Gulyamova Ozodakhon Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Intensivlik kognitiv-stilistik kategoriyasining lisoniy voqelanishi (ingliz tili materiali asosida)”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1763.
Ilmiy rahbar: Normurodova Nozliya Zarilovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01(bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Siddiqova Iroda Abduzuxurovna, filologiya fanlari doktori, professor; Tuxtaxodjaeva Zulfiya Tuxtaevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi intensivlik kognitiv-stilistik kategoriyasining lisoniy voqelanishi va ushbu kategoriya markerlarining kognitiv-stilistik jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
konseptning kognitiv-propozisional tuzilishi va milliy-madaniy o‘ziga xoslikni o‘z ichiga oladigan intensivlik kategoriyasining badiiy matnda konseptual ahamiyatga egaligi, intensivlik kategoriyasi umumiy konseptual tizimning tarkibiy qismi ekanligi isbotlangan.
IKning lisoniy verballashuvi ko‘rib chiqilib, mazkur kategoriya fonetik-grafik, leksik-semantik va sintaktik vositalar orqali ifodalanishi, intensivlik kategoriyasining muallif intensiyasi va badiiy matn g‘oyaviy mazmunini ochib berishdagi ahamiyati dalillangan;
IK ning verbal markerlari matn qismlari va birliklari — fonetik-grafik vositalar; leksik figuralar, uslubiy bo‘yoqdor birliklar; sintaktik figuralar, ingliz tilidagi badiiy matnda lingvistik konseptlar bilan ifodalanishi aniqlangan;
IK muallif ijodiy faoliyati va qahramon hamda semantik-uslubiy, lingvokognitiv, lingvomadaniy omillarning o‘zaro ta’sirini baholash IK va badiiy matn nazariyasini kengaytirishga yordam berishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. IK ning semantik-stilistik, kognitiv va madaniy talqini davomida olingan nazariy qoidalar va amaliy natijalar asosida:
matn parchalari va birliklarida namoyon bo‘ladigan intensivlik kategoriyasining ifodalari, epigraflar, tavsiflovchi kontekstlar borasidagi tahlillardan, bu yo‘nalishdagi tadqiqot materiallari va natijalaridan 544161-TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR “O‘qituvchilar malakasini oshirishda onlayn texnologiyalarni joriy etish orqali Evropa tillarini o‘qitishni takomillashtirish” (“Evropa tillarini o‘qitishni rivojlantirish: tillarni o‘qitishni modernizatsiya qilish”) xalqaro loyihasida Aralash magistratura dasturlarini ishlab chiqish orqali” 2015-2019) foydalanilgan (O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisining 2023-yil 2-dekabrdagi 94-son dalolatnomasi). Natijada MOODLE portalidagi lingvistik tushunchalar magistratura talabalarini tayyorlash, xususan, ma’ruzalar va maxsus kurslar o‘qish, “Ingliz tilini takomillashtirish”, “Chet tillarini o‘qitish metodikasi”, “Darslarni loyihalash va baholash” modullari bo‘yicha seminarlar o‘tkazishda qo‘llangan;
ingliz adabiyoti, kognitiv lingvistika, madaniyatlararo muloqot kabi fanlarni oʻqitish jarayoniga, xususan ma’ruza va maxsus kurslar o‘qish, seminarlar o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiyalar, ilmiy va amaliy ma’lumotlardan Xitoy Xalq Respublikasi Tyanshuy Normal Universitetida 2023-yilda bajarilgan “Pion pavilioni" hamda "Romeo va Julietta"ning kognitiv stilistik tahlili” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Xitoy Xalq Respublikasi Tyanshuy Normal universiteti universitetining 2024-yil 9 yanvardagi 14-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv jarayonini optimallashtirishga xizmat qilgan va yangi uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqishga material bo‘lgan, bu esa Tyanshuy Normal Universitetidagi o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
kognitiv stilistika, xususan, kognitivtilshunoslik, lingvopragmatika kesishmasidgi ushbu ilmiy tadqiqot xulosalari va intensivlik kategoriyasi nazariyasi, bilim tuzilmalari tushunchasi, ko‘zga ko‘ringanligi hamda uning turlari, badiiy nutqda faoliyat yurituvchi va ijtimoiy-madaniy xarakterdagi bilim tuzilmalarini faollashtiruvchi intensivlik kategoriyasi nazariyasiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2020-2022-yillarda bajarilgan “O‘zbek tilini ona tilida so‘zlashuvchilarga intensiv o‘qitish uchun multimedia mahsulotlarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 29-dekabrdagi 01/6-2806-son ma’lumotnomasi). Natijada intensivlik kategoriyasining muhim tushunchalari asosida loyiha materiallari boyitilgan.