Mamatova Dilshoda Mashrab qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Taom diskursiga oid sifatlar tarjimasining lingvokulturologik muammolari (xitoy-o‘zbek tillari misolida)” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2956.
Ilmiy rahbar: Odilova Gulnoza Komiljonovna, filologiya fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Shahobiddinova Shohida Hamishovna, filologiya fanlari doktori, professor; Hu Pei'an, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xitoy tilidagi ta’m sifatlari lingvokulturologik tavsifi, taom nominantlari tarjimasi muammolarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va xitoy olam milliy lisoniy manzarasida taom diskursi – diniy va mifologik jihatdan bog'liqligi masalasi lingvomadaniyatshunoslik nuqtai nazaridan qiyoslanib, xitoy milliy taom nominantlarining emotiv, kvalikativ va lingvokulturologik xususiyatlari ochib berilgan;
xitoy taom nominantlari tarjimasida shirin, sho‘r, achchiq, nordon ta'm sifatlarining leksik-semantik, pragmatik jihatlari ochib berilib, xitoy restoranlari uchun tarkibida shakar hamda garimdori mavjud bo‘lgan taom nominantlarini taomnomada berishga oid interaktiv yorlig‘ ishlanmasi yaratilgan;
xitoy adabiyotida ta'm sifatlarining qahramonning ruhiy holati va emotsional kechinmalari ifodasi sifatida qo‘llanishi dalillangan;
HSK 4 (xitoy tilida til bilish darajasini baholovchi imtihon) til bilish darajasiga ega tarjimonlik yo‘nalishi talabalari o‘rtasida xitoy tilidan ta’m sifatlari tarjimasidagi muammolar genezisi amaliy ekspriment asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Taom diskursiga oid sifatlar tarjimasining lingvokulturologik muammolari (xitoy – o‘zbek tillari misolida)” mavzusida olib borilgan tadqiqot asosida:
xitoy va o‘zbek tillarida taom diskursiga oid sifatlar tarjimasining lingvokulturologik, leksik-semantik, derivatsion xususiyatlariga oid ma’lumotlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l–atvori, tabiati va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 25-maydagi 01/10-1022 – son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan elektron modullarning xitoy va o‘zbek tillardagi taom diskusiga oid badiiy adabiyotda qo‘llaniladigan ta’m sifatlari shakllantirildi hamda mazkur sohaga oid ma’lumotlar bazasining elektron resurslarini takomillashtirishda keng foydalanilgan;
milliy taom nominantlarining emotiv, kvalikativ va lingvokulturologik xususiyatlari, taom nomlari va ta’m sifatlarini qo‘llashga oid ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi kinematografiya agentligi “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUKning “O‘zbekiston-nurli madaniyatlar uyg‘unligi”, “O‘zbekiston-to‘kin dasturxon” ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 28-iyuldagi 01-15/56-son ma’lumotnomasi). Natijada kinossenariy matnidagi milliy taom nomlarining emotiv, kvalikativ xususiyatlari keng yoritilib berildi hamda ta’m sifatlarini tomoshabinlar tomonidan ko‘proq iste’molda qo‘llanilishi aniqlangan;
O‘zbekistondagi xitoy restoranlari taomnomalarini xitoy tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishda tavsiya etilgan tarjima usullaridan hamda taom nomlari tarjimasidan hamda Xitoyda taomlanish tarixi, taom diskursi va uning aspektlarini aniqlash, xitoy va o‘zbek lingvokulturologiyasida taom tanovvulining ahamiyati, xitoy milliy taomlanish madaniyatining o‘ziga xos jihatlariga oid ilmiy-tarixiy ma’lumotlaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Mavzu” ko‘rsatuvining ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 17-iyuldagi 06-28-966-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvning ssenariysi taomlanish tarixiga oid ma’lumotlar bilan boyitilgan.