Raximjonov Kamronbek Ilxomjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.     
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi IIV tizimida davlat xaridlarini takomillashtirish istiqbollari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3518.
Ilmiy rahbar: Xudoyqulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori,  professor; Umarov Jasur Tursunovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, (PhD)
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida davlat xaridlarining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat xaridi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar imzolangandan so‘ng shartnoma ma’lumotlarini uch ish kunida buyurtmachi tashkilotning maxsus axborot portalida e’lon qilish orqali xarid qilinadigan tovarlarning qiymatini bozor qiymati bilan muvofiqligini ta’minlash hamda ularni sun’iy ravishda oshirishning oldini olish asoslangan;
davlat xaridlari bo‘yicha tender savdolarini o‘tkazishda tashkilot va korxonalarda tuzilgan maxsus komissiya raisi va a’zolarining affillanganlik xususiyatiga aloqador tashkilotlar qatnashganligi holati aniqlanganda tender savdolarini vaqtinchalik to‘xtatish va yangi komissiya a’zolarini tayinlash orqali xarid ishtirokchilarining huquq va manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash asoslangan;
davlat xaridlari elektron tizimi operatori faoliyatini amalga oshirishda bazaviy hisoblash miqdorining 25 ming baravaridan kam bo‘lmagan va to‘liq shakllantirilgan ustav (kapital) jamg‘armasini ta’minlash orqali byudjet tashkilotlarida muddati o‘tgan debitor va kreditor qarzdorliklari vujudga kelishining oldini olish hamda moliyaviy risklardan himoya qilish asoslangan;
davlat xaridlari bo‘yicha ishtirokchilar tomonidan kiritiladigan tanlov savdolarini amalga oshirishda xarid summasining 3 foizi miqdorida hamda tender savdolarini amalga oshirishda xarid summasining 5 foizi miqdorida zakalat kiritilishi orqali shartnoma majburiyatlarining to‘liq bajarilishi hamda etkazib beruvchining ma’suliyatini oshirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida davlat xaridlarining tashkiliy iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
davlat xaridi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar imzolangandan so‘ng shartnoma ma’lumotlarini uch ish kunida buyurtmachi tashkilotning maxsus axborot portalida e’lon qilish orqali xarid qilinadigan tovarlarning qiymatini bozor qiymati bilan muvofiqligini ta’minlash hamda ularni sun’iy ravishda oshirishning oldini olish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 276-sonli “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 6-apreldagi 3/1-987-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida buyurtmachi tashkilotlar xarid qiladigan tovarlarning qiymatini bozor qiymati bilan muvofiqligini ta’minlash, buyurtmachi tashkilotlar tomonidan xaridlar tarkibidagi tovarlarning qiymatini sun’iy oshirishning oldini olish imkoni yaratilgan;
davlat xaridlari bo‘yicha tender savdolarini o‘tkazishda tashkilot va korxonalarda tuzilgan maxsus komissiya raisi va a’zolarining affillanganlik xususiyatiga aloqador tashkilotlar qatnashganligi holati aniqlanganda tender savdolarini vaqtinchalik to‘xtatish va yangi komissiya a’zolarini tayinlash orqali xarid ishtirokchilarining huquq va manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 276-sonli “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 6-apreldagi 3/1-987-sonli ma’lumotnomasi).  Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida davlat xaridlarida halol raqobat muhitini yaratish hamda byudjet mablag‘laridan ratsional foydalanish imkoni yaratilgan;
davlat xaridlari elektron tizimi operatori faoliyatini amalga oshirishda bazaviy hisoblash miqdorining 25 ming baravaridan kam bo‘lmagan va to‘liq shakllantirilgan ustav (kapital) jamg‘armasini ta’minlash orqali byudjet tashkilotlarida muddati o‘tgan debitor va kreditor qarzdorliklari vujudga kelishining oldini olish hamda moliyaviy risklardan himoya qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-dekabrdagi “Davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari faoliyatini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 734-son qarorida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar    vazirligining    2024-yil 6-apreldagi 3/1-987-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida davlat buyurtmachilari va davlat xaridlari tizimidagi moliyaviy risklarni himoya qilish tizimini kuchaytirishga olib kelib, byudjet tashkilotlarida muddati o‘tgan debitor va kreditorlik qarzdorlik shakllanishining oldini olishga xizmat qilgan;
davlat xaridlari bo‘yicha ishtirokchilar tomonidan kiritiladigan tanlov savdolarini amalga oshirishda xarid summasining 3 foizi miqdorida hamda tender savdolarini amalga oshirishda xarid summasining 5 foizi miqdorida zakalat kiritilishi orqali shartnoma majburiyatlarining to‘liq bajarilishi hamda etkazib beruvchining ma’suliyatini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-dekabrdagi “Davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari faoliyatini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
734-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 6-apreldagi 3/1-987-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida ishtirokchilar tomonidan  beriladigan tijorat takliflarning ishonchliligi, tuzilgan shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni to‘liq bajarilishi majburiyligi hamda etkazib beruvchining ma’suliyatini oshirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish