Mirtolipova Mohizoda Abdusattarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Onada ekspermental gipotireoz sharoitda olingan naslda limfa tugunini o‘sishi va shakllanishi», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4011.
Ilmiy rahbar: Azizova Feruza Xusanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Oripov Firdavs Sur’atovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: eksperimental gipotiroidizm sharoitidagi onadan tug‘ilgan avlodda mezenterial limfa tugunlarining (MLT) postnatal rivojlanishi va shakllanishining struktur-funksional mexanizmlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
urg‘ochi kalamushlarda homiladorlikdan oldin chaqirilgan eksperimental gipotiroidizm postnatal ontogenez dinamikasida ularning avlodlarida qalqonsimon bez funksiyasining buzilishiga olib kelishi isbotlangan;
eksperimental ravishda urg‘ochi kalamushlarda chaqilgan gipotiroidizm erta postnatal davrda ulardan tug‘ilgan nasl MLTning struktur-funksional zonalarini shakllanish tezligini sezilarli darajada sekinlashishiga olib kelishi aniqlangan;
onadagi gipotireoidizm holati avlod MLTlarining T-ga tobe zonalarida immunkompetent hujayralarning ko‘payishi va differensialanishiga sezilarli darajada tormozlovchi ta’sir qilishi aniqlangan;
onadagi gipotireoidizm holatida olingan naslda hujayralar proliferatsiyasi va apoptoz jarayonlari o‘rtasidagi nomutanosiblikning paydo bo‘lishi MLTlarining ilk postnatal davrda rivojlanishining sekinlashishini asosiy sababi ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 25 martdagi 03/090-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 2023 yil 25 sentyabrdagi 35-1/I-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: urg‘ochi kalamushlarda homiladorlikdan oldin chaqirilgan eksperimental gipotiroidizm postnatal ontogenez dinamikasida ularning avlodlarida qalqonsimon bez funksiyasining buzilishiga olib kelishi isbotlangani Toshkent davlat stomatologiya instituti yuz-jag‘ xirurgiyasi ilmiy tadqiqot markazi bo‘yicha 16.10.2023 yildagi 374-son hamda Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 25.09.2023 yildagi 35-1/I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: homilador ayollar va yosh bolalarda qalqonsimon bez faoliyatini muntazam monitoringini yuritish, ularda gipotireoz holatini erta aniqlash va asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida olingan ma’lumotlar onalardagi tireoid gormonlarning etishmovchiligi tufayli avlodda  rivojlanadigan birlamchi gipotireoz holatini oldindan ko‘ra bilish va uni oldini olish ushbu patologiya va uning asoratlarini davolash uchun sarflanadigan mablag‘larni tejash orqali iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Xulosa: homilador ayollarda qalqonsimon bez faoliyatini muntazam monitoringini yuritish, ulardan tug‘ilgan bolalarda gipotireoz holatini erta aniqlash va asoratlarni oldini olish hamda davolash uchun sarflanadigan mablag‘larni iqtisod qilish imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: eksperimental ravishda urg‘ochi kalamushlarda chaqilgan gipotiroidizm erta postnatal davrda ulardan tug‘ilgan nasl MLTning struktur-funksional zonalarini shakllanish tezligini sezilarli darajada sekinlashishiga olib kelishi aniqlangani Toshkent davlat stomatologiya instituti yuz-jag‘ xirurgiyasi ilmiy tadqiqot markazi bo‘yicha 16.10.2023 yildagi 374-son hamda Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 25.09.2023 yildagi 35-1/I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning sifatini oshirish uchun gipotireoz holatidagi onalardan tug‘ilgan avlod mezenterial limfa tugunlarida kuzatiladigan morfologik o‘zgarishlar modeli yaratilgan. Olingan natijalar, yuzaga keluvchi ikkilamchi immun tanqislikni davolash va oldini olishga qaratilgan ilmiy ishlanma bo‘lib xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida  mezenterial limfa tugunlaridagi morfologik o‘zgarishlar bola organizmida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan immun tanqislikni erta aniqlash orqali davolashga sarflanadigan mablag‘larni iqtisod qilishga erishiladi. Xulosa: o‘tkazilgan morfologik, morfometrik, tsitometrik va immunogistokimyoviy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra tug‘ilgandan keyingi dastlabki 3 sutkagacha mezenterial limfa tugunlari rivojlanmagan bo‘lib, ularning struktur va funktsional jihatdan to‘liq shakllanishi postnatal rivojlanishning 21 sutkasida amalga oshishi natijasida davolash uchun sarflanadigan mablag‘larni iqtisod qilish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: onadagi gipotireoidizm holati avlod MLTlarining T-ga tobe zonalarida immunkompetent hujayralarning ko‘payishi va differensialanishiga sezilarli darajada tormozlovchi ta’sir qilishini aniqlangani Toshkent davlat stomatologiya instituti yuz-jag‘ xirurgiyasi ilmiy tadqiqot markazi bo‘yicha 16.10.2023 yildagi 374-son hamda Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 25.09.2023 yildagi 35-1/I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: homilador ayollarda qalqonsimon bez faoliyatini muntazam monitoringini yuritish, gipotireozli ayollardan tug‘ilgan bolalarda tireoid gormonlarning etishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan ikkilamchi immuntanqisligi holati va uning asoratlarini oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: onalardagi gipotireoidizm natijasida avlodda rivojlanadigan immun buzilishlarni oldindan ko‘ra bilish va erta aniqlash bolalarda immuntanqislik holatini tashhislash va davolashga sarflanadigan mablag‘larni tejash orqali iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Xulosa: ilmiy-tadqiqot natijasida aniqlangan tireoid-immun munosabatlar gipotireozli onalardan tug‘ilgan bolalarda immuntanqisligi holatining rivojlanishini nazariy jihatdan isbotlab, ushbu holatning oldini olish va davolash chora-tadbirlarini ishlab chiqish natijasida gipotireoz holatini erta aniqlash va asoratlarni oldini olish hamda davolash uchun sarflanadigan mablag‘larni iqtisod qilish imkonini beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: onadagi gipotireoidizm holatida olingan naslda hujayralar proliferatsiyasi va apoptoz jarayonlari o‘rtasidagi nomutanosiblikning paydo bo‘lishi MLTlarining ilk postnatal davrda rivojlanishining sekinlashishini asosiy sababi ekanligi isbotlangani Toshkent davlat stomatologiya instituti yuz-jag‘ xirurgiyasi ilmiy tadqiqot markazi bo‘yicha 16.10.2023 yildagi 374-son hamda Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 25.09.2023 yildagi 35-1/I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: homilador ayollarda qalqonsimon bez faoliyatini muntazam monitoringini yuritish, gipotireozli ayollardan tug‘ilgan bolalarda tireoid gormonlarning etishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan ikkilamchi immuntanqisligi holati va uning asoratlarini oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: onalardagi gipotireoidizm natijasida avlodda rivojlanadigan immun buzilishlarni oldindan ko‘ra bilish va erta aniqlash bolalarda immuntanqislik holatini tashhislash va davolashga sarflanadigan mablag‘larni tejash orqali iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Xulosa: gipotireoz holatidagi turli yoshdagi bolalar tishida kuzatiladigan morfologik o‘zgarishlarda emal, dentin, sementni yupqalashishi va nekroz jarayonlarini erta tashhislash natijasida byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish