Ostonova Sanam Nematovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Marosimlar tasvirlangan ingliz va o‘zbek etnomadaniy kontekstlarini tarjimada berish usullari», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil649.
Ilmiy rahbar: Rajabov Dilshod Zaripovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Gadoeva Mavluyda Ibragimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Qayumov Olim Sadriddinivich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi marosimlar tasvirlangan ingliz va o‘zbek etnomadaniy kontekst turlarini va ularni tarjimada berish usullarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek marosimlariga oid matnlar asosan og‘zaki badiiy shaklda yaratilgani, poetik nutq hosilasi ekani, ularning har biri o‘ziga xos leksikaga egaligi va ushbu matnlar millat mentalitetiga xos bo‘lgan mantiqiy, lisoniy, madaniy-axloqiy tafakkurning verballashuv hodisasi sifatida namoyon bo‘lishi asoslangan;
har ikkala tilda marosimlar bilan bog‘liq matnlarda o‘sha xalq milliy-madaniy turmush tarzi, psixologiyasi, dunyoqarashi, orzu-istaklari, axloqiy-ta’limiy qarashlari etnofolkloristik, etnolingvistik, lingvososiologik, lingvokulturologik kabi lingvistik hamda ekstralingvistik omillar asosida vujudga kelishi isbotlangan;
qiyoslanayotgan tillardagi etnomadaniy kontekstlarning mavzuiy guruhlari o‘rtasidagi mushtaraklik urf-odat, rasm-rusumlar, e’tiqodiy qarashlar, tarixiy, maishiy, tabiat va taqvim bilan bog‘liq mavsumiy, to‘y, motamga asoslangan marosim matnlar misolida voqelanishi va ular o‘rtasidagi tafovutning tarixiy shartlanish sabablari dalillangan;
o‘zbek marosim matnlarining inglizcha tarjimasida etnomadaniy kontekstlar kompensatsiya, eksplikatsiya, generalizatsiya, leksik-semantik almashtirish kabi leksik; to‘liq muvofiqlik, qisman muvofiqlik va nomuvofiqlik kabi morfologik; permutatsiya, substitusiya, addisiya, tushirib qoldirish kabi sintaktik transformatsiya usullarining funksionallik samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Marosimlar tasvirlangan ingliz va o‘zbek etnomadaniy kontekstlarini tarjimada berish usullarini aniqlash asosida erishilgan natijalardan:
ingliz va o‘zbek marosimlariga oid matnlar asosan og‘zaki badiiy shaklda yaratilgani, poetik nutq hosilasi ekani, ularning har biri o‘ziga xos leksikaga egaligi va ushbu matnlar millat mentalitetiga xos bo‘lgan mantiqiy, lisoniy, madaniy-axloqiy tafakkurning verballashuv hodisasi ekanligiga oid nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, G002 “Qoraqalpoq fol’klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” hamda 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq fol’klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021-yil 14-martdagi 17.01/20-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillarida fol’klor matnlari, xususan, badiiy-etnografik mohiyatga ega marosim matnlarida marosim leksikasining qo‘llanishi, tarjima qilish muammo va echimlari, ularga xos shakliy va uslubiy belgilarni tarjimada saqlash yo‘llari ko‘rsatib berilgan;
har ikkala tilda marosimlar bilan bog‘liq matnlarda o‘sha xalq milliy-madaniy turmush tarzi, psixologiyasi, dunyoqarashi, orzu-istaklari, axloqiy-ta’limiy qarashlari etnofolkloristik, etnolingvistik, lingvososiologik, lingvokulturologik kabi lingvistik hamda ekstralingvistik omillar asosida vujudga kelishiga oid nazariy va amaliy materiallardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018 yillarda amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy taʼlim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 10-maydagi 1197/30.02.01- son maʼlumotnomasi). Natijada loyihA loyiha maqsadlaridan biri hisoblangan marosimlar tasvirlangan ingliz va o‘zbek etnomadaniy kontekstlarining asliyatdan tarjima qilinishi bilan bog‘liq masalalarga oydinlik kiritishga xizmat qilgan;
qiyoslanayotgan tillardagi etnomadaniy kontekstlarning mavzuiy guruhlari o‘rtasidagi mushtaraklik urf-odat, rasm-rusumlar, e’tiqodiy qarashlar, tarixiy, maishiy, tabiat va taqvim bilan bog‘liq mavsumiy, to‘y, motamga asoslangan marosim matnlar misolida namoyon bo‘lishi va ular o‘rtasidagi tafovutning tarixiy shartlanish sabablari bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom, Buxoro”, “Zamondosh” kabi turkum ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2021-yil 8-noyabrdagi 1/294-son ma’lumotnomasi). Natijada ommaviy axborot vositalarida marosimlarning milliy qadriyat sifatidagi mohiyatini, bir xalq ikkinchi bir xalqning marosimlariga hurmat ruhida qarashi lozimligini keng targ‘ib va tashviq qilishda manba vazifasi uchun zamin yaratilgan.