Saidova Aziza Davlatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): « Ilmiy-texnik terminlarning lingvosemiotik mavqeyi va yasalish jarayonlari (ingliz tili misolida)», 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1213.
Ilmiy rahbar: Safarov Shahriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Gadoeva Mavluyda Ibragimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Jabborov Sherzod Xalikulovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilidagi ilmiy-texnik terminlarining lingvosemiotik mavqeyini belgilash va yasalishi bilan bog‘liq jarayonlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tili terminosistemasida terminologik so‘z yasalishi ongli tarzda kechadigan jarayon ekanligi, xoslangan so‘z yasovchi morfemalarni sohaviy terminologiyaga sun’iy ravishda kirishi, tushunchalarning ma’lum tasnifiy tizimi shu tushunchalarni lisoniy ifoda vositalarining muayyan tizimi bilan bog‘lashga imkon berishi inson kognitiv va lisoniy faoliyatining verballashuvi natijasida yuzaga kelishi isbotlangan;
termin yasalish jarayonining derivativ xarakteri terminologik birlikning matn rivoji doirasida voqelanishi, matn hosil qilish qonuniyatlari bilan belgilanishi, matnda funksional-uslubiy nuqtayi nazardan muvofiq va pragmatik yo‘nalgan bo‘lishi mazkur jarayon natijasi sifatida terminning ikkilamchi mahsulot ekanligi asoslangan;  
ingliz tili ilmiy-texnik terminlarining grammatik, leksik va frazeologik xususiyatlari semantik, struktural va funksional maydon konstituentlarining tasnifiy omillari ekanligi va ularning dominant komponent (yadro) atrofida birlashuvchi ikkilamchi (periferik) elementlar qo‘llanishini voqelantiruvchi kuch ekanligi aniqlangan;
ingliz tili leksikasining muhim qatlami hisoblangan sohalararo polisemantlar maxsus vazifa bajaruvchi so‘zlar sifatida ma’noning xoslanganligi, semasiologik chegaralarning aniqligi (bir ma’noliligi), intellektual sofligi, ya’ni,  maishiy so‘z qo‘llash uchun xarakterli bo‘lgan obrazlilik va emotsionallikdan mustasno xususiyatlariga ega ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilidagi ilmiy-texnik terminlarning lingvosemiotik mavqeyi va yasalish jarayonlarini aniqlashga doir tadqiqot natijalari asosida:
ingliz tili terminosistemasida terminologik so‘z yasalishi ongli tarzda kechadigan jarayon ekanligi, xoslangan so‘z yasovchi morfemalarni sohaviy terminologiyaga sun’iy ravishda kirishi, tushunchalarning ma’lum tasnifiy tizimini shu tushunchalarning lisoniy ifoda vositalarining muayyan tizimi bilan bog‘lashga imkon berishi inson kognitiv va lisoniy faoliyatining verballashuvi natijasida yuzaga kelishi oid nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 05-iyundagi 17.01/210-son ma’lumotnomasi). Natijada leksikografik amaliyotga oid tavsiyalar hamda terminlar yasalishining doimiy qoliplari va tarjima muqobillari aniqlanganligi ilmiy maqolalarni tayyorlash hamda ularning ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
termin yasalish jarayonining derivativ xarakteri terminologik birlikning matn rivoji doirasida voqelanishi, matn hosil qilish qonuniyatlari bilan belgilanishi, matnda funksional-uslubiy nuqtayi nazardan muvofiq va pragmatik yo‘nalgan bo‘lishi mazkur jarayon natijasi sifatida terminning ikkilamchi mahsulot ekanligiga oid nazariy va amaliy materiallardan Samarqand davlat chet tillar institutida amalga oshirilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 26-noyabrdagi 3319/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada terminlarning leksik-semantik, derivatsion xususiyatlari hamda terminotizimlar tadqiqi bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar ingliz tili mutaxassislik fanlari bo‘yicha virtual resurslar yaratish takomillashtirilgan;
ingliz tili ilmiy-texnik terminlarining grammatik, leksik va frazeologik xususiyatlari semantik, struktural va funksional maydon konstituentlarining tasnifiy omillari ekanligi va ularning dominant komponent (yadro) atrofida birlashuvchi ikkilamchi (periferik) elementlar qo‘llanishini voqelantiruvchi kuch ekanligi oid nazariy va amaliy materiallardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2020-2021 yillarda amalga oshirilgan Tempus Project 544161-TEMPUS-1-2013-1-UK- TEMPUS-JPCR  Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of Blended Masters Programmes” mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 26-noyabrdagi 3321/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘qituvchi va talabalarning tilshunoslik, tarjimashunoslik sohalaridagi bilimlarini oshirish hamda magistratura bosqichida ta’lim tizimini takomillashtirish va xalqarolashtirish maqsadida yaratilgan o‘quv qo‘llanmalarni shakllantirishda yangi yondashuv sifatida mazkur tadqiqotdagi tahlil amallari xizmat qilgan;
ingliz tili leksikasining muhim bir qatlami hisoblangan sohalararo polisemantlar maxsus vazifa bajaruvchi so‘zlar sifatida: ma’noning xoslanganligi, semasiologik chegaralarning aniqligi (bir ma’noliligi), intellektual sofligi, ya’ni,  maishiy so‘z qo‘llash uchun xarakterli bo‘lgan obrazlilik va emotsionallikdan mustasno xususiyatlariga ega ekanligi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2022 yil 25 noyabr kuni efirga uzatilgan “Assalom, Samarqand” ko‘rsatuvini navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 29-noyabr 448-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabin va tinglovchilarni bugungi kunda xorijiy tillarni o‘rganish hamda terminologik birliklarning shakllanishi, muloqot matnida faollashuv xususiyatlari bilan tanishtirishda muayyan darajada takomillashtiruvga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish