Erdanov Zafar Daminovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog'i): «O‘zbek she’riyatining inglizcha tarjimalarida g‘oyaviy- badiiy pafos va milliylikni qayta yaratish muammolari (Zulfiya lirikasi misolida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil3007.
Ilmiy rahbar: Xolmurodov Abduhamid, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Gadoeva Mavluyda Ibragimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Hasanov Shavkat Ahadovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek she’riyatining inglizcha tarjimalarida g‘oyaviy-badiiy pafos va milliylikni qayta yaratish muammolarini Zulfiya lirikasi misolida aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek she’riyatining inglizcha tarjimalarida g‘oyaviy-badiiy pafos, milliy ruh ifodasi, obraz va obrazlilikni aks ettirish asliyat va tarjimadagi hajm, sifat va qamrov jihatidan farqlari, adekvat tarjimaga erishish, kontekstual vaziyat, shakl va mazmun mutanosibligi, tillararo struktur, system, funksional, derivativ tabiati, dinamik xarakterining ustuvorligi kabi tamoyillar asosida kechishi isbotlangan;
Zulfiya she’rlarini ingliz tiliga tarjima qilishda shoiraning dunyoqarashi, jamiyat va taraqqiyotga munosabati, asarlarida ilg‘or gumanistik va demokratik g‘oyalarning alohida ta’kidlanishi, lirik-intellektual uslubning qo‘llanishi, poetik tasvirlash tarzining milliy xususiyatlari ustivorligi asoslangan;
o‘zbek she’riyatining inglizcha tarjimalarida ko‘chim, tashbeh, talmeh, tashxis, epitet, metafora, metonimiya, anafora kabi uslubiy vositalarning badiiy pafos va milliylikni voqelantirishi hamda ifoda zichligini ta’minlashdagi funksional samaradorligi aniqlangan;
she’riy asarlardagi obrazli uslubiy vositlarning o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjimasi o‘sha xalqning urf-odatlari, maishiy hayoti, intellekti, tildan foydalanuvchi millat madaniyati, mafkurasi bilan shartlanganligi mazkur lisoniy birliklarni diaxronik (tarixiy taraqqiyot kesimida) usul vositasida tarjima qilish ustuvorlik kasb etishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zulfiya she’riyatining inglizcha tarjimalarida g‘oyaviy- badiiy pafos va milliylikni qayta yaratish muammolarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
Zulfiya asarlari inglizcha tarjimasida g‘oyaviy-badiiy pafos, milliy ruh ifodasi, obraz va obrazlilikni aks ettirish asliyat va tarjimadagi hajm, sifat va qamrov jihatidan farqlari, adekvat tarjimaga erishish kontekstual vaziyat, shakl va mazmun mutanosibligi, tillararo struktur, system, funksional, derivativ tabiati, dinamik xarakterining ustuvorligi kabi tamoyillar asosida kechishiga oid nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligining 2019-2020 yillarda bajarilgan “Milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021-yil 13-yanvardagi 01-12-01-162-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya xulosalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalar “yo‘l xaritasi” ijrosida o‘z aksini topgan;
Zulfiya she’rlarini ingliz tiliga tarjima qilishda shoiraning dunyoqarashi, jamiyat va taraqqiyotga munosabati, asarlarida ilg‘or gumanistik va demokratik g‘oyalarning alohida ta’kidlanishi, lirik-intellektual uslubning qo‘llanishi, poetik tasvirlash tarzining milliy xususiyati bilan belgilanganligi oid nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 10-apreldagi 17.01/208-son ma’lumotnomasi). Natijada Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjima nazariyasi fanida poetik tamoyillarning mazmun va mohiyati tadqiqi innovatsion yondashuv asosida hal etish muammolari mumkinligi asoslab berilgan;
Zulfiya she’rlarining inglizcha tarjimalarida ko‘chim, tashbeh, talmeh, tashxis, epitet, metafora, metonimiya, anafora kabi uslubiy vositalarning badiiy pafos va milliylikni berish hamda ifoda zichligini ta’minlashdagi funksional samaradorligiga doir ilmiy xulosa va tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar institutida amalga oshirilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 6-sentyabrdagi 2439/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada tarjimada g‘oyaviy-badiiy pafos va milliylikni qayta yaratish muammolari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalardan xalqaro loyihaning platformadagi kontentni yaratishda va loyiha modullaridagi tarjimaga oid elektron bazasini ishlab chiqish jarayonida muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
she’riy asarlardagi obrazli uslubiy vositlarni o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilishda o‘sha xalqning urf-odatlari, maishiy hayoti, intellekt, tilni ishlatuvchi millat madaniyati, mafkurasi bilan shartlanganligi mazkur lisoniy birliklarni tarjima qilishda diaxronik (tarixiy taraqqiyot kesimida) usulning ustuvorligini belgilashi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Navoiy viloyati teleradiokompaniyasida “Adabiy muhit” ko‘rsatuvining “Millatlararo bag‘rikenglik” mavzusiga bag‘ishlangan soni ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining 2020-yil 28-dekabrdagi 01-02/130-son ma’lumotnomasi). Natijada Zulfiya asarlarida millatlaro totuvlik, qardoshlik g‘oyalari asosidagi geografik obektlar, mazkur xududlarda istiqomat qiladigan xalqlarning dunyoqarashi, urf-odatlari mujassamlashgan she’rlarning boshqa tillardagi tarjimalarida o‘ziga xosliklari xususida adabiy-badiiy suhbat tashkil etilgan.