Beknazarova Gulnara Jumabaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Aqlli qishloq xo‘jaligini shakllantirish sharoitida chorvachilikni rivojlantirish istiqbollari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi misolida)”, 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2883.
Ilmiy rahbar: Sauxanov Janibek Kazievich, iqtisodiuot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaev Kayrulla, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rixsimbaev Odiljon Kabildjanovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aqlli qishloq xo‘jaligini shakllantirish sharoitida chorvachilikni rivojlantirish istiqbollarini asoslash va soha samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘ziga xos xususiyatlari, mahsulot ishlab chiqarish samaradorligi, yaylovlar va cho‘llarda mahsulot etishtirish imkoniyatlari kabi omillarni e’tiborga olgan holda fanlararo tadqiqot natijalariga ko‘ra chorva mollari uchun samarali ratsionni tanlash algoritmi taklif qilinib, maqsadli axborot tizimi ishlab chiqilgan va xavfsizligi ta’minlash choralari asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida aqlli qishloq xo‘jaligini shakllantirish sharoitida etishtiriladigan chorvachilik mahsulotlari qiymatining 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
mintaqada aqlli qishloq xo‘jaligini shakllantirish sharoitida yirik shoxli qoramollar va sigirlar bosh sonining o‘rta muddatli davrda prognoz ko‘rsatkichlari asoslangan;
chorvachilikda sut etishtirish samaradorligi va sifatini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari optimal ozuqa ratsioniga ko‘ra aniqlashtirilgan va mintaqada etishtiriladigan sut hajmining 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aqlli qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning chorvachilikni taraqqiyotini ta’minlash va istiqbollarini belgilashga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy natijalar asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘ziga xos xususiyatlari, mahsulot ishlab chiqarish samaradorligi, yaylovlar va cho‘llarda mahsulot etishtirish imkoniyatlari kabi omillarni e’tiborga olgan holda fanlararo tadqiqot natijalariga ko‘ra chorva mollari uchun samarali ratsionni tanlash algoritmi, axborot tizimi va xavfsizlik choralari xo‘jalik subektlari tomonidan amaliyotga joriy qilingan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 7-martdagi 01/013-906-son ma’lumotnomasi). Takliflar aqlli qishloq xo‘jaligini shakllantirishga ta’sir qiluvchi omillar ta’sirini miqdoriy baholash va salbiy oqibatlarini kamaytirishga, chorvani oziqlantirish hamda sut etishtirishni optimallashtirish, sifat meyorlariga ko‘ra sut olish, vaznni hisobga olgan holda oziqlantirishni ratsionlashtirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida aqlli qishloq xo‘jaligini shakllantirish sharoitida etishtiriladigan chorvachilik mahsulotlari qiymati hamda yirik shoxli qoramollar va sigirlar bosh sonining 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan sohani istiqbolda rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini asoslashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 7 martdagi 01/013-906-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalari istiqbol davrida mavjud imkoniyatlarni ishlab chiqarishga jalb qilishni hisobga olgan holda chorva soni va mahsulot etishtirishning istiqboldagi prognoz qiymatlarini muayyan darajaga oshirishga xizmat qilgan;
chorvachilikda sut etishtirish samaradorligi va sifatini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari optimal ozuqa ratsioniga ko‘ra aniqlashtirilgan va mintaqada etishtiriladigan sut hajmining 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan sohani istiqbolda rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini asoslashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 7 martdagi 01/013-906-son ma’lumotnomasi). Prognoz natijalari istiqbol davrida mintaqada chorvani oziqlantirish va sut etishtirishni optimallashtirish va samaradorlikni oshirishga muayyan darajaga oshirishga xizmat qilgan.