To‘ychiev Tohirjon Sahodillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori malakali belbog‘li kurashchilarni vazn toifasini inobatga olgan holda musobaqaoldi tayyorgarligini rejalashtirish”, 13.00.04– Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4247
Ilmiy rahbar: Serebryakov Yuriy Vladimirovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.   
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Erimbetov  Bayramboy Karlbaevich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor; Dadaboev Odiljon Jalolidinovich  pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Guliston  davlat  universitet.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi   yuqori malakali belbog‘li kurashchilarning vazn toifalarini inobatga olgan holda musobaqaoldi tayyorgarligiga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlar hisobiga rejalashtirish bosqichlari, uslublari hamda tayyorgarlik jarayoni muvofiqligini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yuqori malakali belbog‘li kurashchilarni  jismoniy sifatlarini turli shiddat zonalarida (aerob, anaerob, aerob glikoletik, aralash) ta’sir  ko‘rsatish darajasiga qarab sportchining reaksiyasini o‘zgaruvchanligini vazn toifalari bo‘yicha namunaviy yuklamalar me’yorini aniqlash hisobiga sportchining individual ko‘rsatkichlarini rivojlantirish imkoniyati oshirilgan;
yuqori malakali belbog‘li kurashchilarni musobaqaoldi jarayonini rejalashtirishda vazn toifasidagi yuklama ta’sirining variativligini jismoniy ko‘rsatkichlarining mezon va individual me’yorlari aniqlash hisobiga, tayyorgarlik bosqichlarini majmuaviy integral baholash shkalasi takomillashtirilgan;
yuqori malakali belbog‘li kurashchilarni uzoq muddatli o‘quv mashg‘ulotlarining turli bosqichlariga musobaqaoldi, musobaqa, hamda o‘tish davri tayyorgarligini rejalashtirish sportchining turli xil vazn bo‘y indeksni aniqlash, ta’sir etuvchi yuklamalarning qiyosiy baholash zonalari takomillashtirilgan;
yuqori malakali belbog‘li kurashchilarning vazn toifasini (engil, o‘rta, yarim o‘rta va mutloq) tayyorgarlik holatini tabaqalashtirish hamda jismoniy ko‘rsatkichlarini o‘quv-mashg‘ulotlar jarayonining boshlang‘ich va yakuniy qismi musobaqaoldi tayyorgarlik turlarini baholash imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori malakali belbog‘li kurashchilarni vazn toifasini inobatga olgan holda musobaqaoldi tayyorgarlik rejalashtirish orqali  erishilgan samarali natijalarni hisobga olish va tahlil asosida:
yuqori malakali belbog‘li kurashchilarni  jismoniy sifatlarini turli shiddat zonalarida (aerob, anaerob, aerob glikoletik, aralash) ta’sir  ko‘rsatish darajasiga qarab vazn  toifalari  bo‘yicha namunaviy yuklamalar me’yorini aniqlash hisobiga sportchining individual ko‘rsatkichlarini rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar  “Yuqori malakali belbog‘li kurashchilarni vazn toifasini inobatga olgan holda musobaqaoldi tayyorgarligini rejalashtirish” nomli EHM dasturi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 23-avgustdagi 03-01/04/20/8623-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori malakali belbog‘li kurashchilarning umumiy jismoniy tayyorgarlik  ko‘rsatkichlari 14,3% ga maxsus jismoniy tayyorgarligi esa 15,1% ga, tezkor–kuch 11,3%, kuch-chidamliligi 15,6% oshgan;
yuqori malakali belbog‘li kurashchilarni musobaqaoldi jarayonini rejalashtirishda vazn toifasiga qarab jismoniy ko‘rsatkichlarining mezon va me’yorlarini individual aniqlash hisobiga, tayyorgarlik bosqichlarini majmuaviy integral baholash shkalasi takomillashtirilgan bo'yicha taklif va tavsiyalar Namangan viloyati Uychi tumani 1-sonli Sport maktabida belbog'li kurash mashg‘uloti jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 23-avgustdagi 03-01/04/20/8623-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori malakali belbog‘li kurashchilarning texnik tayyorgarligi 12,3% ga yaxshilangan;
yuqori malakali belbog‘li kurashchilarni uzoq muddatli o‘quv mashg‘ulotlarining turli bosqichlariga musobaqaoldi, musobaqa, hamda o‘tish davri tayyorgarligini rejalashtirishda vazn–bo‘y indeks ko‘rsatkichlarini qiyosiy aniqlash hisobiga yuklamalarning baholash zonalari takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar Namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti sport faoliyati yo'nalish talabalarining o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 23-avgustdagi 03-01/04/20/8623-son ma’lumotnomasi).  Natijada, talabalarning texnik-taktik tayyorgarligining model xususiyatlarini aniqlashga imkon berish orqali hujum va himoya harakatlari samaradorligini 12.7% foizga oshgan;
yuqori malakali belbog‘li kurashchilarning vazn toifasini (engil, o‘rta, yarim o‘rta va mutloq) tabaqalashtirish hamda jismoniy ko‘rsatkichlarini o‘quv-mashg‘ulotlar jarayoniga maqsadli tatbiq etish hisobiga musobaqaoldi tayyorgarlik turlarini baholash imkoniyati kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar  Namangan viloyati Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi belbog‘li kurashchilarning mashg‘ulot jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 23-avgustdagi 03-01/04/20/8623-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori malakali belbog‘li kurashchilarning texnik tayyorgarligi 13,7 % ga o‘sgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish