Jumaniyazova Firuza Jumanazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Ikkinchi jahon urushi yillarida Xorazm xotin-qizlari hayoti va faoliyati, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1088.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Rahmanova Yulduzxon Madirimovna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Xorazm Ma’mun akademiyasi.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Babajonova Dilorom Bobojonovna tarix fanlari doktori, professor; Qarlibaev Makset Abdibaevich, tarix fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ikkinchi jahon urushi davrida Xorazm viloyati xotin-qizlarining mehnat faoliyatini tarixiy tadqiqotlar va arxiv hujjatlari asosida har tomonlama o‘rganish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ikkinchi jahon urushi arafasida xotin-qizlarning, viloyatda engil sanoat ancha sust rivojlanganligi, bu sohaning ayrim (paypoqlar, ichki va ustki kiyimlar ishlab chiqarish) yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yilmaganligi, to‘quvchilik, tikuvchilik, ip gazlama ishlab chiqarishning past rivojlanganligi sababli, viloyat iqtisodiyotini harbiy asosda qayta qurishda qiyinchiliklarga duch kelganligi va bu ayollarning mashaqqatli mehnatlari (yangi mehnat rejimi joriy qilindi, ish kuni uzaytirildi, ishdan keyin qolib ishlash joriy etildi, mehnat ta’tillari, dam olish kunlari bekor qilindi) evaziga amalga oshirilganligi isbotlangan;       
urush yillarida xorazmlik ayollarining qishloq xo‘jaligi sohasidagi mehnat faoliyati asosiy ishchi kuchi hisoblangan erkaklarning frontga safarbar etilishi sababli, xotin-qizlar zimmasiga yangi kasblarni (traktorchi, mexanik, tokar, slesar kabi) o‘zlashtirish, qiyin vazifalarni bajarishga davr va vaqt taqozo qilganligi, texnikaning etishmasligi, qo‘l mehnatining ustunligi, buning oqibatida viloyatning qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish rejalarining to‘liq va belgilangan muddatlarda bajarilishiga to‘sqinlik qilganligi dalillangan;    
Xorazmning transport-logistik tizimini taraqqiy qilmaganligi, front orti mehnat sharoitlari yanada qiyinlashgan bo‘lishiga qaramasdan, viloyat ayollarining frontni oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan ta’minlash, mudofaa fondini yaratishga qo‘shgan hissalari arxiv ma’lumotlari asosida ochiqlangan;
Viloyat harbiy qismlaridan ro‘yhatdan o‘tib frontga (305 nafar) jo‘natilgan, qo‘shni davlatlardan urushga (37 nafar) safarbar qilingan, qurilish batalonlariga (580 nafar) yuborilgan xorazmlik xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniqlanib, arxiv materiallari ilmiy muomalaga kiritilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Xorazm viloyati xotin-qizlarining frontlarda va front ortidagi tutgan o‘rni mavzusi bo‘yicha chiqarilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Ikkinchi jahon urushi arafasida xotin-qizlarning, viloyatda engil sanoat ancha sust rivojlanganligi, bu sohaning ayrim (paypoqlar, ichki va ustki kiyimlar ishlab chiqarish) yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yilmaganligi, to‘quvchilik, tikuvchilik, ip gazlama ishlab chiqarishning past rivojlanganligi sababli, viloyat iqtisodiyotini harbiy asosda qayta qurishda qiyinchiliklarga duch kelganligi va bu ayollarning mashaqqatli mehnatlari (yangi mehnat rejimi joriy qilindi, ish kuni uzaytirildi, ishdan keyin qolib ishlash joriy etildi, mehnat ta’tillari, dam olish kunlari bekor qilindi) evaziga amalga oshirilganligiga oid natijalardan respublika miqyosida yoshlar va harbiylar o‘rtasida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarida, Ma’naviyat va harbiy vatanparvarlik festivallarini o‘tkazish jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023-yil 3-martdagi 02/10-582-sonli ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar Ikkinchi jahon urushi yillarida jang maydonlarida hamda front orti ijtimoiy va xo‘jalik jabhalarida xotin-qizlarning o‘rnini to‘laqonli va haqqoniy tushunish imkonini bergan;
urush yillarida xorazmlik ayollarining qishloq xo‘jaligi sohasidagi mehnat faoliyati asosiy ishchi kuchi hisoblangan erkaklarning frontga safarbar etilishi sababli, xotin-qizlar zimmasiga yangi kasblarni (traktorchi, mexanik, tokar, slesar kabi) o‘zlashtirish, qiyin vazifalarni bajarishga davr va vaqt taqozo qilganligi, texnikaning etishmasligi, qo‘l mehnatining ustunligi, buning oqibatida viloyatning qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish rejalarining to‘liq va belgilangan muddatlarda bajarilishiga to‘sqinlik qilganligiga oid qarashlardan viloyatimizda yoshlarni madaniy, tarixiy an’analarimizga hurmat, Vatanga muhabbat, insonparvar g‘oyalarga sadoqat ruhida tarbiyalash, qizlarni oilaviy turmushga tayyorlash, xotin-qizlar va harbiylar o‘rtasida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarida, ma’naviyat va harbiy vatanparvarlik festivallarida samarali foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023-yil 31-martdagi 4/1/240-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bu borada chiqarilgan xulosalar madaniy-tarixiy merosni o‘rganish va tadqiq qilish borasidagi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni hayotga tatbiq qilish jarayonida muhim amaliy ahamiyat kasb etgan;
Xorazmning transport-logistik tizimini taraqqiy qilmaganligi, front orti mehnat sharoitlari yanada qiyinlashgan bo‘lishiga qaramasdan, viloyat ayollarining frontni oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan ta’minlash, mudofaa fondini yaratishga qo‘shgan hissalari arxiv ma’lumotlari asosida ochiqlanganligiga oid natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK qoshidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023-yil 17-martdagi 06-28-94-sonli ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarga o‘z shaxsiy jasoratlari bilan shon-shuhratga sazovor bo‘lgan xotin-qizlarning urush yillari faoliyati o‘ta zahmatli mehnatlarini ko‘rsatib berishga imkon bergan;
Viloyat harbiy qismlaridan ro‘yhatdan o‘tib frontga (305 nafar) jo‘natilgan, qo‘shni davlatlardan urushga (37 nafar) safarbar qilingan, qurilish batalonlariga (580 nafar) yuborilgan xorazmlik xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniqlanib, arxiv materiallari ilmiy muomalaga kiritilishi bilan bog‘liq natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK qoshidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023-yil 17-martdagi 06-28-94-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar o‘ta zahmatli mehnatlari bilan, shubhasiz, o‘z shaxsiy jasoratlari bilan shon-shuhratga sazovor bo‘lgan xotin-qizlarning urush yillari faoliyati xalqimizning ma’naviy ildizlarini mustahkamlashda va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish