Nomozov Urol Mamatrayimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sho‘rlangan hudud tuproqlarining neft uglevodorodlari bilan ifloslanishi va ularning rekul`tivatsiyasi», 11.00.05 - Atrof-muhitini muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilina foydalanish, 03.00.13 - Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/B953.
Ilmiy rahbar: Jabbarov Zafarjon Abdukarimovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSc.03/27.02.2020.B.01.15 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: To‘rabaev Akmal Normo‘minovich, biologiya fanlari doktori, professor; Artikova Hafiza To‘ymurodovna, biologiya fanlari doktori,professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sho‘rlangan hududlarda tuproqlarning neft uglevodorodlari bilan ifloslanishi, atrof-muhitga ta’siri, tuproqlarning fizik, kimyoviy, biologik xossalarining o‘zgarishini aniqlash hamda unumdorligini tiklashga qaratilgan rekul`tivatsiya tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli darajada sho‘rlangan och tusli bo‘z va bo‘z-o‘tloqi tuproqlarni neft mahsulotlarining turli konsentratsiyalari ta’sirida morfologik belgilarining o‘zgarishi va ulardagi farqlar aniqlangan;
sho‘rlangan tuproqlarning neft uglevodorodlari bilan ifloslanish darajasi tuproqlarning genetik qatlamlarida saqlanishi va tuproq xossalariga ta’siri ilk bor aniqlangan;
sho‘rlangan hududlarda neft uglevodorodlari bilan ifloslangan tuproqlarda kechadigan bioremediatsiya jarayonining borishi sho‘rlanish tipi va tuzlarning miqdoriga bog‘liq bo‘lishi isbotlangan;
sho‘rlangan hamda neft uglevodorodlari bilan ifloslangan tuproqlar uchun rekul`tivatsiya tadbirlarining turi va bosqichi asosida ularning algoritmi ishlab chiqilgan;
sho‘rlangan hududlarda neft uglevodorodlari bilan ifloslangan tuproqlar uchun biologik usulga asoslangan rekul`tivatsiya texnologiyasi ishlab chiqilgan;
sho‘rlangan va neft uglevodorodlar bilan ifloslangan tuproqlarning rekul`tivatsiyadan keyin biologik va fizik xossalari asosida unumdorlik ko‘rsatkichlarining tiklanishi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surxondaryo viloyati sho‘rlangan hududlarda neft uglevodorodlari bilan ifloslangan tuproqlarning atrof-muhitga ta’siri, ularning rekul`tivatsiyasi algoritmi bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
“Sho‘rlangan hudud tuproqlarining neft uglevodorodlari bilan ifloslanishi va ularning rekul`tivatsiyasi” nomli tavsiyanoma Sho‘rchi tumanida “Chig‘atoy vodiysi” fermer xo‘jaligida hamda Qumqo‘rg‘on tumanida “Agronom Xursan Abdullaev” fermer xo‘jaligida amaliyotga joriy qilingan (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 21 noyabrdagi 03-03/3-7151-sonli ma’lumotnoma) Natijada, tuproq unumdorligini tiklash hamda ulardan samarali foydalanish, hudud tuproqlarining xossa-xususiyatlarini yaxshilash bo‘yicha bir qator ekologik tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
tadqiqot hududi tuproqlarida neft uglevodorodlari bilan ifloslangan tuproqlarni biologik usulga asoslangan rekul`tivatsiya qilish texnologiyasi Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi hamda Qumqo‘rg‘on tumanlarida amaliyotga joriy etilgan (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 21 noyabrdagi 03-03/3-7151-sonli ma’lumotnoma). Natijada, tuproqlarning fizik, kimyoviy, biologik xossalari yaxshilanishi hisobiga tuproq unumdorligini tiklash, yerlarni muhofazalash va boshqarishga qaratilgan tadbirlar belgilash imkonini bergan;
sho‘rlangan hududlarda neft uglevodorodlari bilan ifloslangan tuproqlarni rekul`tivatsiya qilishning iqtisodiy sarf xarajat qiymati hisoblanib, sho‘rlanish va ifloslanish darajalariga ko‘ra oshiruvchi koeffisientlari Sho‘rchi tumanida “Chig‘atoy vodiysi” fermer xo‘jaligida hamda Qumqo‘rg‘on tumanida “Agronom Xursan Abdullaev” fermer xo‘jaligida amaliyotga joriy etilgan (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 21 noyabrdagi 03-03/3-7151-sonli ma’lumotnoma). Natijada kuchsiz, o‘rtacha, kuchli darajada sho‘rlangan, kuchsiz, o‘rtacha, kuchli va juda kuchli darajada neft uglevodorodlari bilan ifloslangan tuproqlarni rekul`tivatsiya qilishning iqtisodiy sarf xarajat qiymatlaridan foydalanish imkonini yaratgan.