Ulmasova Saodat Ilhomjon qizining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pandemiya sharoitida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida COVID-19ning epidemiologik xususiyatlari va epidemiologik nazoratni takomillashtirish», 14.00.30 - Epidemiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4DSc/Tib639.
Ilmiy rahbar: Atabekov Nurmat Satiniyazovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot  instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatqulov Ibrohim Xomidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ne’matov Aminjon Sabdarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Madreimov Amet Madreimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pandemiya sharoitida Toshkent shahri va Toshkent viloyatlari hududlarida  COVID-19 epidemik jarayonini xarakatga keltiruvchi omillarni tahlil qilish asosida epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 infeksiyasining epidemik jarayonida aholi orasida kasallanish darajasi yuqori bo‘lishiga sababchi bo‘lgan  ichki va tashqi migratsiya, aholining zichligi, kasbiy faoliyat, ayollar o‘rtasida yuqori ko‘rsatkichda qayd etilishi, xududlarning infrastrukturasi epidemik jarayonni harakatlantiruvchi ustuvor omillar aniqlangan;
COVID-19 yil davomida yoz-kuzgi epidemik sikllarga ega mavsumiy kasallik bo‘lib qolish ehtimoli isbotlangan;
COVID-19 pandemiyasida tibbiyot xodimlar orasida kasallanmagan, emlanmagan qismini skriningdan o‘tkazish orqali ular orasida kasallikni oldini olish  asoslangan;
COVID-19 pandemiyasi davrida Toshkent shahri misolida epidemik jarayonni oldindan bashorat qilish va oldini olish tizimi ishlab chiqilgan;
COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda xavf guruhiga kirgan aholini SARS-Cov-2 virusiga qarshi vaksinatsiyasining ijobiy samarasi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 17 oktyabrdagi 03/97-son xulosasiga ko‘ra  (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil 23 fevraldagi 03/402-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 infeksiyasining epidemik jarayonida aholi orasida kasallanish darajasi yuqori bo‘lishiga sababchi bo‘lgan  ichki va tashqi migratsiya, aholining zichligi, kasbiy faoliyat, ayollar o‘rtasida yuqori ko‘rsatkichda qayd etilishi, xududlarning infrastrukturasi epidemik jarayonni harakatlantiruvchi ustuvor omillar aniqlangani SEO va JS qo‘mitasi Toshkent shahar Boshqarmasi bo‘yicha (05.10.2023-yildagi 162 – sonli buyruq va SEO va JS o‘qmitasi Toshkent viloyati Boshqarmasi bo‘yicha 07.10.2023-yildagi 132-P – sonli buyruq bilan) amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jamiyatdagi faol hayotga qaytish, tibbiy yordamdan qoniqish. Aholi o‘rtasida kasallanish darajasini pasayishi, umr ko‘rish davomiyligini oshishi, o‘lim darajasini pasayishi va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashga erishish imkonini bergan.  Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Aholi o‘rtasida ommaviy profilaktik emlashning iqtisodiy asoslanishining zamonaviy usullarini joriy etish tufayli, emlashning iqtisodiy samaradorligi natijasida moddiy xarajatlarning 10 559 375 000 so‘mga kamaytirishga erishilgan. Xulosa: Yangi koronavirus infekstiyasiga (COVID-19) qarshi emlashning iqtisodiy parametrlarini o‘rganish va emlashning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun taqdim etilgan metodologiya sog‘liqni saqlash organlari tomonidan davolash, profilaktika, epidemiyaga qarshi tadbirlarning iqtisodiy samaradorligini ob’ektiv baholash uchun imkon yaratadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19 yil davomida yoz-kuzgi epidemik sikllarga ega mavsumiy kasallik bo‘lib qolish ehtimoli isbotlanganligi SEO va JS qo‘mitasi Toshkent shahar Boshqarmasi bo‘yicha (05.10.2023-yildagi 162 – sonli buyruq va SEO va JS qo‘mitasi Toshkent viloyati Boshqarmasi bo‘yicha 07.10.2023-yildagi 132-P – sonli buyruq bilan) amaliyotga joriy etilgan.  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Aholi o‘rtasida kasallanish darajasini pasayishi, umr ko‘rish davomiyligini oshishi, o‘lim darajasini pasayishi va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashga erishishga olib kelgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Aholi o‘rtasida ommaviy profilaktik emlashning iqtisodiy asoslanishining zamonaviy usullarini joriy etish tufayli, emlashning iqtisodiy samaradorligi natijasida moddiy xarajatlarning 10 559 375 000 so‘mga kamaytirishga erishilgan. Xulosa: COVID-19 dan kasallanish va o‘limni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar, shuningdek ularni amalga oshirish uchun sarflanadigan iqtisodiy xarajatlarini maqsadli rejalashtirish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 pandemiyasida tibbiyot xodimlar orasida kasallanmagan, emlanmagan qismini skriningdan o‘tkazish orqali ular orasida kasallikni oldini olish  asoslanganligi SEO va JS qo‘mitasi Toshkent shahar Boshqarmasi bo‘yicha (05.10.2023-yildagi 162 – sonli buyruq va SEO va JS qo‘mitasi Toshkent viloyati Boshqarmasi bo‘yicha 07.10.2023-yildagi 132-P – sonli buyruq bilan) amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jamiyatdagi faol hayotga qaytish, tibbiy yordamdan qoniqish. Aholi o‘rtasida kasallanish darajasini pasayishi, umr ko‘rish davomiyligini oshishi, o‘lim darajasini pasayishi va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashga erishishga olib kelgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Aholi o‘rtasida ommaviy profilaktik emlashning iqtisodiy asoslanishining zamonaviy usullarini joriy etish tufayli, emlashning iqtisodiy samaradorligi natijasida moddiy xarajatlarning 10 559 375 000 so‘mga kamaytirishga erishilgan. Xulosa: Yangi koronavirus infeksiyasining (COVID-19) epidemiologik xususiyatlarini mintaqaviy nuqtai nazardan o‘rganish va epidemiologik nazoratni takomillashtirish epidemiologik xavfni baholash va epidemiologik vaziyatni prognozlash usullarini ishlab chiqish, epidemiologik vaziyatni baholashning mezonini ishlab chiqishga imkon bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 pandemiyasi davrida Toshkent shahri misolida epidemik jarayonni oldindan bashorat qilish va oldini olish tizimi ishlab chiqilgan xolda SEO va JS qo‘mitasi Toshkent shahar Boshqarmasi bo‘yicha (05.10.2023-yildagi 162 – sonli buyruq va SEO va JS qo‘mitasi Toshkent viloyati Boshqarmasi bo‘yicha 07.10.2023-yildagi 132-P – sonli buyruq bilan) amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Epidemik jarayonni baholashning matematik modelini tadbiq etish orqali,  ushbu kasallik bo‘yicha vaziyatni oldindan bashorat qilish imkonini beradigan epidemiologik nazoratni takomillashtirish  chora-tadbirlari algoritmi ishlab chiqildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Keltirilgan iqtisodiy sarf-xarajatlar hisobi, sog‘liqni saqlash amaliyotida koronavirus bilan zararlangan bemorlarga qo‘llanilgan davolash-tashxisiy chora-tadbirlarning iqtisodiy samaradorligini ob’ektiv baholashda, hamda ularga sarflanadigan harajatlarni rejalashtirishda yordam beradi. Xulosa: COVID-19  epidemik jarayonini matematik modellashtirish asosida kasallikning epidemik kechishini erta bashorat qilib, mavsumiy ko‘tarilishi davrida turli xil yirik anjumanlar va ommaviy yig‘ilishlarni, sport va madaniyat bo‘yicha ommaviy xamda oilaviy tadbirlarni o‘tkazilishini taqiqlash, aholi o‘rtasida ommaviy profilaktik emlashning iqtisodiy asoslanishining zamonaviy usullarini joriy etish tufayli, emlashning iqtisodiy samaradorligi natijasida moddiy xarajatlarning 10 559 375 000 so‘mga kamaytirish imkonini yaratgan;
beshinchi ilmiy yangilik: COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda xavf guruhiga kirgan aholini SARS-Cov-2 virusiga qarshi vaksinatsiyasining ijobiy samarasi  asoslanganligi SEO va JS qo‘mitasi Toshkent shahar Boshqarmasi bo‘yicha (05.10.2023-yildagi 162 – sonli buyruq va SEO va JS qo‘mitasi Toshkent viloyati Boshqarmasi bo‘yicha 07.10.2023-yildagi 132-P – sonli buyruq bilan) amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jamiyatdagi faol hayotga qaytish, tibbiy yordamdan qoniqish. Aholi o‘rtasida kasallanish darajasini pasayishi, umr ko‘rish davomiyligini oshishi, o‘lim darajasini pasayishi va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashga erishishga olib kelgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Aholi o‘rtasida ommaviy profilaktik emlashning iqtisodiy asoslanishining zamonaviy usullarini joriy etish tufayli, emlashning iqtisodiy samaradorligi natijasida moddiy xarajatlarning 10 559 375 000 so‘mga kamaytirishga erishilgan. Xulosa: Yangi koronavirus infeksiyasining (COVID-19) epidemiologik xususiyatlarini mintaqaviy nuqtai nazardan o‘rganish va epidemiologik nazoratni takomillashtirish epidemiologik xavfni baholash va epidemiologik vaziyatni prognozlash usullarini ishlab chiqish, epidemiologik vaziyatni baholashning yaxlit mezonini ishlab chiqishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish