Sharipova Guzal Usmonbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Istoriya politiki religioznoy tolerantnosti v gosudarstvennoy sisteme Malayzii”. 07.00.04 – Dinshunoslik (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2020.4.PhDc/Tar816
Ilmiy rahbar: Nizametdinov Najmiddin Gulyamovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Muhammadsiddiqov Muhammadolim Muhammadroziq o‘g‘li siyosiy fanlar doktori, professor; Karimova Natalya Ermanovna tarix fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Malayziya davlat tizimidagi diniy bag‘rikenglik siyosati tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Etno-konfessional xilma-xillik doirasida etnik va diniy identifikatsiyalashni ta'minlaydigan huquqiy maydonda  "Rukunegara" (“Rukunegara” — Milliy tamoyillar) dasturi, diniy jihatidan esa "Ahl az-zimma" (homiylik ostida — “أهل الذمة”) bilan sharhlab berilgan Malayziya diniy bag‘rikenglik siyosati siyosiy va diniy jihatdan qo‘llanilishi aniqlangan;
Malakka arxipelagida yashovchi etnik xitoyliklar konfusiylik diniy qadriyatlarini saqlab qolganlari tufayli malay erlik aholisining «Szin yuy lou chun» (襯齟輳) madaniyatini shakllantirishga etnik hindularga qaraganda ko‘proq hissa qo‘shgani aniqlandi;
Malakka arxipelagida xitoyliklar diasporasining konservativ tabiatiga qaramay, Pinang orolida (Ka-Satu) talassokratiya (θάλασσα  κράτος – dengiz hukmronligi) tufayli «baba-nyonya» (娘惹巴巴) deb nomlanuvchi etno-konfessional guruh shakllangani, aynan shu guruh «peranakan» (peranakan), ya’ni bag‘rikenglik madaniyati  vujudga kelishiga sabab bo‘lgani isbotlandi;
irqiy va diniy integratsiya uchun Malayziya hukumati mamlakat hududida «Suvarnabxumi» (“सुवर्णभूमि” — oltin zamin) tamoyilini ilgari surdi va shu orqali tillarning xilma-xilligini saqlagan holda noyob lingvistik muhitni rivojlantirishga, mamlakatda 134 tilning (112 tasi mahalliy xalqlar tili, 22 tasi nomahalliy xalqlar tili) mavjudligiga erishgani aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Malayziya davlat tizimida diniy bag‘rikenglik siyosati tarixini o‘rganish natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va tavsiyalar quyidagicha qo‘llanildi:
Malayziyada diniy bag‘rikenglik siyosati huquqiy va diniy jihatlar prizmasi orqali qo‘llanishi, chunonchi huquqiy sohada bu – “Rukunegera” dasturi (“Rukunegera” – Milliy tamoyillar), diniy sohada – Axl-az-zimma (birovning zimmasidagi shaxs – “أهل الذمة”) dasturi etnik va konfessional xilma-xillik maydonida etnik va diniy o‘ziga xoslikni (identiklikni) himoya qilish mexanizmi ekanini asoslagan qiyosiy-tahliliy ma’lumotlar Imom Buxori xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston – bag‘rikengik diyori” kitobi mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxori xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2024-yil 11-yanvardagi 02/14-sonli ma’lumotnomasi). Natijada olingan ma’lumotlar o‘quvchilarga Malayziya davlat siyosatini shakllantirish jarayoni va uning diniy bag‘rikenglik sohasidagi roli to‘g‘risida tasavvur hosil qilishga yordam berdi;
Malayziya polikonfessional jamiyatida, Malakka arxipelagida yashovchi etnik xitoyliklar konfusilik diniy qadriyatlarini saqlab qolganlari tufayli malay erlik aholisining «Szin yuy lou chun» (襯齟輳) madaniyatini shakllantirishga etnik hindularga qaraganda ko‘proq hissa qo‘shgani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar “Janubi-Sharqiy Osiyoning diniy va falsafiy ta’limotlari” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2024-yil 15-yanvardagi 02-02/02/1/95-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, keltirilgan ma’lumotlar Malayziyadagi xitoy etnik diasporasi diniy qarashlarining ustuvor yo‘nalishlarini yoritishga yordam berdi;
Malakka arxipelagida xitoylik diasporaning konservativ tabiatiga qaramay Palang orolida (Ka-Satu) talassokratiya (θάλασσα  κράτος – dengiz hukmronligi) tufayli «baba-nyonya» (娘惹巴巴) deb nomlanuvchi etno-konfessional guruh shakllangani, aynan shu guruh «peranakan» (peranakan), ya’ni bag‘rikenglik madaniyati  vujudga kelishiga sabab bo‘lgani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatida samarali foydalanildi, “Jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi taraqqiyotiga hissa qo‘shgan ajdodlar ilmiy merosini tadqiq etish hamda yangi yuksalish davridagi yutuqlarni targ‘ib qilish” bo‘yicha targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazining 2024-yil 16-yanvardagi 08/17/24-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar etno-konfessional madaniyat tarixi haqidagi bilimlarni shakllantirishga, yosh avlod ongida bag‘rikenglik tamoyillarini tarbiyalash va mustahkamlashga xizmat qiladi;
Malayziya davlat tizimida diniy bag‘rikenglik muammosini shakllantirishda qo‘llaniladigan ilmiy xulosalar, manbalar va nazariy-tahliliy ma’lumotlar “Suvarnabhumi” ta’sirini (“सुवर्णभूमि” – oltin o‘lka) ko‘rib chiqishda atrof-muhitning o‘ziga xos rivojlanishiga xizmat qiluvchi elementlarni nazarda tutadi. Mamlakatda 134 ta tilning xilma-xilligi, ulardan 112 tasi tub xalqlar va 22 tasi tub bo‘lmagan xalqlar haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”ning V yo‘nalishi “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat” targ‘ibotida foydalanilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2024-yil 4-apreldagi 02-08/914-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan xulosalar natijasida Malayziyaning ko‘p madaniyatli jamiyatining tarixiy rivojlanishi ko‘rsatkichlarining muvofiqligi va aniqligini ta’minlash imkoniyati paydo bo‘ldi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish