Yo‘ldoshev Murodjon Akbarali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fotorefraktiv yarimo‘tkazgichlarning va oksidli kristallarning optik va golografik xossalari”, 01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/FM482
Ilmiy rahbar: Azamatov Zakirjan Taxirovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.03/30.12.2019.FM/T.01.12
Rasmiy opponentlar: Razikov Taxirdjan Mutalovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Yuldashev Shavkat Uzgenovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi keng taqiqlangan sohali yarimo‘tkazgichli LiNbO3, LiNbO3:Fe kristallarida golografik qayd qilish jarayoni, γ-nurlanishning ushbu kristallarning optik xususiyatlariga ta’siri va yarimo‘tkazgich-segnetoelektrik tuzilmalarning elektrooptik xossalarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
niobat litiy kristallarining difraksiya samaradorligi He-Ne lazeri uchun η=31%, He-Cd lazeri uchun η=34% ekanligi hamda fotosezgirligi temir ionlarining konsentratsiyasiga bog‘liq holda 3-7 marta ortganligi aniqlangan;
ilk bor LiNbO3 va LiNbO3:Fe kristallarining fotorefraktiv sezgirligi
γ-nurlanish dozasiga (D<108 R) bog‘liqligi va taqiqlangan soha kengligi 3,39 dan 3,04 eV gacha o‘zgarishi aniqlangan;
ilk bor γ-kvantlari bilan nurlantirilgan niobat litiy kristallari spektrining 1300÷1600 sm-1 oralig‘iga mos keluvchi maksimal nuqtasi aniqlangan;
ZnO-LiNbO3:Fe tuzilmalarining yutilish koeffisienti ZnO-LiNbO3 tuzilmalarining yutilish koeffisientiga nisbatan 3 marta yuqori ekanligi aniqlangan;
ilk bor yoritilmagan holatda LiNbO3/ZnO/Si geteroo‘tishlarning to‘g‘rilash koeffisienti 80÷90 oralig‘ida ekanligi aniqlangan;
ilk bor oq yorug‘lik nuri bilan yoritilganda LiNbO3/ZnO/Si geterotuzilmalarida teskari tokning qiymati 3÷5 V oraliqda keskin ortganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. LiNbO3 va turli konsentratsiyali LiNbO3:Fe kristallarining fotorefraksiya mexanizmi, γ-nurlanishning ushbu kristallarning optik xususiyatlariga ta’siri va yarimo‘tkazgich-segnetoelektrik tuzilmalarning morfologik, tarkibiy hamda elektrofizik xususiyatini o‘rganish asosida:
LiNbO3 va LiNbO3:Fe kristallarining lazer va gamma nurlanish ta’sirida oddiy va g‘ayriodddiy nur sindirish koʻrsatkichi hamda nochiziqli optik xossalarining o‘zgarishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutining “Ko‘p fazali tizimlarning termofizikasi” laboratoriyasida bajarilgan “Dielektrik va segnetoelektrik kristallardagi elastik, fotoelastik va superion xossalarning nochiziqli hodisalari, fazaviy oʻtishlari va anizotropiyasi” mavzusidagi fundamental tadqiqot doirasida akustik to‘lqinlarning yuqori chastotali diapazonida LiNbO3 va LiNbO3:Fe kristallarning elastik va fotoelastik xususiyatlarini tadqiq qilish va niobat litiy kristallarining akusto-optik sifat koeffisientini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023-yil 4-iyuldagi № 2/1255-1423-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish akustik to‘lqinlar ta’sirida yorug‘likning anizotrop difraksiyasi uchun difraksiya burchaklarini hisoblash imkonini bergan;
dissertatsiya ishida lazer nurlarining LiNbO3 kristalida ikkilanib sinishi, nur sindirish ko‘rsatkichi, yutilish koeffisientlari va nochiziqli optik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Lazer texnologiyalari va optoelektronika” kafedrasida “Ko‘p rangli ultraqisqa impulslar manbalarini yaratish usullari uchun nochiziqli foton kristallarida femtosekundli lazer impulslarining parametrik o‘zaro ta’siri” mavzusidagi Uzb-Ind-96-2021-sonli loyihani bajarishda nochiziqli foton kristallarda lazer nurlanishini uchinchi tartibli nochiziqli optik chastotaga aylantirish jarayonlarida hosil bo‘ladigan dispersiya va kubik nochiziqliklarni aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 28-sentyabrdagi 4/17-4/4-2884-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish chastota konvertatsiya jarayonlarining samaradorligini va hosil bo‘lgan impuls davomiyligi bilan o‘zaro ta’sirini hisoblash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish