Rayimov Zuhriddin Xayriddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Tabiiy gazni absorbsion tozalash qurilmalari uchun (ftal hosilalari asosida) korroziya ingibitorlarini olish texnologiyasi», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4083.
Ilmiy rahbar: Haydarov Axtam Amonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Do‘stov Hamro Bozorovich, kimyo fanlari doktori, professor; Kadirov Hasan Irgashovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uglevodorod gazlarini absorbsion tozalash qurilmalari uchun ftal hosilalari asosida korroziya ingibitorlari olish va prinsipial texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vodorod sulfidli va karbonat angidridli korroziyaga qarshi ftal angidrid va ftal kislota asosidagi ingibitorlarning olinishi jarayonida mahsulotning chiqish unumiga harorat, vaqt, katalizator va dastlabgi moddalar konsentratsiyasining ta’siri ilmiy asoslangan;
tereftal kislota va ftal angidrid hosilalarini olish jarayoni uchun katalizator sifatida olingan KOH+Ba(OH)2 hamda maqbul erituvchi DMSO bilan yuqori asosli kam solvatlanadigan dimisil anionini hosil qiladigan katalitik sistemada, 80℃ haroratda yuqori unum bo‘lishi aniqlangan;
uglevodorod gazlarini nordon komponentlardan tozalash jarayonida vodorod sulfidli va karbonat angidridli korroziyaning kamayishi IKIK ingibitor molekulasidagi taqsimlanmagan elektron juftga ega bo‘lgan azot va kislorod atomlarining metall ionlari bilan koordinatsion bog‘ hosil qilishi bilan bog‘liqligi ilmiy asoslangan;
sintez qilingan korroziya ingibitorlarining 09G2S markali po‘lat namunalarda himoyalanish darajasi IKIK 91,5 % ni, IKTK 91,1 % ni tashkil etishi 70 ℃ harorat, 450 mg/l konsentratsiyada amalga oshishi ilmiy asoslangan;
vodorod sulfidli va karbonat angidridli korroziyaga qarshi ftal angidrid va ftal kislota asosidagi ingibitorni maqbul sharoit: katalizator KOH+Ba(OH)2, erituvchi DMSO, harorat 80℃ ga teng bo‘lgan jarayon asosida olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tarkibida amino guruh tutgan organik birikmalar sintezi, xossalari va texnologiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ftal hosilalari asosida korroziya ingibitorini olish texnologiyasi “O‘zbekneftgaz” AJ, Gazli neft gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli Gazli gazni qayta ishlash zavodining “amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“O‘zbekneftgaz” AJ, Gazli neft gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2022-yil 29-dekabrdagi 01/1-2396-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, shu texnologiya asosida olingan ingibitorni tabiiy gazni absorbsion tozalash sistemasida qo‘llash orqali qobiq-quvurli issiqlik almashinish qurilmasini korroziyadan himoyalashda 90,4 % samaradorlikka erishish imkonini bergan;
tarkibiga uchlamchi amin hamda donor atomlari bo‘lgan korroziya ingibitorini olish usuli “O‘zbekneftgaz” AJ, Gazli neft gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli Gazli gazni qayta ishlash zavodining “amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“O‘zbekneftgaz” AJ, Gazli neft gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2022-yil 29-dekabrdagi 01/1-2396-sonli ma’lumotnomasi); Natijada, mahalliy xomashyolar asosda olingan yangi IKIK korroziya ingibitorini import qilinayotgan korroziya ingibitori o‘rnida foydalanish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.