxamedjanovich, biologiya fanlari doktori, professor; Ishigov Ibragim Agaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi); Parpieva Nargiza Nusratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ateroskleroz rivojlanishining molekulyar - hujayra mexanizmlarini, apoproteinlarning reseptorlari bilan o‘zaro ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tomirlarning aterosklerotik shikastlanish darajasiga mos ravishda quyonlarning qon zardobida ZPLP reseptoriga antitanachalarning ateroskleroz rivojlanishida kamayishi, LOX-1ga esa aksincha antittanachalar miqdorining ko‘tarilishi, shuning uchun ular aterosklerozni prognoz qilishga ishonchli mezon bo‘lib xizmat qilishi isbotlangan;
quyonlarda eksperimental aterosklerozning rivojlanish dinamikasida birinchi marta qon zardobidagi lipoprotein spektridagi o‘zgarishlar Lp(a) miqdori bilan va LpFLA2 faollashuvi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan, bog‘liqlik kuchining oshishi aterosklerozning rivojlanishi va aterosklerotik plakcha beqaror holatga o‘tishi isbotlangan;
ilk bor Lp-FLA2 faollashuvi, ularning lizohosilalarining to‘planishi fonida fosfolipidlar asosiy fraksiyalarining pasayishi, to‘yingan pal`mitin va stearin yog‘ kislotalar miqdorining oshishi va ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalar miqdorining kamayishi o‘rtasida hayvonlar qon tomirlarida beqaror aterosklerotik plakchalarning mavjudligi bilan bog‘liqlik aniqlangan;
giperlipoperoksidatsiya va fermentativ antioksidant himoya faolligining pasayishi o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlanib, SOD va katalaza faolligi Lp-FLA2, LOX-1, Lp (a), ZPLP darajalari bilan kuchli manfiy, ZYuLP va ZPLP reseptor miqdori bilan musbat bog‘liqlik aniqlangan;
eksperimental ateroskleroz rivojlangan quyonlarning lipidlar, lipoproteinlar, fosfolipidlar va yog‘ kislotalar spektridagi buzilishlarni korreksiyalashda biomaysaning samaradorligi va uning ta’siri bo‘yicha «ul`troks» preparatidan kam emasligi isbotlangan;
ilk bor ZPLP, Lp-FLA2, LOX-1, Lp(a), fosfolipid va yog‘ kislotalar tarkibiga, prooksidant-antioksidant tizimning reseptorlarini qabul qilish buzilishlarini tiklashda, ayniqsa ul`troks bilan kompleks foydalanilganda biomaysaning (tarkibida vitamin E, ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalar) ahamiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Ekspert kengashining 2024 yildagi 9 apreldagi 04/096-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2024 yil 27 martagi 09/15041-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: tomirlarning aterosklerotik shikastlanish darajasiga mos ravishda quyonlarning qon zardobida ZPLP reseptoriga antitanachalar ateroskleroz rivojlanishida kamayishi, LOX-1ga esa aksincha antitanachalar miqdori ko‘tarilishi, shuning uchun ular aterosklerozni prognoz qilishga ishonchli mezon bo‘lib xizmat qilishi isbotlangani Toshkent pediatriya tibbiyot instituti fundamental tadqiqotlar laboratoriyasi bo‘yicha 31.08.2023 yildagi 333-son, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 16.06.2023 yildagi 60-son, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 09.11.2023 yildagi 131-son hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali bo‘yicha 07.11.2023 yildagi 249/7-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan natijalar aterosklerozni o‘z vaqtida aniqlash, erta tashxislash, profilaktika va davolashga qaratilgan usullarni yaratish uchun nazariy asos bo‘lib hizmat qiladi. Natijada aterosklerozni erta aniqlash va xastalikning asoratlarini oldini olish orqali, yurak qon tomir kasalliklarini tashxislash tartibini yaxshilashga erishish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: taklif etilayotgan tashxislash usuli giperholesterinemiya rivojlangan bemorlarda asoratlarni erta aniqlash, tashxislash tadbirlarini to‘g‘ri o‘tkazish va bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2098000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan (1 bemor uchun koronarografiya o‘tkazish o‘rtacha 2098000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: tomirlarning aterosklerotik shikastlanish darajasiga mos ravishda quyonlarning qon zardobida zichligi past lipoprotein (ZPLP) reseptoriga antitanachalar ateroskleroz rivojlanishida kamaydi, LOX-1ga esa aksincha antitanachalar miqdori ko‘tariladi, shuning uchun ular aterosklerozni prognoz qilish, bu kasallik bilan bog‘liq bo‘lgan salbiy ta’sirni kamaytirish orqali bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2098000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
 ikkinchi ilmiy yangilik: quyonlarda eksperimental aterosklerozning rivojlanish dinamikasida birinchi marta qon zardobidagi lipoprotein spektridagi o‘zgarishlar Lp(a) miqdori bilan va LpFLA2 faollashuvi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan, bog‘liqlik kuchi oshishi aterosklerozning rivojlanishi va aterosklerotik plakcha beqaror holatga o‘tishi isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti fundamental tadqiqotlar laboratoriyasi bo‘yicha 31.08.2023 yildagi 333-son, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 16.06.2023 yildagi 60-son, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 09.11.2023 yildagi 131-son hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali bo‘yicha 07.11.2023 yildagi 249/7-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kardiologiya ilmiy-amaliy shifoxonalarida ushbu ko‘rsatkichlarni qo‘llash bemorlarda olib borilayotgan davolash samaradorligini baholash va uning qay yo‘sinda ketayotganligi, troboemboliya rivojlanish xavfini ko‘rsatib berishi imkonini beradi. Olingan natijalar, ateroskleroz sabab yuzaga keluvchi asoratlar – yurak infarkti va gemorragik insul’tlarni davolash va oldini olish tartibini bashoratlash orqali samarali davolash tartibini tatbiq etish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ateroskleroz rivojlanish dinamikasida qon zardobidagi lipoprotein spektridagi o‘zgarishlar Lp(a) miqdori bilan va LpFLA2 bog‘liqlik kuchi oshishi aterosklerozning rivojlanishi va aterosklerotik plakcha beqaror holatga o‘tishi isbotlanganda bir nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini 2098000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan (1 bemor uchun koronarografiya o‘tkazish o‘rtacha 2098000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: ateroskleroz rivojlanish dinamikasida birinchi marta qon zardobidagi lipoprotein spektridagi o‘zgarishlar Lp(a) miqdori bilan va LpFLA2 faollashuvi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlandi, bog‘liqlik kuchi oshishi aterosklerozning rivojlanishi va aterosklerotik plakcha beqaror holatga o‘tishi isbotlanganligi natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2098000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor Lp-FLA2 faollashuvi, ularning lizohosilalarining to‘planishi fonida fosfolipidlarning asosiy fraksiyalarining pasayishi, to‘yingan pal`mitin va stearin yog‘ kislotalar mikdorining oshishi va ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalar miqdori kamayishi o‘rtasida hayvonlar qon tomirlarida beqaror aterosklerotik plakchalarning mavjudligi bilan bog‘liqlik aniqlangani Toshkent pediatriya tibbiyot instituti fundamental tadqiqotlar laboratoriyasi bo‘yicha 31.08.2023 yildagi 333-son, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 16.06.2023 yildagi 60-son, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 09.11.2023 yildagi 131-son hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali bo‘yicha 07.11.2023 yildagi 249/7-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Lp-FLA2 faollashuvi, ularning lizohosilalarining to‘planishi fonida fosfolipidlarning asosiy fraksiyalarining pasayishi, to‘yingan palmitin va stearin yog‘ kislotalar mikdorining oshishi va ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalar miqdori kamayishi o‘rtasida hayvonlar qon tomirlarida beqaror aterosklerotik plakchalarning mavjudligini bilish, ularning miqdoriy farqlarida kuzatiladigan ul`trastrukturaviy va biokimyoviy o‘zgarishlarni tushunish, bu o‘zgarishlar oqibatida kuzatiladigan asoratlarni erta prognozlash va davolash chora tadbirlarini to‘g‘ri olib borish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Lp-FLA2 faollashuvi, ularning lizohosilalarining to‘planishi fonida fosfolipidlarning asosiy fraksiyalarining pasayishi, to‘yingan palmitin va stearin yog‘ kislotalar mikdorining oshishi va ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalar miqdori kamayishi o‘rtasida qon tomirlarida beqaror aterosklerotik plakchalarning mavjudligi aniqlash orqali byudjet mablag‘larini 2098000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan (1 bemor uchun koronarografiya o‘tkazish o‘rtacha 2098000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: Lp-FLA2 faollashuvi, ularning lizohosilalarining to‘planishi fonida fosfolipidlarning asosiy fraksiyalarining pasayishi, to‘yingan palmitin va stearin yog‘ kislotalar mikdorining oshishi va ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalar miqdori kamayishi o‘rtasida qon tomirlarida beqaror aterosklerotik plakchalarning mavjudligi aniqlash orqali 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2098000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: giperlipoperoksidatsiya va fermentativ antioksidant himoya faolligini pasayishi o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlanib, SOD va katalaza faolligi Lp-FLA2, LOX-1, Lp (a), ZPLP darajalari bilan kuchli manfiy, ZYuLP va ZPLP reseptor miqdori bilan musbat bog‘liqlik aniqlangani Toshkent pediatriya tibbiyot instituti fundamental tadqiqotlar laboratoriyasi bo‘yicha 31.08.2023 yildagi 333-son, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 16.06.2023 yildagi 60-son, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 09.11.2023 yildagi 131-son hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali bo‘yicha 07.11.2023 yildagi 249/7-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: aterosklerozda giperlipoperoksidatsiya va fermentativ antioksidant himoya faolligini pasayishi o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlandi, bu perikisli oksidlanish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatuvchi va antioksidant tizimni faollashtiruvchi moddalarni berish ZPLP reseptor miqdorini oshirishga sabab bo‘adi, bu esa kasallikni prognozlash va davolash chora tadbirlarini to‘g‘ri olib borish samaradorligini aniq taktikasini ishlab chiqish orqali statin preparatlarini dozasini kamaytirib salbiy ta’sirlarini oldini olishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: aterosklerozda giperlipoperoksidatsiya va fermentativ antioksidant himoya faolligini pasayishi o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlandi, bu MDA miqdori va Lp-FLA2, LOX-1, lipoprotein (a) ga antitanachalar darajasi o‘rtasida kuchli musbat korrelyasiya mavjudligi bilan tavsiflanadi. ZPLP va ZPLP reseptorlari o‘rtasida kuchli manfiy bog‘liqlik aniqlandi; SOD va katalaza faolligi Lp-FLA2, LOX-1, Lp (a), ZPLP darajalari bilan kuchli manfiy bog‘liqlikka ega, ZYuLP va ZPLP reseptor miqdori bilan musbat bog‘liqlik borligini tatbiq etish orqali statin preparatlarini dozasini kaytirib bemorlarda jigar foaliyatini buzilishi oldi olinib,bemorni shifoxonada bo‘lish bo‘lish vaqtini 14 kundan 13 kungacha qisqartirib, 1 nafar bemor xisobiga 447000 so‘m iqtisod qilishga erishilgan (Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 89000 so‘mni tashkil qiladi; 1 kunga o‘rtacha 358000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: aterosklerozda giperlipoperoksidatsiya va fermentativ antioksidant himoya faolligini pasayishi o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlandi, bu MDA miqdori va Lp-FLA2, LOX-1, lipoprotein (a) ga antitanachalar darajasi o‘rtasida kuchli musbat korrelyasiya mavjudligi bilan tavsiflanadi. ZPLP va ZPLP reseptorlari o‘rtasida kuchli manfiy bog‘liqlik aniqlandi; SOD va katalaza faolligi Lp-FLA2, LOX-1, Lp (a), ZPLP darajalari bilan kuchli manfiy bog‘liqlikka ega, ZYuLP va ZPLP reseptor miqdori bilan musbat bog‘liqlik borligi hisobiga tabiiy antioksidant ta’sirga ega dori vositalarni qo‘llash  statin ta’sirida kelib chiqadigan nojo‘ya tasirlarni oldini olish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 447000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
beshinchi ilmiy yangilik: eksperimental ateroskleroz rivojlangan quyonlarning lipidlar, lipoproteinlar, fosfolipidlar va yog‘ kislotalar spektridagi buzilishlarni korreksiyalashda biomaysaning samaradorligi va u ta’siri bo‘yicha «ul`troks» preparatidan kam emasligi isbotlangangani Toshkent pediatriya tibbiyot instituti fundamental tadqiqotlar laboratoriyasi bo‘yicha 31.08.2023 yildagi 333-son, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 16.06.2023 yildagi 60-son, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 09.11.2023 yildagi 131-son hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali bo‘yicha 07.11.2023 yildagi 249/7-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: giperxolesterinemiyani uzoq mudat davolashda rezistentlik holatlari kuzatilsa lipoproteinlar spektrda o‘zgarishlar bo‘lmagan holatlarda qon zardobida to‘yingan yog‘ kislotalar miqdorini aniqlash, bemorlarda maqsadsiz davomli statin preparatlarni qo‘llashni oldini olib, ularga individual davo tanlashga va bu orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘tkir asoratlar va erta o‘lim xavfini kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: berilgan tavsiyamizga amal qilinishi bemorga statinlar hisobiga kelib chiqadigan salbiy oqibatlarni oldini olish bemorga qo‘shimcha antitoksidant, gipolipidemik tabiiy qo‘shimchalarni qo‘llash natijasida davolanish harajatini kamaytirib, bemorni shifoxonada bo‘lish bo‘lish vaqtini 14 kundan 13 kungacha qisqartirib, 1 nafar bemor xisobigida 447000 so‘m iqtisod qilishga erishilgan (Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 89000 so‘mni tashkil qiladi; 1 kunga o‘rtacha 358000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: giperxolesterinemiyada faqat statin ishlatilishi rezistentlik holatini baholamaslik bemorda terapiya sifati bo‘lmasligi va ZPLP ortib borishiga olib kelishi munkun. Bizning tavsiyamizga ko‘ra bemorga individual gipolipidemik va antioksidant davoni tanlash, bemorlarda samarasiz davoni oldini olib 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 447000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
oltinchi ilmiy yangilik: ilk bor ZPLP, Lp-FLA2, LOX-1, Lp(a), fosfolipid va yog‘ kislotalar tarkibiga, prooksidant-antioksidant tizimni reseptorlarini qabul qilish buzilishlarini tiklashda, ayniqsa ul`troks bilan kompleks foydalanilganda biomaysaning (tarkibida vitamin E, ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalar) ahamiyati isbotlangani Toshkent pediatriya tibbiyot instituti fundamental tadqiqotlar laboratoriyasi bo‘yicha 31.08.2023 yildagi 333-son, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 16.06.2023 yildagi 60-son, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 09.11.2023 yildagi 131-son hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali bo‘yicha 07.11.2023 yildagi 249/7-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ul`troks va biomaysani birgalikda qo‘llash orqali tavsiya etilgan takomillashtirilgan davolash usuli aterosklerozni davolash natijalarini yaxshilaydi va statin dori vositasini jigarga bo‘lgan salbiy ta’sirini, nogironlik xavfini oldini oladi va shifokorga qayta murojatlarni kamaytirishga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ateroskleroz kasalligini erta aniqlash va samarali davo choralarini qo‘llash biomays yordamida statinlarni dozasini va salbiy ta’sirini kamaytirib bemorlarda jigar kassaligi rivojlanishini oldini olib xar bir bemordan kutilayotgan iqtisodiy samaradorlikni «taxminiy xarajatlar va ularning samaradorligi» ko‘rsatkichi bo‘yicha hisoblasak 447000 tashkil qildi, optimal davolash usulini tanlash asoratlar bartaraf etilishi, shuningdek, kasalxonada yotoq kunlari sonini kamaytirishi, bu esa bemorning moddiy mablag‘larini tejash imkonini berdi (Respublika ixtisoslashtirilgan kordiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 89000 so‘mni tashkil qiladi; 1 kunga o‘rtacha 358000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: olingan natijalarga ko‘ra amaliyotda ateroskleroz mavjud bemorlarda gipoxolesterinemik antioksidant biomaysani qo‘llash bemorlarda optimal standart terapiya tanlanlash orqali qayta gospitalizatsiya va koronarografiya tekshiruvini o‘tkazishni kamaytirish natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 447000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish