Qodirov Azizjon Anvarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarda ekologik turizm salohiyatini barqaror rivojlantirishning uslubiy-metodologik asoslarini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Iqt521B2
Ilmiy rahbar: Xamidov Obidjon Xafizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01
Rasmiy opponentlar: Abdurahmonov Qalandar Xadjaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik, Norchaev Asatullo Norbo‘taevch , iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kuvandikov Shuxrat Oblokulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hududlarda ekologik turizm salohiyatini barqaror rivojlantirishning metodologik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk marotaba “Tabiatga sayohat” ekoturizmni rivojlantirish milliy dasturi asosida davlat qo‘riqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bog‘lari, pitomniklar, o‘rmon va o‘rmon-ov xo‘jaliklari, tog‘li va cho‘l hududlari hamda suv obektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida “Visitor center” tashrif markazlarining tashkil etilishi bo‘yicha yangi takliflar asoslangan;
ekohududlarda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, turizm va unga yondosh infratuzilmani qurish, rekonstruksiya qilish uchun davlatning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda investisiya dasturiga kiritib borish asosida ekodestinatsiyalarda “Ziplayn” xizmatlari va “Taypark” ekstremal turizm majmuasini tashkil qilgan tadbirkorlik subektlari xarajatlarini qoplab berish tartibini takomillastirish usuli asoslangan;
ekohududlarda joylashtirish vositalari, shu jumladan, muhofaza etiladigan hududlarda barpo etiladigan mehmonxona (kemping, glemping, ekouylar, o‘tovlar va b.), hunarmandchilik mahsulotlari, ovqatlanish va chakana savdo, osma dor yo‘llari va boshqa turdagi turistik obektlarni faqatgina ekologik toza hamda qayta ishlanadigan materiallardan barpo etishga qo‘yiladigan talablarni belgilash asosida “Yashil sayohat” (Green travel) milliy standart va sertifikatlash tizimini yaratish bo‘yicha takliflarning vazifalarni amaliyotga joriy etishda afzalligi dalillangan;
ekohududlarning turizm infratuzilmasini rivojlantirish, ekohududlarda tashrif buyuruvchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar turlarini kengaytirish, shu jumladan, tog‘li va cho‘l hududlarda ekstremal turizmni rivojlantirish hamda yangi turizm xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, “Planting Tour” va “Plogging Tour” kabi ekoharakatlarni tashkil qilish bo‘yicha takliflarning asosli ekanligi isbotlangan;
mamlakatimizga ekoturistlar oqimi hajmining barqaror o‘sishining uchta: bazaviy, inersion va optimistik ssenariylar bo‘yicha 2028-yilga qadar prognoz parametlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududlarda ekologik turizm salohiyatini barqaror rivojlantirishning metodologik uslubiy asoslarini takomillashtirishga oid olingan natijalar amaliyotga joriy etilgan, jumladan:
“Tabiatga sayohat” ekoturizmni rivojlantirish milliy dasturi asosida davlat qo‘riqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bog‘lari, pitomniklar, o‘rmon va o‘rmon-ov xo‘jaliklari, tog‘li va cho‘l hududlari hamda suv obektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida “Visitor center” tashrif markazining tashkil etilishi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PQ-21-sonli “O‘zbekiston Respublikasida ekologik turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyatida barqaror turizmni yanada rivojlantirish yuzasidan “Chora-tadbirlar rejasi”ga kiritilgan (Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 26-apreldagi 03-10-569-sonli ma’lumotnomasi). Taklifning amalga oshirilishi natijasida hududda 100 ming nafar xorijiy turistlar tashrifini tashkil etush imkoniyati vujudga keldi;
ekohududlarda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, turizm va unga yondosh infratuzilmani qurish, rekonstruksiya qilish uchun davlatning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda investisiya dasturiga kiritib borish asosida ekodestinatsiyalarda “Ziplayn” xizmatlari va “Taypark” ekstremal turizm majmuasini tashkil qilgan tadbirkorlik subektlari xarajatlarini qoplab berish tartibini takomillastirishi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PQ-21-sonli “O‘zbekiston Respublikasida ekologik turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyatida barqaror turizmni yanada rivojlantirish yuzasidan “Chora-tadbirlar rejasi”ga kiritilgan (Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 26-apreldagi 03-10-569-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mahalliy turistlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi ikki barobarga oshgan;
ekohududlarda joylashtirish vositalari, shu jumladan, muhofaza etiladigan hududlarda barpo etiladigan mehmonxona (kemping, glemping, ekouylar, o‘tovlar va b.), hunarmandchilik mahsulotlari, ovqatlanish va chakana savdo, osma dor yo‘llari va boshqa turdagi turistik obektlarni faqatgina ekologik toza hamda qayta ishlanadigan materiallardan barpo etishga qo‘yiladigan talablarni belgilash asosida “Yashil sayohat” (Green travel) milliy standart va sertifikatlash tizimini yaratish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PQ-21-sonli “O‘zbekiston Respublikasida ekologik turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyatida barqaror turizmni yanada rivojlantirish yuzasidan “Chora-tadbirlar rejasi”ga kiritilgan (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 26-apreldagi 03-10-569-sonli ma’lumotnomasi). Natijada hududlarda 500 mingdan ortiq mahalliy turistlar tashrifini tashkil etish imkoniyati yaratilgan;
ekohududlarning turizm infratuzilmasini rivojlantirish, ekohududlarda tashrif buyuruvchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar turlarini kengaytirish, shu jumladan, tog‘li va cho‘l hududlarda ekstremal turizmni rivojlantirish hamda yangi turizm xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, “Planting Tour” va “Plogging Tour” kabi ekoharakatlarni tashkil qilish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PQ-21-sonli “O‘zbekiston Respublikasida ekologik turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyatida barqaror turizmni yanada rivojlantirish yuzasidan “Chora-tadbirlar rejasi”ga kiritilgan (Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “Ekoturizm va ovchilikni rivojlantirish departamenti” davlat muassasining 2024-yil 23-apreldagi 01-07-03/240-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi, hududlarda ekologik resurslar salohiyatining samaradorligini oshirgan hamda ularni faol targ‘ib qilish, turistlarning ekotiristik destinatsiyalarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qilgan;
mamlakatimizga ekoturistlar oqimi hajmining barqaror o‘sishining uchta: bazaviy, inersion va optimistik ssenariylar bo‘yicha 2028-yilga qadar prognoz parametrlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar Turizm qumitasining “2024-2028-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” Dasturi va “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 26-apreldagi 03-10-569-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni amaliyotga joriy etish natijasida hududlarga kiruvchi turistlar soni ikki baravarga oshishi kutilmoqda.