Karimova Shaxnozaxon Karimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog'i): «Zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyatida poetik sintaksis masalasi», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil2764.
Ilmiy rahbar: Quvvatova Dilrabo Xabibovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Xajieva Feruza Melsovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyatida poetik sintaksis elementlari qo‘llanishining o‘ziga xos xususiyatlarini qiyosiy-tipologik  aspektda aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
she’riyat poetikasi inversiya, parallelizm, anadiplosis, xiazm, anafora, epifora, klimaks kabi gap qurilishi vositalari; asindeton, polisindeton, antiteza singari so‘zlarning bir-biriga bog‘lanish jarayoni birliklari; ellipsis, aposiopesis, apokoinu kabi konstruksiyalar tuzilmasidan foydalanilgan holda badiiy shaklni yaratish orqali amalga oshishi asoslangan;
qiyoslanayotgan tillar tizimidagi ritorik so‘roq, ritorik murojaat, ritorik xitob kabi sintaktik stilistik vositalar orqali ifodalangan emotsional-ekspressiv qo‘shimcha ma’nolar millat mentalitetiga xos bo‘lgan mantiqiy, lisoniy, madaniy-axloqiy tafakkurning verballashuv hodisasi ekanligi isbotlangan;
har ikkala tilda anafora, epifora, epistrof, epanalepsis, mesodiplosis kabi sintaktik uslub vositalari bilan hosil bo‘ladigan she’riy gap qurilmalarning poetik funksionalligi ta’kidlash, iliq tuyg‘ularni ta’sirchan ifodalash, ma’noni kuchaytirish, kuchli iztirob, g‘am-qayg‘u kabi ichki ruhiy holatlar ifodasida namoyon bo‘lishi aniqlangan;
ingliz she’riyatida qo‘llangan poetik sintaksis unsurlar mazmun mohiyati jihatidan har biri shoir ijodiy niyatini ifodalovchi poetik fikrlarni aniqlash, kuchaytirish, ta’kidlash, ohangdorlikni oshirishda anafora, inversiya, sintaktik parallelizm va antiteza kabi vositalar orqali, o‘zbek she’riyatida esa inversiya, takrorlar, ritorik so‘roq gaplar orqali voqelanishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy ingliz va o‘zbek she’riyatida poetik sintaksis masalasi bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
she’riyat poetikasi gap qurilishi jarayoni inversiya, parallelizm, anadiplosis, xiazm, anafora, epifora, klimaks; so‘zlarning bir-biriga bog‘lanishi asindeton, polisindeton, antiteza; leksik birliklarning tushirib qoldirish ellipsis, aposiopeza, apokoinu konstruksiyalar tuzilmasidan foydalanilgan holda badiiy shaklni yaratish orqali amalga oshishiga  oid nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 16-dekabrdagi  17.01/216-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar va monografiyalarning poetik sintaksis bo‘yicha ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
qiyoslanayotgan tillar belgili tizimidagi ritorik so‘roq, ritorik murojaat, ritorik xitob kabi sintaktik stilistik vositalarda ifodalangan emotsional-ekspressiv qo‘shimcha ma’nolar millat mentalitetiga xos bo‘lgan mantiqiy, lisoniy, madaniy-axloqiy tafakkurning verballashuv hodisasi ekanligiga oid nazariy va amaliy materiallardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018 yillarda amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy taʼlim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 2-dekabrdagi 3459/30.02.01-son maʼlumotnomasi). Natijada zamonaviy ingliz va o‘zbek shoirlari she’rlari poetik sintaksisi bilan bog‘liq tahlillar talabalarning she’r tuzilishi haqidagi nazariy tushunchalarini boyitishga xizmat qilgan;
har ikkala tilda anafora, epifora hamda epistrof, epanalepsis, mesodiplosis kabi sintaktik uslub vositalari bilan hosil bo‘ladigan she’riy gap qurilmalarning poetik funksionalligi ta’kidlash, iliq tuyg‘ularni ta’sirchan ifodalash, ma’noni kuchaytirish, kuchli iztirob, g‘am-qayg‘u kabi ichki ruhiy holatlar ifodasida namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom, Buxoro”, “Najot bilimda” kabi turkum ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 13-dekabrdagi 1/330-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotdagi yangi fikr-qarashlar teletomoshabinlarning zamonaviy ingliz va o‘zbek shoirlari ijodi bilan yaqindan tanishishlariga imkon yaratgan, adabiy ko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish