Erdem Ahmetning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va turk tillaridagi maqollar semantikasida ijtimoiy munosabatlarning ifodalanishi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil1619.
Ilmiy rahbar: Omonov Qudratulla Sharipovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy taqrizchilar: Abdushukurov Baxtiyor Bo‘ronovich, filologiya fanlari doktori, professor; Aripov Maxamadjon Pulatbaevich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va turk tillaridagi oila, qarindosh-urug‘chilik, qo‘shnichilik, jamiyatdagi turli qatlamlarga aloqador maqollar asosida har ikki xalqning tafakkurida ijtimoiy munosabatlarning lisoniy ifodalanishini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“oila” mavzusi bilan bog‘liq 132 ta o‘zbek va 143 ta turkcha maqollar orqali ikki xalq olam lisoniy manzarasida ifodalanadigan oilaviy qadriyatlar bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar ochib berilgan;
qo‘shnichilik va ijtimoiy muloqot mavzusidagi o‘zbek va turk maqollarida “mehmondo‘stlik” va jamiyatning turli qatlamlari aloqalariga doir masalalar qiyoslanib, ikki xalq tafakkurida ijtimoiy munosabatlarning o‘ziga xos tarzda aks etishi dalillangan;
o‘zbek va turk tillaridagi 621 ta maqol tahlilga tortilib ulardan qarindosh-urug‘chilik bilan bog‘liq 63 ta o‘zbek va 59 ta turk, qo‘shnichilik bilan bog‘liq 43 ta o‘zbek va 30 ta turk, mehmondo‘stlik bilan bog‘liq 16 ta o‘zbek va 15 ta turk, “boy” va “faqir” semali 30 ta o‘zbek va 34 ta turk, “yosh” va “keksa” semali 28 ta o‘zbek va 28 ta turkcha maqollarda ijtimoiy munosabatlarning aks etishi ochib berilgan;
o‘zbek va turk maqollari jamlangan mushtarak manbalar va ikki xalq maqollarining baholanishiga bag‘ishlangan materiallar asosida turkshunoslikda maqollar haqidagi mavjud ilmiy tavsifga aniqlik kiritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va turk tillaridagi maqollar semantikasida ijtimoiy munosabatlarning ifodalanishi tadqiqi natijasida olingan ilmiy natijalar asosida:
“oila” mavzusi bilan bog‘liq 132 ta o‘zbek va 143 ta turkcha maqollar orqali ikki xalq olam lisoniy manzarasida ifodalanadigan oilaviy qadriyatlar bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar ochib berilganligi, o‘zbek va turk maqollarida aks etgan oila, qarindosh-urug‘chilik munosabatlari tahliliga oid ilmiy-nazariy xulosalardan 03.12.202138178340-raqamli Turkiya Respublikasi Milliy ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Biz bizi tanıyoruz” (“Biz bizni taniymiz”) loyihasida foydalanilgan (Turkiya Respublikasining O‘zbekisitondagi elchixonasi Ta’lim bo‘limining 2022-yil 19-avgustdagi 46-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va turk madaniyati uchun umumiy bo‘lgan jihatlar va ildizi bir bo‘lgan ikki qardosh xalqning ijtimoiy mavzudagi maqollari loyihaning ilmiy jihatdan asosli bo‘lishiga xizmat qilgan;
qo‘shnichilik munosabatlari va mehmondo‘stlik fazilati aks etgan maqollar tahlili bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019-2022-yillarda bajarilgan “A-OT-2019-10” raqamli O‘zbek tilida neyming: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 23-dekabrdagi 04/1-3544 – son ma’lumotnomasi). Natijada taqdim qilingan ma’lumotlar loyiha bilan bog‘liq lug‘aviy birliklarning o‘z qatlam so‘zlari xususiyatlarini yoritishga asos bo‘lgan;
oilaviy munosabatlarni tavsiflovchi maqollar bilan bog‘liq milliy timsollarni qardosh tillar bilan qiyoslash hamda qarindosh-urug‘chilik aloqalarini ifodalovchi maqollarning tahliliga hamda o‘zbek va turk tillaridagi 621 ta maqol tahlilga tortilib ulardan qarindosh-urug‘chilik bilan bog‘liq 63 ta o‘zbek va 59 ta turk, qo‘shnichilik bilan bog‘liq 43 ta o‘zbek va 30 ta turk, mehmondo‘stlik bilan bog‘liq 16 ta o‘zbek va 15 ta turk, “boy” va “faqir” semali 30 ta o‘zbek va 34 ta turk, “yosh” va “keksa” semali 28 ta o‘zbek va 28 ta turkcha maqollarda ijtimoiy munosabatlarning aks etishi ochib berilganligiga doir ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan PZ-20170927147 raqamli “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 3-oktyabrdagi 04/1-2725-son ma’lumotnomasi). Natijada turkiy yozma yodgorliklar matnidagi maqollar mazmunini yoritib berishda muhim material bo‘lib xizmat qilgan.