Mirshaeva Kamola Olimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ayollar tomonidan g‘araz maqsadlarda zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarni oldini olish”, 12.00.15 – Kriminologiya (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Yu497.
Ilmiy rahbar: Abduqodirov Sherzod Yoqubjonovich, yuridik fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, bir martalik IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar Kabulov Rustam, yuridik fanlar doktori, professor; Turgunboev Elbekjon Odiljonovich, yuridik fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ayollar tomonidan g‘araz maqsadlarda zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslarini takomillashtirish va ushbu sohada kriminologik chora-tadbirlarni samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki ishlar organlari o‘z vakolatlari doirasida ayollar tomonidan takroriy zo‘ravonlik sodir etilishining oldini olish maqsadida ularni profilaktik suhbatdan o‘tkazish va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsni tuzatish dasturidan o‘tish bo‘yicha vakolatli organga yuborish kabi maxsus chora-tadbir ko‘rishi zarurligi asoslangan;
oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik – bu xotinini (erini), sobiq xotinini (sobiq erini), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsni yoki umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsni do‘pposlash, ushbu shaxslarga sog‘liqning qisqa muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyati yo‘qolishi ekanligi asoslab berilgan;
oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik jinoyatida og‘irlashtiruvchi holat sifatida g‘arazli niyatlarda sodir etish motivini kiritish zarurligi asoslangan;
ta’qib etish bu — jabrlanuvchining xohish-irodasiga qarshi, uning ikki yoki undan ortiq marta qarshilik ko‘rsatganligiga yoxud ogohlantirganligiga qaramay sodir etiladigan, jabrlanuvchini qidirishda, u bilan og‘zaki, telekommunikatsiya tarmoqlari vositasida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘i orqali yoki boshqa usullarni qo‘llash yo‘li bilan muloqotga kirishishda, uning ish, o‘qish va (yoki) yashash joyiga borishda ifodalangan hamda jabrlanuvchida o‘z xavfsizligi uchun xavotirlik qo‘zg‘atadigan harakatlar ekanligi asoslab berilgan;
tazyiq va zo‘ravonlik yoki ularni sodir etish xavfi bartaraf etilmagan taqdirda, tegishli hududda tazyiq va zo‘ravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tomonidan himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish bo‘yicha jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga murojaat qilishi zarurligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi doirasida olingan ilmiy natijalar quyidagilarda foydalanilgan:
ichki ishlar organlari o‘z vakolatlari doirasida ayollar tomonidan takroriy zo‘ravonlik sodir etilishining oldini olish maqsadida ularni profilaktik suhbatdan o‘tkazish va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsni tuzatish dasturidan o‘tish bo‘yicha vakolatli organga yuborish kabi maxsus chora-tadbir ko‘rishi zarurligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida” nizomning qirqinchi bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2023-yil 10-iyundagi 12-15-33-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni qabul qilinishi ayollar tomonidan g‘araz maqsadlarda zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarning profilaktikasi bo‘yicha maxsus chora-tadbirlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik – bu xotinini (erini), sobiq xotinini (sobiq erini), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsni yoki umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsni do‘pposlash, ushbu shaxslarga sog‘liqning qisqa muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyati yo‘qolishi ekanligi haqidagi taklif 2023-yil 11-apreldagi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-829-son Qonuning 3-moddasi o‘n to‘rtinchi bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023-yil 14-iyuldagi 04/2-10/57-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amalga oshirilishi oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik jinoyati va uni mohiyatini aniqlashga xizmat qilgan;
oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik jinoyatida og‘irlashtiruvchi holat sifatida g‘arazli niyatlarda sodir etish motivini kiritish zarurligi haqidagi taklif 2023-yil 11-apreldagi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-829-son Qonuning 3-moddasi o‘n to‘rtinchi bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023-yil 14-iyuldagi 04/2-10/57-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amalga oshirilishi oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik jinoyatini g‘arazli niyatlarda sodir etish uchun javobgarlikni belgilashga xizmat qilgan;
ta’qib etish bu – jabrlanuvchining xohish-irodasiga qarshi, uning ikki yoki undan ortiq marta qarshilik ko‘rsatganligiga yoxud ogohlantirganligiga qaramay sodir etiladigan, jabrlanuvchini qidirishda, u bilan og‘zaki, telekommunikatsiya tarmoqlari vositasida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘i orqali yoki boshqa usullarni qo‘llash yo‘li bilan muloqotga kirishishda, uning ish, o‘qish va (yoki) yashash joyiga borishda ifodalangan hamda jabrlanuvchida o‘z xavfsizligi uchun xavotirlik qo‘zg‘atadigan harakatlar ekanligi haqidagi taklif 2023-yil 11-apreldagi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-829-son Qonuning 12-moddasi birinchi bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023-yil 14-iyuldagi 04/2-10/57-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amalga oshirilishi ta’qib etish tushunchasini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
tazyiq va zo‘ravonlik yoki ularni sodir etish xavfi bartaraf etilmagan taqdirda, tegishli hududda tazyiq va zo‘ravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tomonidan himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish bo‘yicha jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga murojaat qilishi zarurligi haqidagi taklif 2023-yil 11-apreldagi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-829-son Qonuning 12-moddasi beshinchi bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023-yil 14-iyuldagi 04/2-10/57-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amalga oshirilishi tazyiq va zo‘ravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirish tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.