Maxmudova Oygul Toxirjonovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Professor M.M.Mirtojievning ilmiy-nazariy qarashlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3713.
Ilmiy rahbar: Umarova Nargizaxon Rustamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Usmonova Huriniso Sharopovna, filologiya fanlari doktori, professor; Xudoyberganova Durdona Siddiqovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi professor M.Mirtojiev ilmiy maktabining o‘zbek tilshunosligi muammolarini o‘rganishda tutgan o‘rni, tadqiqot usullari, tahlil tamoyillari va natijalarini ilmiy-nazariy jihatdan asoslashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professor M.Mirtojievning o‘zbek tili fonetikasiga oid, jumladan, nutq buzilishi bilan bog‘liq ayrim kasalliklar va ularning patologiyasi, tovushlar artikulyasiyasiga ta’siri, o‘zbek tilshunosligida birinchi marta fonetik-anatomik (fiziologik) integratsiyasi asosidagi tadqiqotlarning inson nutqi bilan bog‘liq fonetik va logopedik muammolarga echim topishda muhim ahamiyatga egaligi dalillangan;
nutq tovushlari va ularning tasnifi masalasida M.Mirtojievning ossillografik tekshiruvlar asosida jamlangan eksperimental xulosalari hamda olimning o‘zbek tilidagi nutq tovushlarining miqdoriga doir sonant va konsonantlarning hosil bo‘lish imkoniyatlari tahlilidan yuzaga kelgan o‘ziga xos qarashlari asoslangan;
olim tomonidan taklif qilingan transkripsion belgilar tizimi, o‘zbek tilida leksik urg‘u tabiatining dinamik emas, balki kvantitativligi haqidagi nazariy qarashlari, sistem-struktur tilshunoslik doirasida M.Mirtojievning semalar tasnifi borasidagi ahamiyatga molik fikrlari, so‘zning ma’nosi va taraqqiyoti, valentlik nazariyasiga doir yangicha tasnifi va vositali semantik valentlik, shakl semantikasi valentligi tushunchalarini o‘zbek tilshunosligiga olib kirgani aniqlangan;
tilshunosning turkiy tillar grammatikasi bevosita turkiy tub so‘zlar asosida shakllanganligi haqidagi faraz va g‘oyalari, o‘zak morfemaning asl turkiy tabiati haqidagi xulosalari, turkiy so‘zlarning tuzilishi, semantikasi, grammatikasi, konversiyasi va fonetik qurilishiga oid qarashlarining turkologiya rivojida turkiy tub so‘zlarning tarixi hamda taraqqiyotini o‘rganish borasidagi ahamiyati dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilshunosligida fonetik, leksik va grammatik sathlarning o‘rganilishida professor M.Mirtojiev ilmiy maktabining o‘rni mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
tilshunosning turkiy tillar grammatikasi bevosita turkiy tub so‘zlar asosida shakllanganligi haqidagi faraz va g‘oyalari, o‘zak morfemaning asl turkiy tabiati haqidagi xulosalari, turkiy so‘zlarning tuzilishi, semantikasi, grammatikasi, konversiyasi va fonetik qurilishiga oid qarashlarining turkologiya rivojida turkiy tub so‘zlarning tarixi hamda taraqqiyotini o‘rganish borasidagi ahamiyatiga oid ilmiy xulosalardan 2012-2016-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining FA-043429-raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlari ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 21-iyuldagi 291/1-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha doirasida tayyorlangan materiallarning mazmuni takomillashtirilgan;
professor M.Mirtojievning o‘zbek tili fonetikasiga oid, jumladan, nutq buzilishi bilan bog‘liq ayrim kasalliklar va ularning patologiyasi, tovushlar artikulyasiyasiga ta’siri, o‘zbek tilshunosligida birinchi marta fonetik-anatomik (fiziologik) integratsiyasi asosidagi tadqiqotlarning inson nutqi bilan bog‘liq fonetik va logopedik muammolarga echim topishda muhim ahamiyatiga doir berilgan xulosa va tavsiyalardan 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan Farg‘ona davlat universitetining OT-F-1-100 raqamli “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” fundamental loyihasida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil 22-dekabrdagi 04/6453-son ma’lumotnomasi). Natijada imkoniyati cheklangan bolalarning nutq a’zolari bilan bog‘liq kasalliklarni to‘g‘ri aniqlash va ularning kelib chiqish sabablarini o‘rganishga doir materiallarning mazmunan mukammallashuviga erishilgan;
olim tomonidan taklif qilingan transkripsion belgilar tizimi, o‘zbek tilida leksik urg‘u tabiatining dinamik emas, balki kvantitativligi haqidagi nazariy qarashlari, sistem-struktur tilshunoslik doirasida M.Mirtojievning semalar tasnifi borasidagi ahamiyatga molik fikrlari, so‘zning ma’nosi va taraqqiyoti, valentlik nazariyasiga doir yangicha tasnifi va vositali semantik valentlik, shakl semantikasi valentligi tushunchalarini o‘zbek tilshunosligiga olib kirgani yuzasidan berilgan xulosa va tavsiyalardan Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2022-2023-yillarda efirga uzatilgan “Ochiq muloqot”, “Adabiy muhit”, “Maxsus reportaj”, “Jarayon” ko‘rsatuvlarida suxandonlarning nutqi ustida ishlashda keng foydalanilgan (Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 14-avgustdagi 02-12/164-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuvlarning ommabobligi hamda ta’sirchanlugi oshgan.