Muminov Murod Djavadovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘tkir tranzitor gidrotsefaliya bilan kasallangan bemorlarni klinik tashxislash aspektlari va davo taktikasi”, 14.00.28-Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tib493.
Ilmiy rahbar: Kariev Gayrat Maratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor,
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.04/04.07.2023.Tib.170.01.
Rasmiy opponentlar: Alixodjaeva Gul`naraxan Alautdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Mirzabaev Marat Jumabekovich, tibbiyot fanlari doktori (Qozog‘iston Respublikasi), Maxkamov Maxkamjon Kozimovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot nomi: Abuali ibni Sino nomidagi Tojik davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi travmatik va travmatik bo‘lmagan etiologiyali o‘tkir tranzitor gidrotsefaliya bilan kasallangan bemorlarni uning turiga, vaqtiga va sabablariga qarab diagnostika algoritmi, taktikasi va optimal davolash usullarini ishlab chiqish orqali takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, o‘tkir tranzitor gidrotsefaliyaning nevrologik prediktorlari (siklik uyg‘onishi, fokal, meningeal belgilari va patologik alomatlari) va orqa miya suyuqligi tizimida o‘zgarishlar statistik analitik MakNemar va ramziy darajalarning dinamik Vilkokson mezonlari bilan baholash asosida o‘rtasidagi korrelyasiyasi borligi isbotlangan;
o‘tkir tranzitor gidrotsefaliyaning erta tashxislash noinvaziv neyrovizual monitoringi yordamida intrakranial bosim koeffisientini Koxran va ramziy Fridman mezonlari bo‘yicha aniqlash asosida isbotlangan;
orqa miya suyuqligi aylanishining dinamik disfunksiyasi o‘tkir tranzitor gidrotsefaliyaning nevrologik va neyrovizual belgilarini tizimlashtirish asosida isbotlangan;
ilk bor o‘tkir neyroxirurgik patologiyaning tabiatini hisobga olgan holda o‘tkir tranzitor gidrotsefaliyaning rivojlangan jarayonida orqa miya suyuqligi ishlab chiqaruvchi (ventrikulomegaliya) va orqa miya suyuqligi aylanuvchi (subaraxnoidal bo‘shliq) tizimlarda o‘zgarishlar aniqlangan;
intrakranial bosim koeffisientini, noinvaziv neyrovizual monitoring usuli bilan hisoblab, konservativ yoki jarrohlik (orqa miya suyuqligi tizimida, patologik o‘choq sohasida yoki ularning kombinatsiyasida) o‘tkir tranzitor gidrotsefaliyani davolash taktikasini belgilashini isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 4 apreldagi 6-son va ch/r 02-6/239 son bergan xulosalarga binoan:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor, o‘tkir tranzitor gidrotsefaliyaning nevrologik prediktorlari (siklik uyg‘onishi, fokal, meningeal belgilari va patologik alomatlari) va orqa miya suyuqligi tizimida o‘zgarishlar statistik analitik MakNemar va ramziy darajalarning dinamik Vilkokson mezonlari bilan baholash asosida o‘rtasidagi korrelyasiyasi borligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: statistik analitik ma’lumotlarga ko‘ra travmatik miya shikastlanishi va falaj fonida o‘tkir tranzitor gidrotsefaliyani rivojlanishining xarakterli erta klinik va nevrologik aspektlari mavjudligini ko‘rsatgan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali (09.08.2023, 65-son buyruq), Qoraqalpog‘iston filiali (15.12.2023, 107-son buyruq), Qashqadaryo filiali (29.02.2024, 33-1-son buyruq), Farg‘ona filiali (24.02.2024, 41-son buyruq) shoshilinch neyroxirurgiya bo‘lim faoliyatiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi shundan iboratki, o‘tkir tranzitor gidrotsefaliya bilan murakkablashgan bosh miya shikastlanishi yoki falaj fonida klinik-nevrologik belgilari bo‘lgan bemorlarni davolash uchun konservativ yoki jarrohlik taktikasiga keyingi yondashuvni oldindan belgilash orqali samaradorligini oshirishga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi shundan iboratki, travmatik va notravmatik etiologiyali o‘tkir tranzitor gidrotsefaliya tashxisida erta aniqlangan klinik-nevrologik belgilari moliyaviy ortiqcha sarf harajatlar talab qilmaslik hisobiga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: bemorlarda o‘tkir o‘tuvchi tranzitor gidrotsefaliya rivojlanish belgilarini erta tashxislashgda, bosh miya shikastlanishlarda davolanish o‘rin-kunini 21-14 kundan 18-10 kungacha qisqarishi va bosh miya qon aylanishining buzilishlar fonida davolanish o‘rin-kunini 21-14 kundan 17-9 kungacha qisqarishi tufayli kuniga sarflanadigan byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan va shifoxonadagi har bir davolangan bemor uchun harajatlarni 4197000±568000 so‘mga kamaytirishga imkon bergan (RShTYoIM filiallarida preyskurant bo‘yicha 1 o‘rin-kun o‘rtacha 279000 so‘m neyroreanimatsiya bo‘limida va 32900 so‘m umumiy neyroxirurgik/nevrologik palatadagi va 1 kunda dori-darmon xarajatlari 1120000 so‘m neyroreanimatsiya bo‘limida va 142000 so‘m neyroxirurgik/nevrologik palata yotoqlarda 2023 yilda tashkil etgan). Muminov Murod Djavadovichning “O‘tkir tranzitor gidrotsefaliya bilan kasallangan bemorlarni klinik-tashxislash aspektlari va davo taktikasi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa Sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 28 avgust oyidagi 02n-z/3-son xulosasi bilan tadbiq etildi;
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘tkir tranzitor gidrotsefaliyaning erta tashxislash noinvaziv neyrovizual monitoringi yordamida intrakranial bosim koeffisientini Koxran va ramziy Fridman mezonlari bo‘yicha aniqlash asosida isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: statistik ma’lumotlar travmatik miya shikastlanishi va falaj fonida o‘tkir tranzitor gidrotsefaliyanirivojlanishining xarakterli aniq noinvaziv paraklinik va neyrovizual tashxislash jihatlari mavjudligini ko‘rsatgan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali (09.08.2023, 65-son buyruq), Qoraqalpog‘iston filiali (15.12.2023, 107-son buyruq), Qashqadaryo filiali (29.02.2024, 33-1-son buyruq), Farg‘ona filiali (24.02.2024, 41-son buyruq) shoshilinch neyroxirurgiya bo‘lim faoliyatiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi shundan iboratki, o‘tkir tranzitor gidrotsefaliya bilan murakkablashgan bosh miya shikastlanishi yoki falaj bo‘lgan bemorlarni noinvaziv paraklinik va neyrovizual kalla ichi gipertenziya aspektlari tokomillashtirganida davolash uchun konservativ yoki jarrohlik taktikasiga keyingi yondashuvni oldindan belgilash orqali samaradorligini oshirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi shundan iboratki, travmatik etiologiyali o‘tkir tranzitor gidrotsefaliya tashxisda erta aniqlangan noinvaziv paraklinik va neyrovizual kalla ichi gipertenziya belgilari moliyaviy ortiqcha sarf harajatlar talab qilmaslik hisobiga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: bemorlarda o‘tkir o‘tuvchi tranzitor gidrotsefaliya rivojlanish belgilarini erta tashxislashda bosh miya shikastlanishlarda davolanish o‘rin-kunini 21-14 kundan 18-10 kungacha qisqarishi va bosh miya qon aylanishining buzilishlar fonida davolanish o‘rin-kunini 21-14 kundan 17-9 kungacha qisqarishi tufayli kuniga sarflanadigan byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan va shifoxonadagi har bir davolangan bemor uchun harajatlarni 4197000±568000 so‘mga kamaytirishga imkon bergan (RShTYoIM filiallarida preyskurant bo‘yicha 1 o‘rin-kun o‘rtacha 279000 so‘m neyroreanimatsiya bo‘limida va 32900 so‘m umumiy neyroxirurgik/nevrologik palatadagi va 1 kunda dori-darmon xarajatlari 1120000 so‘m neyroreanimatsiya bo‘limida va 142000 so‘m neyroxirurgik/nevrologik palata yotoqlarda 2023 yilda tashkil etgan). Muminov Murod Djavadovichning “O‘tkir tranzitor gidrotsefaliya bilan kasallangan bemorlarni klinik-tashxislash aspektlari va davo taktikasi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa Sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 28 avgust oyidagi 02n-z/3-son xulosasi bilan tadbiq etildi;
uchinchi ilmiy yangilik: orqa miya suyuqligi aylanishining dinamik disfunksiyasi o‘tkir tranzitor gidrotsefaliyaning tizimlashtirilgan nevrologik va neyrovizual aspektlar asosida isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: statistik ma’lumotlari o‘tkir tranzitor gidrotsefaliyani rivojlanishining tizimlashtirilgan nevrologik va neyrovizual aspektlar assosida orqa miya suyuqligi aylanishining dinamik disfunksiyasi mavjudligi ko‘rsatgan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali (09.08.2023, 65-son buyruq), Qoraqalpog‘iston filiali (15.12.2023, 107-son buyruq), Qashqadaryo filiali (29.02.2024, 33-1-son buyruq), Farg‘ona filiali (24.02.2024, 41-son buyruq) shoshilinch neyroxirurgiya bo‘limlari faoliyatiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi shundan iboratki, o‘tkir tranzitor gidrotsefaliya bilan murakkablashgan bosh miya shikastlanishi yoki falaj bo‘lgan bemorlarda tizimlashtirilgan klinik-nevrologik va neyrovizual aspektlarga asoslanib, konservativ yoki jarrohlik usuli tanlash orqali orqa miya suyuqligi aylanishining dinamik disfunksiyasi bartaraf etilgan va davolash samaradorligini oshirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi shundan iboratki, o‘tkir tranzitor gidrotsefaliya tashxisida tizimlashtirilgan klinik-diagnostik aspektlari erta aniqlanganida qo‘shimcha yuqori texnologiyali diagnostika usullaridan foydalanishni kamaytirish orqali va davolanish muddatini qisqartirish bilan ortiqcha moliyaviy harajatlarni tejashga erishildi Xulosa: bemorlarda o‘tkir tranzitor gidrotsefaliya rivojlanish belgilarini erta tashxislashda tekshirish usullarni kamayishi tufayli tekshirishlarga sarflanadigan byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan va shifoxonadagi har bir tekshirish usul uchun xarajatlarni kamaytirdi. Muminov Murod Djavadovichning “O‘tkir tranzitor gidrotsefaliya bilan kasallangan bemorlarni klinik-tashxislash aspektlari va davo taktikasi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa Sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 28 avgust oyidagi 02n-z/3-son xulosasi bilan tadbiq etildi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘tkir neyroxirurgik patologiyaning tabiatini hisobga olgan holda o‘tkir tranzitor gidrotsefaliyani rivojlanish jarayonida orqa miya suyuqligi ishlab chiqaruvchi (ventrikulomegaliya) va orqa miya suyuqligi aylanuvchi (subaraxnoidal bo‘shliq) tizimlarda o‘zgarishlar aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati:tizimlashtirilgan klinik-diagnostik aspektlar asosida o‘tkir tranzitor gidrotsefaliyani rivojlanish jarayonida orqa miya suyuqligi ishlab chiqaruvchi va aylanuvchi tizimlarda o‘zgarishlar neyroxirurgik patologiyaning tabiatini hisobga olgan holda ilk bor aniqlandi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali (09.08.2023, 65-son buyruq), Qoraqalpog‘iston filiali (15.12.2023, 107-son buyruq), Qashqadaryo filiali (29.02.2024, 33-1-son buyruq), Farg‘ona filiali (24.02.2024, 41-son buyruq) shoshilinch neyroxirurgiya bo‘limlari faoliyatiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi shundan iboratki, orqa miya suyuqligi ishlab chiqarish va aylanish tizimidagi aniqlangan xarakterli o‘zgarishlar o‘tkir tranzitor gidrotsefaliya bilan murakkablashgan neyroxirurgik patologiyada kalla ichi gipertenziyani davolashda konservativ yoki jarrohlik yondashuvni aniqlash samaradorligini oshirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi shundan iboratki, neyroxirurgik patologiyada o‘tkir tranzitor gidrotsefaliya rivojlanganida orqa miya suyuqligi ishlab chiqarish va aylanish tizimidagi aniqlangan xarakterli o‘zgarishlarni hisobga olib kalla ichi gipertenziyasini konservativ yoki jarrohlik davollash usullar yondashuvida moliyaviy ortiqcha sarf harajatlar kamayishiga erishildi. Xulosa: bemorlarda o‘tkir o‘tuvchi tranzitor gidrotsefaliya rivojlanish belgilarini erta tashxislanganda davolash kunlarini 3-5 kunga kamaytirish tufayli sarflanadigan byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan va shifoxonadagi har bir davolangan bemor uchun harajatlarni 4581732±3054488 so‘mga kamaytirishga imkon bergan (RShTYoIM filiallarida preyskurant bo‘yicha 1 davolanish kun o‘rtacha 279000 so‘m neyroreanimatsiya bo‘limida va 29144 so‘m umumiy palatadagi va 1 kunda dori-darmon xarajatlari 1120000 so‘m neyroreanimatsiya bo‘limida va 99100 so‘m umumiy palata yotoqlarda 2023 yilda tashkil etgan). Muminov Murod Djavadovichning “O‘tkir tranzitor gidrotsefaliya bilan kasallangan bemorlarni klinik-tashxislash aspektlari va davo taktikasi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa Sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 28 avgust oyidagi 02n-z/3-son xulosasi bilan tadbiq etildi;
beshinchi ilmiy yangilik: intrakranial bosim koeffisientini, noinvaziv neyrovizual monitoring usuli bilan hisoblab, konservativ yoki jarrohlik (orqa miya suyuqligi tizimida, patologik o‘choq sohasida yoki ularning kombinatsiyasida) o‘tkir tranzitor gidrotsefaliyani davolash taktikasini belgilashini isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati:noinvaziv neyrovizual monitoring usuli bilan ishlab chiqilgan kalla ichi bosimi koeffisientini aniqlash matematik formula yordamida o‘tkir tranzitor gidrotsefaliya rivojlanishida aniqlangan xarakterli orqa miya suyuqligi ishlab chiqarish va aylanish tizimidagi o‘zgarishlarni davolash taktikasi: konservativ yoki jarrohlik (orqa miya suyuqligi tizimida, patologik o‘choq sohasida yoki ularning kombinatsiyasida) usullarini aniqladi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali (09.08.2023, 65-son buyruq), Qoraqalpog‘iston filiali (15.12.2023, 107-son buyruq), Qashqadaryo filiali (29.02.2024, 33-1-son buyruq), Farg‘ona filiali (24.02.2024, 41-son buyruq) shoshilinch neyroxirurgiya bo‘limlari faoliyatiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi shundan iboratki, tadqiqot natijalarini amalga oshirish bosh miya shikastlanish va bosh miya o‘tkir qon aylanish buzilish fonida o‘tkir tranzitor gidrotsefaliya rivojlanishining dastlabki bosqichlarida kompyuter dasturi matematik model orqali kalla ichi gipertenziya belgilarini aniqlash imkonini bergan. O‘tkir tranzitor gidrotsefaliya bilan murakkablashgan bosh miya shikastlanishi va falaj bo‘lgan bemorlarni davolash uchun konservativ yoki jarrohlik taktikasiga keyingi yondashuvni oldindan belgilash kasallikning natijalarini yaxshilashga va statsionar sharoitda terapiya davomiyligini qisqartirish orqali davolash samaradorligini oshirishga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi shundan iboratki, travmatik va notravmatik etiologiyali o‘tkir tranzitor gidrotsefaliya tashxisida gidrotsefalli gipertenzion sindromi belgilarini matematik hisoblash qo‘shimcha yuqori texnologiyali diagnostika usullaridan foydalanishni talab qilmagan va tashxisni nafaqat neyroxirurg, balki rentgen-radiolog, nevrolog, neyroreanimatolog tomonidan shakllantirish mumkin, shuningdek, maxsus yangi kadrlar, malaka oshirgan shifokorlarning tayyorlash uchun keragi yo‘qligi isbotlanib moliyaviy ortiqcha sarf harajatlar talab qilmaslik hisobiga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: bemorlarda bosh miya shikastlanishlar va falaj fonida o‘tkir tranzitor gidrotsefaliya rivojlanish noinvaziv paraklinik va neyrovizual belgilarini erta tashxislashni kam mutaxassislarni jalb qilinishi tufayli sarflanadigan byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan va shifoxonadagi ishlab turgan mutaxassislar uchun harajatlarni 1132000±283000 so‘mga kamaytirshga imkon bergan (RShTYoIM filiallarida preyskurant bo‘yicha o‘rtacha mutaxassisni bir kunlik oylik maoshi 283000 so‘m 2023 yilda tashkil etgan). Muminov Murod Djavadovichning “O‘tkir tranzitor gidrotsefaliya bilan kasallangan bemorlarni klinik-tashxislash aspektlari va davo taktikasi mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa Sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 28 avgust oyidagi 02n-z/3-son xulosasi bilan tadbiq etildi.