Azamatova Gulmira Bayirbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston xotin-qizlarining mehnat migratsiyasi tarixi (1991–2021-yy.)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tar451
Ilmiy rahbar: Yunusova, Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Murtazaeva Rahbar Xamidovna, tarix fanlari doktori, professor; Djuraeva Nilufar Daliboevna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991–2021-yillarda O‘zbekiston xotin-qizlarining mehnat migratsiyasi tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Iqtisodi rivojlangan davlatlarda xotin-qizlar rolining jamiyat hayotidagi ishtirokini faollashuvi natijasida uydagi vazifalarni malaka talab qilmagan, oz maoshga ishlashga rozi bo‘lgan, past darajadagi daromadga ega davlatlardan kelgan xotin-qizlarga topshirishi migratsiyaning feminazatsiyalashuviga olib kelganligi hamda xotin-qizlarning individul ravishda ishlash uchun chiqib ketishi, natijada mehnat migratsiyasidan tortib, odam savdosi, siyosiy boshpanagacha bo‘lgan holatlarda xotin-qizlarning soni ortib borganligi dalillangan;
mehnat migrantlari bo‘lgan ayollarni mehnatidan noqonuniy foydalanish, mehnat vazifalarini bajarish chog‘ida kamsitish, zo‘ravonlik va tazyiqqa uchrashi, ko‘ngil ochish, dam olish sohalarida ayol migrantlarni moddiy rag‘batlashtirish orqali ixtiyoriy jinsiy xizmat ko‘rsatish qurbonlari sifatida majburlash holatlarining oshishi bandlikni norasmiy, yashirin shakli bo‘lib qolayotganligi aniqlangan;
ayollarning ba’zi ehtiyojmand qatlamlarida malaka darajasining pastligi, biror kasb-hunarga ega emasligi, oiladagi nosog‘lom muhitga tushib qolgan ayollar orasida ishsizlik muammolari kabilar mustaqillikning dastlabki yillaridan xotin-qizlarning respublikadan xorijga mehnat migranti sifatida chiqib ketishiga sabab bo‘lganligi, ularni ko‘pincha noqonuniy maqomga tushib qolishi, ish topib berish yo‘li bilan aldab xorij davlatlarida odam savdosi qurboniga aylanib borishida o‘zbek ayollarining ishtiroki bo‘lganligi dalillangan;
O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida uch oydan ortiq vaqt davomida xorijda bo‘lib kelgan ayollarni OIV infeksiyasiga tekshirish, ularga psixologik yordam, yuridik maslahat  berish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga ko‘maklashish amalga oshirilganligi, biroq ulardan unumli foydalanish istagidan yiroq bo‘lgan ayollarning yana xorijga chiqib ketish istagi yuqoriligi, migratsiya oqimini to‘xtatib bo‘lmasligi bois keyingi yillarda xorijda ishlayotgan mehnat migrantlari bilan muloqot o‘rnatib, chet elda yashab, ishlashga nisbatan O‘zbekistonda qolib ishlash uchun qulay muhit yaratish zarurligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston xotin-qizlarining mehnat migratsiyasi tarixi(1991–2021-yy.) bo‘yicha bajarilgan tadqiqot yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
    O‘zbekiston Respublikasidagi migratsiya jarayonlari, jumladan, aholining respublikadan tashqari migratsiyasiga oid natijalar tahlili bo‘yicha olingan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy mavzusidagi “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini tuzish va tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2021-yil 12-yanvardagi 02-40-40-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvda tashqi va ichki ta’sirlarning kuchayishi natijasida ro‘y berayotgan migratsiya jarayonlarida O‘zbekiston, xususan, xotin-qizlarning ishtiroki masalalari teletomoshabinlarga ta’sirli etkazilib, bugungi obod va farovon hayotning qadriga etish, shukronalik tuyg‘usining mustahkamlanishiga xizmat qilgan.
O‘zbekistonda xotin-qizlar migratsiyasi, uning xususiyatlari, aholi migratsiyasiga ta’sir etgan ijtimoiy-iqtisodiy omillar, O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida xorijda ishlayotgan fuqarolarga nisbatan, xususan, xotin-qizlarning migratsiya jarayonlardagi ishtiroki, ularning qonuniy asosda ishlashi, muammo va ehtiyojlarini o‘rganish hamda hal qilish, ta’lim olishi, ijtimoiy sug‘urtadan foydalanishi, oila a’zolari yashash sharoiti, mehnat faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratish, davlat tomonidan beriladigan moliyaviy yordam, hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish kabi masalalarni tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish borasida yangi tizim joriy qilinganligi haqidagi natijalardan Jizzax viloyati bandlik bosh boshqarmasi viloyatning Zarbdor, Arnasoy, Do‘stlik, Sharof  Rashidov tumanlarida xotin-qizlar mehnat migratsiyasi, ularning bandligiga bag‘ishlanib o‘tkazilgan tadbirlarda (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 26-dekabrdagi 04/00-01/09-1177- son ma’lumotnomasi) foydalanilgan.
Aholi migratsiyasiga ta’sir etgan ijtimoiy omillar, ayollar migratsiyasi xususiyatlari, yangi O‘zbekiston sharoitida xorijdagi mehnat migrantlariga nisbatan davlat siyosati, xotin-qizlarning mehnat migratsiyasidagi ishtiroki, ular mehnatining qonuniy asoslarining yaratilishi, xorijda ta’lim olishi, ijtimoiy sug‘urtadan foydalanish, migrantlar oila a’zolarining muammo va ehtiyojlari, moliyaviy ko‘maklashish, salomatligini nazorat qilish kabi davlat siyosatiga oid natijalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “O‘zbekiston” radiosi “Jarayon” eshittirishining ssenariysini shakllartirishda  foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 26-dekabrdagi O‘z/RV-32-22-son ma’lumotnomasi). Bu fuqarolarda noqonuniy mehnat migratsiyasining salbiy oqibatlari, va mehnat migrantlariga hukumat tomonidan yaratilgan sharoitlarni bilib olishlariga imkon berdi.
Nosog‘lom oila muhitiga tushib qolgan ayollar, ular orasida ishsizlik muammolari va iqtisodiy ehtiyoji, xotin-qizlarning tashqi mehnat migratsiyasidagi  ishtiroki, odam savdosi qurboniga aylangan ayollar haqida ma’lumotlar to‘plash va ijtimoiy takomillashuviga ko‘maklashish, shuningdek xotin-qizlarning odam savdosi qurboniga aylanib qolishining oldini olish maqsadida olib borilgan davlat siyosatiga oid natijalaridan Jizzax viloyatining G‘allaorol, Zarbdor, Paxtakor, Forish tumanlarida o‘tkazilgan davra suhbatlarida, tuman xotin-qizlar bo‘limlarining yo‘l xaritalarini tuzishda foydalanilgan (Jizzax viloyati hokimligining 2023-yil 3-iyuldagi 07-326-sonli ma’lumotnomasi). Bu xotin-qizlar o‘rtasida odam savdosining oqibatlari, migratsiya jarayonlarida turli aldov holatlariga tushib qolayotgan ayollar haqidagi ma’lumotlarni va odam savdosiga qarshi hukumat olib borayotgan siyosatning tub mohiyatini tushunib olishlariga imkon berdi. Ushbu ma’lumotlar mahalliy aholi va xorijga borib ishlovchilarda hukumat tomonidan yaratilgan sharoitlar bilan kengroq tanishishlariga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish