Ismatov Asliddin Fazliddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ertak diskursi va uning lingvokulturologik tadqiqi (o‘zbek va ingliz xalq ertaklari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2557.
Ilmiy rahbar: Raupova Laylo Rahimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Shaxobiddinova Shoxida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Odilova Gulnoza Komiljonovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalq ertaklari namunalarida ertak nutqining lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ertak diskursi madaniy, ijtimoiy-tarixiy, etnik va lisoniy omillar bilan belgilanishi hamda ma’lum etnik guruhning ijtimoiy-madaniy dunyosi qiyofasini to‘liq etkazuvchi nutq modeli ekanligi asoslangan;
ertak nutqi tahlilida “dunyoning milliy lingvistik qiyofasi” masalasini baholash xalqning asrlar davomida tevarak-atrof bilan munosabati asosida shakllangan dunyoqarashning tildagi, xususan xalq ertaklardagi ifodalarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etishi isbotlangan;
ertaklarda, ayniqsa, ingliz xalq ertaklarida to‘g‘ridan-tog‘ri takrorlardan foydalanish xalq ertaklari nutqining asosiy strukturaviy elementlaridan biri ekanligi isbotlangan;
ertak qahramonlari (o‘z jinslariga qarab) xatti-harakatlari va o‘zini tutishi farqlanishi, ayol va erkak qahramonlarning hikoyadagi ta’rifi esa o‘ziga xos lingvomadaniy koloritga ega ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Ertak diskursi va uning lingvokulturologik tadqiqi (o‘zbek va ingliz xalq ertaklari misolida)” mavzusidagi tadqiqotlar asosida:
ertak diskursi va uning boshqa diskurs turlari bilan aloqasi masalalari, turli ertak namunalari orqali ingliz va o‘zbek xalq ertaklarining diksursiv tahlili, xalq ertaklarida keltirilgan personajlar nutqining til va madaniy xususiyatlariga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq guanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan berilgan 2023-yil 10 iyuldagi 17.01/79-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq ertaklari va ularning nutqi lingvomadaniy obekt sifatida tahlilga tortilib, ertak diskursini tahlil qilishdagi yondashuvlar, ularning tahlilidagi o‘rni, ertak matnida qo‘llanilgan barcha xalq ertaklariga xos qotib qolgan leksik birliklarni (klishelar) aniqlashga hissa qo‘shilgan;
ertak matnida raqamlarni madaniy belgi sifatidagi xususiyati hamda xalq ertaklarida erkaklar va ayollar ta’rifi va rollari o‘rnining lingvomadaniy jihati bo‘yicha xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-A1-G007 raqamli “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq guanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan berilgan 2023-yil 10 iyuldagi 17.01/79-son ma’lumotnomasi). Natijada ertaklarning milliy-ma’naviy, ijtimoiy-tarixiy ildizlari tilning milliy tabiati bilan uzviy aloqada ekanligi diskursiv jihatdan ochib berilib, loyihaning nazariy qismini yangi fikrlar, ilmiy g‘oyalar bilan boyitishga erishilgan;
xalq ertaklarining madaniy o‘ziga xos xususiyatlari ularning diskursiv tahlilida qanchalik muhim rol o‘ynashi borasidagi fikr va tavsiyalardan O‘zbekiston teleradiokompaniyasi tasarrufidagi “Bolajon” telekanali ijodkorlari tomonidan 2022-2023 yillarda efirga uzatilgan “Fairy tales”, “Cool English” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (Yoshlar Teleradiokanali Aksiyadorlik Jamiyati tomonidan berilgan 2023-yil 30 iyundagi 14-03-121-son ma’lumotnomasi). Natijada ishning ertak diskursining lingvokulturologik xususiyatlari bilan bog‘liq amaliy qismi boyitilgan.