Mavlyanov Aybek Palvanbaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxta ta’minlagichi ishchi organlari konstruksiyalarini takomillashtirish va asosiy parametrlarini hisoblash metodlari», 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T75.

Ilmiy rahbar: Djuraev Anvar Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.

Rasmiy opponentlar: Muxammadiev Davlat Mustafaevich, texnika fanlari doktori; Usmanov Xayrulla Saydullaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani dastlabki ishlash mashinalari uchun ta’minlagich konstruksiyasini takomillashtirish, ishlash rejimlari va parametrlari hisoblash usullarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

paxta ta’minlagich qoziqchali barabanining takomillashtirilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;

uzluksiz ta’minlash xususiyatiga ega paxta ta’minlagich valigi kurakchalari uzuk-uzuk bo‘lgan yangi konstruksiyasi ishlab chiqilgan;

ta’minlashning notekislik koeffisienti analitik ifodasi va ta’minlash valigini paxta bilan ta’minlash bog‘lanishi ishlab chiqilgan;

ta’minlagichning qoziqchali barabani bilan paxtaning tasodifiy qarshiligini o‘rganish asosida qoziqchali baraban burchak tezligi dispersiyasi o‘zgarishini inersiya momentiga bog‘liqligi aniqlangan;

ta’minlash valiklarini to‘lqinsimon yuzali kurakchalari orasidagi ishqalanish koeffisientini analitik ifodasi olingan, qoziqchali baraban valini kritik burchak tezligini hisoblash usuli takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Paxtani qayta ishlash mashinalari ta’minlagichi konstruksiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:

tolali material tozalagichining titish barabaniga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan («Tolali material tozalagichining titish barabani» №IAR 03023-2006 y.). Natijada tolali materialga qoziqchalar tomonidan maqsadli yo‘nalishda zarba berish orqali tozalash samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;

tozalash agregatining tozalash seksiyasi va ta’minlagichi uchun ishlab chiqilgan konstruksiyalarga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modellarga patentlari («Paxta tozalash agregatining tozalash seksiyasi», №FAP 00947-2013y; «Tolali materiallarga ishlov beruvchi mashinalar ta’minlagichi», №FAP 01030-2015 y.) olingan. Natijada titish jarayoni samaradorligini 15-20%ga oshirish va ta’minlash jarayoni notekisligini 65-70%ga kamaytirish imkonini bergan;

paxtani qayta ishlash mashinalari ta’minlagichi va uning ishchi organlari «O‘zpaxtasanoat» AJ tasarrufidagi Namangan viloyati Mingbuloq va Farg‘ona viloyati Quva paxta tozalash korxonalarida joriy qilingan («O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasining 2017 yil
18 avgustdagi MA-02/1492-son ma’lumotnomasi). Natijada modernizatsiya qilingan ta’minlagichni ishlab chiqarish sinovi natijalariga binoan paxtani etarlicha titish va uzluksiz uzatish tufayli tozalash samaradorligini o‘rtacha 8-10%ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish