Jumaev Akmal Ubaydulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buxoro viloyatda tug‘ma yurak nuqsonlarning tarqalishi va patologoanatomik xususiyatlari», 14.00.15 –Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3359.
Ilmiy rahbar: Eshbaev Erkin Abduxalimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot intsituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Nishanov Daniyar Anarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamidova Farida Muinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yurak tug‘ma nuqsonlarini xavf omillari, morfologik xususiyatlari va o‘lim sabablarini retrospektiv tahlil qilish bo‘yicha qorinchalararo to‘siq nuqsonlarining patologanatomik tashxislash va molekulyar genetik jihatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘g‘il bolalarda tug‘ma yurak nuqsonlaridan qorinchalararo to‘siq nuqsonlarining qayd qilinishi qizlarga nisbatan ikki barobar yuqori ekanligi isbotlangan;
yurak tug‘ma nuqsonlarning har bir shaklining morfologik, morfometrik va organometrik xos jihatlari taqqoslanganda, irsiy anamnezi orqali genetik jihatdan tashxislangan fenotipik guruhlarning perimembranoz, mushakli va trabekulyar turlarida dag‘altolali tuzilmalar va kardiomiotsitlarning nisbiy miqdorlari isbotlangan;
qorinchalararo to‘siq nuqsoni perimembranoz turida, transkripsiya uchun javobgar GATA-4 genining mutatsiyasini ona qoni orqali erta tashxislash yoki skrining qilish yurak nuqsonlari bilan dunyoga keladigan chaqaloqlarni oldindan tashxislash mumkinligi isbotlangan;
mushak tipidagi qorinchalararo to‘siq nuqsonlarini CYP1B1 genining mutatsiyaga uchraganligi, ushbu genning Cytochrome P450 1B1 markeriga pozitiv reaksiyalarini baholash, homilador ayollar qoni yoki lunj epiteliysidan olingan material asosida tashxislash mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro tibbiyot institutining ekspert kengashining 2024 yildagi 15 apreldagi 24-z/017-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2024 yil 16 apreldagi 09/09224-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: autopsiyaning retrospektiv tahlili asosida yurak tug‘ma nuqsonlarining qorinchalararo to‘siq nuqsonlarida qayt qilinishi o‘g‘il bolalarda qiz boallarga nisbatan ikki martaga yuqoriligi isbotlanganligi Buxoro viloyat patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 01.02.2024 yildagi 6-son,  Xorazm viloyat patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 02.01.2024 yildagi 7-i-son hamda Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 30.01.2024 yildagi 8/1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari bo‘yicha besh yil davomida autopsiyaning retrospektiv tahlili asosida yurakning tug‘ma nuqsonlarining qorinchalararo to‘siq nuqsonlari 61,9% da erkak jinsli bolalarda ustunlik qilgan bo‘lsa, 38,1% ayol jinsli bolalar tashkil etganligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari asosida besh yil davomida autopsiyaning retrospektiv tahlili asosida yurak tug‘ma nuqsonlarining qorinchalararo to‘siq nuqsonlarini tashxislash uchun o‘rtacha o‘g‘il bolalar uchun 150000 so‘m, qizlar uchun 165000 so‘mni, qo‘shimcha ravishda tashxislash uchun 150000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: besh yil davomida autopsiyaning retrospektiv tahlili asosida YuTNlarining qorinchalararo to‘siq nuqsonlarini tashxislash uchun bir nafar bola hisobiga byudjet mablag‘larini 315000 so‘mdan 460000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: yurak tug‘ma nuqsonlarning har bir shaklining morfologik, morfometrik va organometrik xos jihatlari taqqoslanganda, irsiy anamnezi orqali genetik jihatdan tashxislangan fenotipik guruhlarning perimembranoz, mushakli va trabekulyar turlarida dag‘altolali tuzilmalar va kardiomiotsitlarning nisbiy miqdorlari isbotlangani Buxoro viloyat patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 01.02.2024 yildagi 6-son,  Xorazm viloyat patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 02.01.2024 yildagi 7-i-son hamda Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 30.01.2024 yildagi 8/1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yurak tug‘ma nuqsonlarining makroskopik va mikroskopik o‘ziga xos o‘zgarishlari bo‘yicha nuqsonning har bir shaklining morfologik, morfometrik va organometrik jihatlari taqqoslanganda, irsiy anamnezi orqali genetik jihatdan tashxislangan sindromlarning fenotipik guruhlari perimembranoz, mushakli va trabekulyar turlari to‘liq tahlil asosida erta tashxislash va samarali davolash taktikasini belgilash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yurak tug‘ma nuqsonlarining makroskopik va mikroskopik o‘ziga xos o‘zgarishlari bo‘yicha nuqsonning har bir shaklining morfologik, morfometrik va organometrik jihatlarini tashxislash uchun o‘rtacha 450000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: yurak tug‘ma nuqsonlarining makroskopik va mikroskopik o‘zgarishlari bo‘yicha nuqsonning har bir shaklining morfologik, morfometrik va organometrik xos jihatlarini uchta davrining o‘ziga xosligi tashxislash uchun bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 450000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: qorinchalararo to‘siq nuqsoni perimembranoz turida, GATA-4 transkripsiya uchun javobgar genning mutatsiyasi GATA-4, 8p23.1-G296S, S52F, 1075delG-S-1 lokatsiyadagi gen mutatsiyasi, yurak stromasida mezodermal to‘qimaning rivojlanishdan orqada qolganligi, ushbu gen mutatsiyasini ona qoni orqali erta tashxislash yoki skrining qilish yurak tug‘ma nuqsoni bilan dunyoga keladigan chaqaloqlarni oldindan tashxislash imkonini berganligi isbotlangani Buxoro viloyat patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 01.02.2024 yildagi 6-son,  Xorazm viloyat patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 02.01.2024 yildagi 7-i-son hamda Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 30.01.2024 yildagi 8/1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari qorinchalararo to‘siq nuqsoni perimembranoz turida GATA-4 transkripsiya uchun javobgar genning mutatsiyasi GATA-4, 8p23.1-G296S, S52F, 1075delG-S-1 lokatsiyadagi gen mutatsiyasi, yurak stromasida mezodermal to‘qimaning rivojlanishdan orqada qolganligi, ushbu gen mutatsiyasini ona qoni orqali erta tashxislash yoki skrining qilish yurak tug‘ma nuqsoni bilan dunyoga keladigan chaqaloqlarni oldindan tashxislash mavjudligi patologiyani tashxislash uchun tuzilmaviy asos bo‘lib xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar qorinchalararo to‘siq nuqsoni perimembranoz turida GATA-4 transkripsiya uchun javobgar genning mutatsiyasi GATA-4, 8p23.1-G296S, S52F, 1075delG-S-1 lokatsiyadagi gen mutatsiyasi kasallikni erta tashxislash uchun o‘rtacha 165000-225000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: qorinchalararo to‘siq nuqsoni perimembranoz turini GATA-4 transkripsiya uchun javobgar genning mutatsiyasi GATA-4, 8p23.1-G296S, S52F, 1075delG-S-1 lokatsiyadagi gen mutatsiyasini tashxislash uchun bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 165000 so‘mdan 225000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: molekulyar-genetik tahlillar asosida mushak turidagi qorinchalararo to‘siq nuqsonlarini CYP1B1 genining mutatsiyaga uchraganligi, ushbu genni Cytochrome P450 1B1 markeriga pozitiv reaksiyalarini baholash, homilador ayollar qoni yoki lunj epiteliylaridan olingan material asosida tashxislash imkonini berishi isbotlangani Buxoro viloyat patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 01.02.2024 yildagi 6-son,  Xorazm viloyat patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 02.01.2024 yildagi 7-i-son hamda Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 30.01.2024 yildagi 8/1-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: molekulyar-genetik tahlillar asosida mushak turidagi qorinchalararo to‘siq nuqsonlarini CYP1B1 genining mutatsiyaga uchraganligi natijasida ushbu genni Cytochrome P450 1B1 markeriga pozitiv reaksiyalarini baholash orqali homilador ayollar qoni yoki lunj epiteliylaridan olingan material asosida xastalikni erta va samarali tashxislash orqali asoratlarni kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: molekulyar-genetik tahlillar asosida mushak turidagi qorinchalararo to‘siq nuqsonlarini CYP1B1 genining mutatsiyaga uchraganligi, ushbu genni Cytochrome P450 1B1 markeriga pozitiv reaksiyalarini baholash, homilador ayollar qoni yoki lunj epiteliylaridan olingan material asosida  xastalikni tashxislash uchun davlat byudjetidan 165000 ming xarajatlarni iqtisod qilishga erishiladi. Xulosa: molekulyar-genetik tahlillar asosida mushak turidagi qorinchalararo to‘siq nuqsonlarini CYP1B1 genining mutatsiyaga uchraganligi, ushbu genni Cytochrome P450 1B1 markeriga pozitiv reaksiyalarini baholash, homilador ayollar qoni yoki lunj epiteliylaridan olingan material asosida tashxislash bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 165000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish