Nishanova Dildora Komiljanovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Husomuddin Axsikatiy ilmiy merosining Farg‘ona fiqh maktabidagi o‘rni”, 24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi (tarix fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tar694.
Ilmiy rahbar: Kariev Adil Ahmadjanovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Saidov Akmal Xolmatovich yuridik fanlari doktori, professor, akademik; Hidirova Nargiza Urinovna tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Husomuddin Axsikatiyning Farg‘ona fiqh maktabi usul al-fiqh ilmi rivojidagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Muntaxab al-Husomiy” asarida fiqhiy masalalar echimida keltirilgan “va”(و) , “av” (أو), “hatto”(حتي), “fa” (ف), “alo” (علي), “min” (من) bog‘lovchi va ko‘makchilari jumlaning ma’nosiga ta’sir ko‘rsatishiga doir ko‘rsatmalar keyingi davr faqihlariga qo‘llanma vazifasini bajarganligi Muhammad ibn Ilyos Maymirg‘iy, Muhammad Navhoboziy Hanafiy, Jaloliddin Iydiy, ibn Muhammad Quboviy asarlari asosida  isbotlangan;
Husomuddin Axsikatiy boshqa usul olimlaridan farqli ravishda har bir mavzuga qisqa kirish va izoh hamda qisqartmalarni qo‘llash orqali o‘quvchiga oson tushunish va fahmlashga ko‘maklashuvchi uslubni joriy etgani dalillangan;
Husomuddin Axsikatiy an'naviy fiqhiy manbalardan farqli ravishda shar’iy hukmlarning asosini aniqlashda haqiqatul istilohiya (حقيقة الاصطلاحية) ning o‘rniga Qur’on va sunnat lafzlarini o‘z ma’nosida qo‘llash uchun  haqiqatu shar’iya (حقيقة شرعية) ni kiritgani  aniqlangan;
“Muntaxab Husomiy” asarida iste’foda etilgan “bizning nazdimizda” (“عندنا”), “biz aytamiz” (“نقول”), “insonlardan ba’zilari” (“ومن الناس”), “afzal” (“أفضل”) kabi so‘zlari “Usuli Saraxsiy” (“أصول السرخسي”), “Usuli Bazdaviy” (“أصول البزدوي”) asarlariga tayanib keltirilganligi va ular qat’iy hukmlarni belgilashga asos bo‘lgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Husomuddin Axsikatiy ilmiy merosining Farg‘ona fiqh maktabi rivojidagi o‘rni bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“Muntaxab al-Husomiy” asarida fiqhiy masalalar echimida keltirilgan “va”(و) , “av” (أو), “hatto”(حتي), “fa” (ف), “alo” (علي), “min” (من) bog‘lovchi va ko‘makchilari jumlaning ma’nosiga ta’sir ko‘rsatishiga doir ko‘rsatmalar keyingi davr faqihlari: Muhammad ibn Ilyos Maymirg‘iy, Muhammad Navhoboziy Hanafiy, Jaloliddin Iydiy, ibn Muhammad Quboviy asarlariga qo‘llanma vazifasini bajarganligi to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar buyurtma asosida tayyorlangan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ta’sis etilgan grant loyihasi doirasida nashr qilinayotgan allomalar ilmiy merosiga oid kitoblarda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2024-yil 15-mart 02/104-sonli ma’lumotnomasi). Shu bilan birga  «Farg‘onaning qadimgi va o‘rta asrlar davri shahar madaniyati (Axsikent Xaylom va Koson) yozma manbalaridan iborat mul`timedia mahsulotini yaratish» mavzusidagi loyiha doirasida nashr qilingan tizimli elektron kitoblar mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining 2022-yil 15-avgustdagi 01-03-19/141-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bu «Muntaxab  Husomiy» asarining o‘ziga xos jihatlari haqidagi ma’lumotlarning ilmiy jamoatchilikka etib borishiga xizmat qilgan;
“Muntaxab Husomiy” asarida iste’foda etilgan “bizning nazdimizda” (“عندنا”), “biz aytamiz” (“نقول”), “insonlardan ba’zilari” (“ومن الناس”), “afzal” (“أفضل”) kabi so‘zlari “Usulu-s-Saraxsiy” (“أصول السرخسي”), “Usulu-l-Bazdaviy” (“أصول البزدوي”) asarlariga tayanib keltirilganligi va ular qat’iy hukmlarni belgilashga asos bo‘lgani aniqlanganligi to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan «O‘zbekiston tarixi» telekanalida efirga uzatiladigan «Taqdimot» hamda «Javohir» ko‘rsatuvlari senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 15-avgustdagi 02-06-1306-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kishilarning fiqhiy masalalarga oid savollariga javob olishda ulamolar fatvosi muhim ahamiyat kasb etishi amaliyotga tatbiq etilgan;
Husomuddin Axsikatiy boshqa usul olimlaridan farqli ravishda har bir mavzuga qisqa kirish va izoh hamda qisqartmalarni qo‘llash orqali o‘quvchiga oson tushunish va fahmlashga ko‘maklashuvchi uslubni joriy etgani dalillangani xususidagi ilmiy xulosalar buyurtma asosida tayyorlangan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan “Movarounnahrlik 10 faqih” risolasi yaratilishida hamda Akademiya huzuridagi Malaka oshirish markazida diniy soha xodimlari uchun tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda diniy-ma’rifiy soha xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzusidagi malaka oshirish kurslari o‘quv dasturlari, ma’ruza matnlari va tezislarini ishlab chiqishda keng foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2024-yil 18-martdagi 02-02/845-sonli ma’lumotnomasi). Shuningdek, Axsikent-ochiq osmon ostida tashkil qilingan muzey faoliyati doirasida «Axsikent allomalari ilmiy merosi» nomli tizimli kitob mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Axsikent” xalqaro ilmiy-tadqiqot jamoat birlashmasining 2022-yil 13-avgustdagi 71/08-22-son ma’lumotnomasi).  Natijada, allomalar ilmiy merosi orqali mutashobih oyatlarni noto‘g‘ri talqin etuvchi toifalarning qarashlariga ilmiy raddiyalar berishda yordamchi manba bo‘lib xizmat qilgan;
Husomuddin Axsikatiy an’anaviy fiqhiy manbalardan farqli ravishda shar’iy hukmlarning asosini lug‘aviy kontekstda aniqlashda haqiqatul istilohiya (حقيقة الاصطلاحية)ning o‘rniga Qur’on va sunnat lafzlarini o‘z ma’nosida qo‘llash uchun  haqiqatu shar’iyya (حقيقة شرعية)ni kiritgani  aniqlangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan fiqhiy atamalarni noto‘g‘ri talqin qilishni oldini olish bilan birga jaholatga qarshi ma’rifat, fan va madaniyat, ma’naviy barqarorlikka erishish kabi profilaktika va targ‘ibot-tashviqot ishlar samaradorligini oshirishga ilmiy manba bo‘lib xizmat qilmoqda. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiya markazining 2024-yil 14-martdagi 06-07/44-sonli ma’lumotnomasi hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 30-noyabrdagi 435-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Husomuddin Axsikatiyning uslubi shariat ko‘rsatmalarining asosini tashkil qilishi haqidagi qarashlari keng jamoatchilikka etkazishda muhim ahamiyat kasb etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish