Malikova Iroda Abdurayimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Nutqiy faoliyatning paradigmatik asoslari tadqiqi”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil12024.
Ilmiy rahbar: Abdiev Murodqosim Bolbekovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Hakimov Muhammadjon Xo‘jaxonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Sultonova Shohista Muxammadjonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxora davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nutqiy faoliyatning paradigmatik asoslari tavsifini berish, fonetik, leksik, morfologik va matnlar tarzida keladigan gap strukturasining morfologik hamda sintaktik shakl mushtarakligiga asoslangan paradigmalarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nutqiy faoliyatda til birliklarining vertikal va gorizontal harakati til sistemasi reallashuvini ta’minlovchi asosiy omil ekanligini dalillash orqali an’anaviy tilshunoslikdagi qarashlarni paradigmatik, kognitiv, derivatsion va presuppozisiya aspektidagi yondashuvlar bilan boyitilishi zarurligi isbotlangan;
nutqiy faoliyatda fonetik, leksik, morfologik hamda sintaktik paradigma vositalarini aniqlash va shu asosda til birliklarining aniq modellar bazasida fonologik, morfologik, sintaktik ifodalanishi ochib berilgan;
gap strukturasida gap bo‘laklari va ularning semantikasi nutqiy faoliyatda yaqqol aks etishi sababli, ularning o‘ziga xos leksik-semantik va derivatsion tamoyillari asoslangan;
nutqiy faoliyatninig matn paradigmasida barcha birliklar kesishishi sababli ularning jonli nutq bilan bog‘liqligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nutqiy faoliyatda paradigmatika hodisalarining tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nutqiy faoliyatda til birliklarining vertikal va gorizontal harakati til sistemasi reallashuvini ta’minlovchi asosiy omil ekanligini dalillash orqali an’anaviy tilshunoslikdagi qarashlarni paradigmatik, kognitiv, derivatsion va presuppozisiya aspektidagi yondashuvlar bilan boyitilishi zarurligi bo‘yicha berilgan ilmiy xulosa va tavsiyalaridan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016-yillarda bajarilgan FA-F1-GOO3 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” fundamental loyihaning nazariy qismini yoritishda foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 10-sentyabrdagi 75/1-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va qoraqalpoq tillarini lingvomadaniy, kognitiv, sotsiolingvistik va psixolingvistik kabi zamonaviy yo‘nalishlarda tahlil etishga erishilgan;
nutqiy faoliyatda fonetik, leksik, morfologik hamda sintaktik paradigma vositalarini aniqlash va shu asosda til birliklarining aniq modellar bazasida fonologik, morfologik, sintaktik ifodalanishi bo‘yicha olingan ilmiy-nazariy natijalardan Tempus Project 544161-TEMPUS-1-2013-1-UK-Tempus-JPCR Aston Universiti DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching throung the development of blended Masrers Programmes” loyihasida magistratura talabalari uchun tashkil etilgan onlayn kurslarda o‘quv materiali sifatida foydalanilgan (SamDChTIning 2023-yil 05-sentyabrdagi 274/02-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha doirasida olib borilgan tadqiqotlarning tahlil qismida til birliklarining vertikal va gorizontal harakati til sistemasi reallashuvini ta’minlovchi asosiy omil ekanligi aniqlangan;
gap strukturasida gap bo‘laklari va ularning semantikasi nutqiy faoliyatda yaqqol aks etishi sababli, ularning o‘ziga xos leksik-semantik va derivatsion tamoyillari oid ilmiy qarashlar va xulosalardan uni xalqarolashtirish maqsadida 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasining amaliy qismida foydalanilgan (SamDChTIning 2023-yil 05-sentyabrdagi 273/02-son ma’lumotnomasi). Natijada nutqiy faoliyatda paradigmatika hodisasini xalqarolashtirishga katta hissa qo‘shilgan;
nutqiy faoliyatninig matn paradigmasida barcha birliklar kesishishi sababli ularning jonli nutq bilan bog‘liqligiga oid ilmiy qarashlari va xulosalaridan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasining nazariy qismida foydalanilgan (SamDChTIning 2023-yil 05-sentyabrdagi 278/02-son ma’lumotnomasi). Natijada nutqiy faoliyatda paradigmatika hodisasi zamonaviy yo‘nalishda tahlil etishga erishilgan.