Xamidova Shaxlo Shermatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek dramatik teatri aktyorlik san’ati: zamonaviy aktyorlik interpretatsiyalarida xilma-xillik va o‘ziga xoslik”, 17.00.01 – Teatr san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/San125.
Ilmiy rahbar: To‘laxo‘jaeva Muhabbat Turobovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.08/28.08.2020.San.121.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Dilafro‘z Muhsinovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Xalikulova Go‘zal Erkinovna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek drama aktyorligi san’ati taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari, rivojlanish bosqichlarini ochib berish, zamonaviy aktyorlik interpretatsiyalariga doir tendensiyalar va novatorlik izlanishlarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek professional teatr aktyorligi dastlab jahon teatrining realistik uslubi hamda an’anaviy teatrning, taqlid, muqalid badihago‘ylik xususiyalari ta’sirida rivojlangani asoslangan;
aktyor ijrochilik san’atining taraqqiyoti sahna asarning mazmuni, g‘oyaviy-badiiy va estetik xususiyatlari hamda qahramon xarakterining to‘laqonli ifodalanishida musiqa, raqs, plastika va mimika kuchli ta’sir xususiyatiga ega ekanligi dalillangan;
ijtimoiy-falsafiy, badiiy-g‘oyaviy xususiyatlarga ega bo‘lgan tarixiy va mutoz asarlarga yondoshishda, obrazning biiy jihatdan takomillashishida allegorik, realistik, falsafiy, ramziy-metaforik  uslublar yetakchilik qilganligi isbotlangan;
aktyorlar zamondosh obrazini talqin etishda aktyor ijrochiligi maktabiga xos bo‘lgan realistik uslubning dramatik, lirik va tragik xususiyatlarni mujassam etgan holda gibridlashuv  an’analaridan foydalanganligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek dramatik teatri aktyorlik san’ati: aktyorlik interpretatsiyalarida xilma-xillik va o‘ziga xoslik masalalari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘zbek professional teatr aktyorligi dastlab jahon teatrining realistik uslubi hamda an’anaviy teatrning, taqlid, muqalid badihago‘ylik xususiyalari ta’sirida rivojlangani asoslanganligi hamda aktyor ijrochilik san’atining taraqqiyoti sahna asarning mazmuni, g‘oyaviy-badiiy va estetik xususiyatlari hamda qahramon xarakterining to‘laqonli ifodalanishida musiqa, raqs, plastika va mimika kuchli ta’sir xususiyatiga ega ekanligi dalillanganligi bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi  teatr festivallari, ko‘rik-tanlovlar, ilmiy-ijodiy konferensiya va anjumanlarning konsepsiyasini tayyorlashda foydalangan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2023-yil 21-oktyabrdagi 04-12-24-7214-son ma’lumotnomasi). Natijada qayd etilgan ilmiy xulosalar festivallar va ko‘rik-tanlovlar uchun zamon talabiga mos, dramaturgik, rejissyorlik, ayniqsa aktyorlik jihatdan yuksak, to‘laqonli spektakllar tanlanishiga, aktyorlik san’atining muammolari va ularning echimi aniq belgilangan konferensiyalar yuksak saviyada o‘tkazilishiga xizmat qilgan;
ijtimoiy-falsafiy, badiiy-g‘oyaviy xususiyatlarga ega bo‘lgan tarixiy va mutoz asarlarga yondoshishda, obrazning biiy jihatdan takomillashishida allegorik, realistik, falsafiy, ramziy-metaforik  uslublar yetakchilik qilganligi isbotlanganligi hamda aktyorlar zamondosh obrazini talqin etishda aktyor ijrochiligi maktabiga xos bo‘lgan realistik uslubning dramatik, lirik va tragik xususiyatlarni mujassam etgan holda gibridlashuv an’analaridan foydalanganligi asoslanganligi yuzasidan olingan ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining san’at yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv-meyoriy hujjatlar mazmunini to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 11-oktyabrdagi 02/02-2903-son ma’lumotnomasi). Natijada olingan ilmiy xulosalar belgilangan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv sifatini yanada oshirishga, talabalarning o‘zbek dramatik teatri aktyorligi tarixi, zamonaviy holati va istiqboli masalalari bo‘yicha atroflicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish