Atamuratova Dilafruz Rashidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: O‘zbekistonda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtiroki (1991-2021 yy.), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar897.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:Matyakubova Muborak Madrimovna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Juraev Narzulla Qosimovich tarix fanlari doktori, professor; Koshanov Baxitbay Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ijtimoiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda yoshlarning roli hamda ishtirokining asosiy tendensiyalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlarga oid davlat siyosati tarixi davriy-siyosiy jihatdan ikki bosqichni qamrab olganligi, birinchi bosqichda bozor munosabatlariga kirayotgan davlatda yoshlarning ijtimoiy shakllanishini ta’minlovchi huquqiy baza, jamiyat hayotida ularning ishtirokini ta’minlashga sharoit yaratilganligi, ikkinchi bosqich, yangilangan O‘zbekistonda yoshlarning ilm-fan, tadbirkorlik faoliyatlarida ishtirok etishlari, iqtidorli yoshlarni saralash, ular orasida kitobxonlikni keng yoyish kabi tadbirlar belgilanganligi aniqlangan;
yoshlar masalasiga qanchalik ahamiyat berilmasin, belgilangan vazifalarni amalga oshirishda davlat, jamiyat va yoshlar o‘rtasidagi ziddiyatli holatlarni, kelajakda yoshlar bajaradigan va bajarishi lozim bo‘lgan vazifalarni, yoshlarning demokratiyaga asoslangan taraqqiyotining davlat-huquqiy mexanizmlarini yaratishni, yoshlarning huquqlarini amalga oshirishlarining kafolatlanishini, yoshlarning talablarini qondirish uchun moddiy asoslar vujudga keltirish hamda mavjud iqtisodiy zamin va ijtimoiy infrastrukturani hisobga olish zarurligi aniqangan;
yoshlarning jamiyatdagi o‘z o‘rnini belgilashga qaratilgan xohish istaklari o‘ziga xos ikki turdagi qarama-qarshi vaziyat: yangi munosabatlarga intilish, o‘z taraqqiyotini jamiyat rivoji bilan bog‘lash hamda yoshlar o‘rtasida boqimandalik, befarqlik, boshqaruv tizimlariga ishonchsizlik, barcha narsani men uchun davlat yaratib berishi lozim degan asosga qurilgan kayfiyat, yot g‘oyalar, ziddiyatlarga moyillik, o‘z ijtimoiy holatidan norozilik, kelajagiga ishonchsizlik, konfliktli vaziyat va holatlardan chiqib keta olmaslik, qonunlarni bilmaslik kabilarda ekanligi dalillangan;
yoshlar orasida axloqiy buzilishlar, turli jinoyatlar yoshlarni biror-bir faoliyat bilan shug‘ullanmaslik, bekorchilik, “margenallashuvi” yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni avj olishiga olib kelishi mumkinligi, ularni kamaytirish uchun ko‘rilgan chora-tadbirlarga qaramay yoshlarning jinoyatga qo‘l urishi kamaymaganligi aniqlangan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Islohotlarning bugungi tarixiy bosqichida yoshlarning jamiyat va davlat boshqaruvida ishtirokini kuchaytirish, ularning faolligi va fuqarolik pozisiyasini mustahkamlashga qaratilgan amaliy taklif va tadqiqot natijalari asosida:
yoshlarga oid davlat siyosati tarixi davriy-siyosiy jihatdan ikki bosqichni qamrab olganligi, birinchi bosqichda bozor munosabatlariga kirayotgan davlatda yoshlarning ijtimoiy shakllanishini ta’minlovchi huquqiy baza, jamiyat hayotida ularning ishtirokini ta’minlashga sharoit yaratilganligi, ikkinchi bosqich, yangilangan O‘zbekistonda yoshlarning ilm-fan, tadbirkorlik faoliyatlarida ishtirok etishlari, iqtidorli yoshlarni saralash, ular orasida kitobxonlikni keng yoyish kabi tadbirlar belgilanganligiga oid natijalardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Respublika yosh olimlar Kengashi tomonidan “Yoshlarni ilmiy-amaliy tadqiqotlarga jalb etishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi maxsus dasturni ishlab chiqishda  foydalanilgan (Respublika yosh olimlar Kengashining 2023-yilning 11-apreldagi 23/011-son ma’lumotnomasi). Natijada maxsus dasturga yoshlarga oid davlat siyosati tarixiga doir tajribalarni qo‘llash imkonini bergan;
yoshlar masalasiga qanchalik ahamiyat berilmasin, belgilangan vazifalarni amalga oshirishda davlat, jamiyat va yoshlar o‘rtasidagi ziddiyatli holatlarni, kelajakda yoshlar bajaradigan va bajarishi lozim bo‘lgan vazifalarni, yoshlarning demokratiyaga asoslangan taraqqiyotining davlat-huquqiy mexanizmlarini yaratishni, yoshlarning huquqlarini amalga oshirishlarining kafolatlanishini, yoshlarning talablarini qondirish uchun moddiy asoslar vujudga keltirish hamda mavjud iqtisodiy zamin va ijtimoiy infrastrukturani hisobga olish zarurligiga oid natijalardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Respublika yosh olimlar Kengashi tomonidan “Yoshlarni ilmiy-amaliy tadqiqotlarga jalb etishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi maxsus dasturni ishlab chiqishda  foydalanilgan (Respublika yosh olimlar Kengashining 2023-yilning 11-apreldagi 23/011-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi yoshlar masalasiga davlat-huquqiy mexanizmlarini qo‘llashga doir yangicha tamoyillarni tatbiq qilish imkon bergan;
yoshlarning jamiyatdagi o‘z o‘rnini belgilashga qaratilgan xohish istaklari o‘ziga xos ikki turdagi qarama-qarshi vaziyat: yangi munosabatlarga intilish, o‘z taraqqiyotini jamiyat rivoji bilan bog‘lash hamda yoshlar o‘rtasida boqimandalik, befarqlik, boshqaruv tizimlariga ishonchsizlik, barcha narsani men uchun davlat yaratib berishi lozim degan asosga qurilgan kayfiyat, yot g‘oyalar, ziddiyatlarga moyillik, o‘z ijtimoiy holatidan norozilik, kelajagiga ishonchsizlik, konfliktli vaziyat va holatlardan chiqib keta olmaslik, qonunlarni bilmaslik kabilarda ekanligi bilan bog‘liq natijalardan “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining “Ta’lim va taraqqiyot” va “Millat va ma’naviyat” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan(O‘zbekiston Milliy teleradikompaniyasining 2023-yil 12-apreldagi 04-36-552-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va uning zamonaviy davrdagi o‘zgarishlarga oid tasavvurlarini kengaytirishga imkon bergan;
yoshlar orasida axloqiy buzilishlar, turli jinoyatlar yoshlarni biror-bir faoliyat bilan shug‘ullanmaslik, bekorchilik, “margenallashuvi” yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni avj olishiga olib kelishi mumkinligi, ularni kamaytirish uchun ko‘rilgan chora-tadbirlarga qaramay yoshlarning jinoyatga qo‘l urishi kamaymaganligi aniqlangan “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining “O‘zbekiston yoshlari” dasturlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradikompaniyasining 2023-yil 12-apreldagi 04-36-552-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi teletomoshabinlarni yoshlarning bo‘sh vaqtini unumli foydalanish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida yaqindan tanishtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish