Teshabaeva Odina Nasridinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turistik korxonalar raqobatbardoshligini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.13 – “Menejment” va 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3128
Ilmiy rahbar: Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc 03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar: Rasmiy opponentlar sifatida i.f.d.,dots.Aripov Oybek Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Mamayusupova Dilovarxon Begmatovnalar, yetakchi tashkilot sifatida esa Namangan muhandislik texnologiyalar instituti tavsiya etilsin.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik texnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turistik korxonalar raqobatbardoshligini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Uslubiy yondashuvga ko‘ra “turistik raqobatbardoshlik” tushunchasi to‘lov qobiliyati, daromadlilik, strategik boshqaruv, turizm boshqaruvining moslashuvchanligi, moliyaviy boshqaruv shaffofligi, biznesni boshqarish, investision jozibadorlik kabi xususiyatlarni konsetratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
Farg‘ona viloyatida joylashgan “Afsona Travel” (10,41 koeffisient), “Fresh tour” (10,35 koeffisient) va “Al Samarqand Travel” (9,34 koeffisient) turistik korxonalarida ta’sir etuvchi omillar darajasi va vaznini o‘zida umumlashtiruvchi raqobatbardoshlikning integral ko‘rsatkichini aniqlash uslubiyoti takomillashtirilgan;
Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Farg‘ona tumanining Shohimardon qishlog‘i va So‘x tumanlarida ekstremal turizm (alpinizm, kanoeda eshkak eshish, rafting) sayohatlarini tashkil etish orqali hududlarida turistik korxonalar raqobanbardoshligini ta’minlashning funksional boshqaruv mexanizmlari asoslangan;
Turistik xizmatlardan olingan daromadlar hajmining 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uslubiy yondashuvga ko‘ra “turistik raqobatbardoshlik” tushunchasi to‘lov qobiliyati, daromadlilik, strategik boshqaruv, turizm boshqaruvining moslashuvchanligi, moliyaviy boshqaruv shaffofligi, biznesni boshqarish, investision jozibadorlik kabi xususiyatlarni konsetratsiyalash asosida takomillashtirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 25-iyuldagi 05-12-15-5445-sonli ma’lumotnomasi) Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida turistik korxonalarning raqobatbardoshlik omillarining integral ko‘rsatkichi orqali qiyosiy baholash natijalari aniqligi ortgan;
Farg‘ona viloyatida joylashgan “Afsona Travel” (10,41 koeffisient), “Fresh Tour” (10,35 koeffisient) va “Al Samarqand Travel” (9,34 koeffisient) turistik korxonalarida ta’sir etuvchi omillar darajasi va vaznini o‘zida umumlashtiruvchi raqobatbardoshlikning integral ko‘rsatkichini aniqlash uslubiyoti takomillashtirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 25-iyuldagi 05-12-15-5445-sonli ma’lumotnomasi) Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zbek’iston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida amalga oshiriladigan ishlar yo‘nalishida Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida “Turizm klasteri” faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlab chiqilgan ko‘p variantli ssenariylar optimalligiga erishilgan;
Farg‘ona tumanining Shohimardon qishlog‘i va So‘x tumanlarida ekstremal turizm (alpinish, kanoeda eshkak eshish, rafting) sayohatlarini tashkil etish asoslangan.(O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 25-iyuldagi 05-12-15-5445-sonli ma’lumotnomasi) Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida turistik korxonalarni majmuaviy asosda rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha korxonalarda yaxlit majmua yaratish yuzasidan raqobatbardoshlikning muhim differensiatorlari konseptual modeli asosida turistik korxonalar majmuini strategik rivojlantirish hamda ularning raqobatbardoshligi va barqarorligini ta’minlash darajasi 10-12 foizga ortgan;
Turistik xizmatlardan olingan daromadlar hajmining 2027 - yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 25-iyuldagi 05-12-15-5445-sonli ma’lumotnomasi) Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida turistik korxonalarda tadbirkorlik faoliyatining istiqbolda daromadlari bo‘yicha 2,2 marta ijobiy samarasiga erishish imkoniyati yaratilgan.