Yangibaeva Inobat Zaripbaevnaning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jizzax viloyati tog‘ oldi hududlarida eman (Quercus L.) ko‘chatlarini intensiv usulda etishtirish texnologiyasi”, 06.03.01 – O‘rmon ekinlari. Seleksiya, urug‘chilik va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish. O‘rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o‘rmonlarini barpo etish (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Qx1233.
Ilmiy rahbar: Eshankulov Bobomurod Inayatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Qayimov Abdixalil, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Misirova Surayyo Abdumutalovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi agentligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jizzax viloyati tog‘ oldi hududlarida eman (Quercus L.) ko‘chatlarini intensiv usulda etishtirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor eman turlari urug‘larini ekishga tayyorlashda 90-120 kun stratifikatsiya qilish va kech kuzda 10,5 sm chuqurlikda ekish urug‘ unuvchanligini 60-68% ga oshirishi aniqlangan;
oddiy eman va uning nayzasimon shakli daraxtlaridan ajratilgan kech barg chiqaruvchi “qishki” ekoshakllari urug‘laridan o‘sib chiqqan ko‘chatlarning bo‘yiga o‘sishi “yozgi” ekoshakllarga nisbatan 1,2-1,4 barobarga yuqori bo‘lishi aniqlangan;
eman turlari ko‘chatlarini jadal etishtirishda ma’danli o‘g‘itning maqbul me’yori N90P60K30 aniqlanib, ko‘chatlarning o‘sishi 1,5-2,0 barobarga oshirilgan va ikki yilda standart ko‘chatlar etishtirish mumkinligi isbotlangan;
ko‘chatxona sharoitida eman turlari ko‘chatlarini jadal etishtirish uchun 45° burchak ostida asosiy ildizni kesish orqali ko‘chatlarning yillik o‘sishi 1,9-2,1 barobarga, tana yo‘g‘onligining o‘sishi esa 2,7 barobarga yuqori bo‘lishi aniqlangan;
konteynerlarda eman turlari ko‘chatlarini etishtirish uchun substratning 70% tuproq va 30% chirigan go‘ng aralashmasidan foydalanish yillik o‘sishni 1,8 barobarga, tana yo‘g‘onligini esa 2,5-5,0 barobarga oshirishi aniqlangan;
konteynerlarda eman ko‘chatlarini etishtirish uchun tomchilatib sug‘orish orqali tuproq namligini 50-60-55% da saqlab turish ko‘chatlarning o‘sishini 2,5 barobarga oshirishi va gektariga 894 m3 gacha suvni tejab qolishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jizzax viloyati tog‘ oldi hududlarida eman (Quercus L.) ko‘chatlarini intensiv usulda etishtirish texnologiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
eman ko‘chatlarini jadal etishtirish ishlanmasi Jizzax viloyati Zomin davlat o‘rmon xo‘jaligida 1 gektar, Jizzax viloyati Xo‘jamushkent davlat o‘rmon xo‘jaligida 1,0 gektar, Jizzax viloyati G‘allaorol tumani “Pistachilik ilmiy tajriba stansiyasi” da 1,0 gektar, Surxondaryo viloyati Uzun davlat o‘rmon xo‘jaligida 1,0 gektar maydonlarida joriy etilgan (Ekologiya, atrof muhitni muxofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 17 oktyabrdagi № 03-03/3-5837-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida eman turlari ko‘chatlarini etishtirish orqali qo‘shimcha rentabellik 120-135% ni tashkil etgan;
eman ko‘chatlarini intensiv usulda ko‘paytirish ishlanmasi Namangan viloyati Chust tumani “Chust Najmiddin bog‘lari” fermer xo‘jaligida 0,4 gektar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani “Jo‘shqinbek Boxadirov” fermer xo‘jaligida 0,4 gektar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani “Diana Eldor” fermer xo‘jaligida 0,4 gektar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani “Eldor Yuldashboy” fermer xo‘jaligida 0,4 gektar maydonlarida joriy etilgan (O‘zbekiston fermer, dexqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2023 yil 25 sentyabrdagi 01/03-1909-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu texnologiya asosida ko‘chat etishtirish orqali qo‘shimcha rentabellik ko‘rsatkichi 120-135% ni tashkil etgan.