Musurmankulova Shaxribon Gulmurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekcha va turkcha frazemalar korpusining lingvistik ta’minoti”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2581.
Ilmiy rahbar: Xolmanova Zulxumor Turdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01(bir martalik kengash).
Rasmiy opponentlar: Normamatov Sultonbek Ermamatovich, filologiya fanlari doktori, professor; Imamova Xolida Kamalovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek-turk parallel korpusi uchun o‘zbekcha-turkcha frazemalarning qiyosi va tarjimasiga asoslangan lingvistik ta’minotini  shakllantirish, o‘zbek-turk frazemalarini modellashtirish, informatsion-qidiruv tizimiga moslashtirish, razmetka teglarini ishlab chiqish va asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va turk tillaridagi frazemalar ilk bor shakl-mazmun tamoyili asosida tizimlashtirilib hamda lingvostatistik jihatdan tekshirilib, shakl va mazmuniga ko‘ra muvofiq, shaklan farqlanuvchi-mazmunan muvofiq, shakl va mazmun jihatdan farqlanuvchi frazemalar dalillangan;
o‘zbek va turk tillaridagi frazemalar struktur-semantik jihatdan ochib berilib, parallel frazemalarning morfologik va sintaktik modellashtirilgan, tarkibiy xususiyatlariga ko‘ra teglangan lingvistik ta’minoti yaratilgan;
o‘zbekcha va turkcha frazemalarning mazmuniy munosabatlari izohlanib, semantik farqlarning lisoniy-madaniy, lingvokulturologik asoslari aniqlangan hamda o‘zbek va turk tillari egalari lisoniy ongi bilan bog‘liq kognitiv modellar ishlab chiqilgan;
o‘zbek va turk tillarining o‘ziga xos frazemalari aniqlanib, struktur-semantik jihatdan tavsiflanib, frazemalar tarjimasi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga qaratilgan  tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va turk tillari frazemalari parallel korpusi ma’lumotlar bazasini shakllantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘zbekcha-turkcha frazemalarning ma’lumotlar bazasi, tadqiqot tahlillari davomida aniqlangan o‘zbekcha va turkcha frazemalarning tarjima ko‘rinishlari, struktur-semantik, lingvokulturologik belgilari, razmetkalar tizimiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019-2022-yillarda bajarilgan PZ-2020042022-raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 06-iyundagi 16-1106-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va turk tillaridagi frazemalarning xususiyatlaridan turkiy tillar frazeologiyasining umumiy belgilari aniqlangan;
o‘zbekcha-turkcha frazemalarning ma’lumotlar bazasi, semantik xususiyatlari, semantik tasnifi, struktur-grammatik, tarkibiy tuzilishi, soma, zoonim, fitonim komponentli frazemalarning lingvokulturologik belgilari, o‘zbek va turk tillariga xos frazeologik ma’no, frazeosemantik maydon, frazemalarning funksional-uslubiy imkoniyatlariga doir ilmiy ma’lumotlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019-2022-yillarda bajarilgan AM-F3-201908172- raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 22-iyundagi 04/1-1261-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili ta’lim korpusining frazeologiya bo‘limiga oid qiyosiy tahlil asosidagi ma’lumotlar shakllantirilgan.
o‘zbek-turk frazemalarining parallel korpusini shakllantirishda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidagi frazemalarning o‘rni haqidagi ilmiy ma’lumotlardan Sirdaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Til–millat ko‘zgusi” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining Sirdaryo viloyat teleradiokompaniyasi 2023-yil 25-avgustdagi 222-son ma’lumotnomasi). Natijada  Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidagi turk tiliga muvofiq keluvchi frazemalarning o‘rni haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatuv saviyasini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish